Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

qo’shma majlislari:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda; 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan 
nutq so’zlaganda; 

chet davlatlarning rahbarlari nutq so’zlaganda; 

palatalarning kelishuviga binoan boshqa masalalar yuzasidan 
o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
Spikeri va Senati Raisi: 
1) tegishli palataning majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi; 
2) palata muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga 
umumiy rahbarlik qiladi; 
3) palata qo’mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib 
boradi; 


463 
4) O’zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi 
qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; 
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro 
parlament tashkilotlari ishi bilan bog’liq tegishli palata guruhlarining 
faoliyatiga rahbarlik qiladi; 
6) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa palatasi, davlat 
organlari, chet davlatlar, xalqaro va o’zga tashkilotlar bilan o’zaro 
munosabatlarda tegishli palata nomidan ish ko’radi; 
7) palata qarorlarini imzolaydi;
8) Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
vakolatlarni amalga oshiradi.
Xususan, mamlakatning amaldagi Prezidenti o’z vazifalarini bajara 
olmaydigan holatlarda Senat Raisi uning vazifa va vakolatlarini vaqtincha 
o’z zimmasiga oladi.O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi Spikeri va Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi. 
Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali tashkil etish, qo’mitalar 
ishini muvofiqlashtirib borish, qonun loyihalarini tayyorlash ishini 
rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish 
maqsadida Kengash tuziladi. Kengash tarkibiga Qonunchilik palatasi 
Spikeri, uning o’rinbosarlari, fraksiyalar va deputatlar guruhlarining 
rahbarlari, qo’mitalarning raislari kiradi. Kengashga Qonunchilik palatasi 
Spikeri rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning 
qarorlarini imzolaydi. 
Shuningdek, Senat faoliyatini samarali tashkil etish, qo’mitalar ishini 
muvofiqlashtirib borish, kun tartibi yuzasidan takliflar tayyorlash, 
qonunlarni dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqsadida Senat 
Kengashi tuziladi. Senat Kengashining tarkibiga Senat Raisi, uning 
o’rinbosarlari va Senat qo’mitalarining raislari kiradi. Senat Kengashiga 
Senat Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va 
uning qarorlarini imzolaydi. 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga ko’ra, qonun loyihalarini 
tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga 
kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash, 
O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul 
qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik 
palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari 
orasidan rais, uning o’rinbosari va a’zolardan iborat tarkibda qo’mitalar 
saylanadi. 


464 
2015-yil 29-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim 
qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 
qonunga muvofiq
1
,“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi to’g’risida”gi, qonunga tegishili o’zgartirish kiritilib, 
Qonunchilik palatasida qoida tariqasida o’n bitta qo’mita tuzilishi belgilab 
qo’yildi. 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to’g’risida”gi 
qonunning 17-moddasiga ko’ra,Senat muhokamasiga kiritiladigan 
masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash, O’zbekiston 
Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan 
qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Senat shakllanganidan keyin 
uning vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan rais, uning o’rinbosari
va a’zolardan iborat tarkibda qo’mitalar saylanadi. 
Senat qo’mitalarining umumiy soni, qoida tariqasida, sakkiztadan 
oshmasligi kerakligi to’g’risidagi qoida esa, Oliy Majlis Senati Reglamenti 
to’g’risidagi qonunda belgilab qo’yilgan(7-modda). 
Milliy qonunchiligimizda bu vazifalarni amalga oshirish uchun 
qo’mitalar tashkil qilinsa, bir qancha xorijiy mamlakatlarda (Yaponiya, 
Fransiya, Italiya) bu vazifalar komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi
1

Qonunchilik palatasi qo’mitalarining qo’mita raisi, uning o’rinbosari 
va qo’mita a’zolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiya yoki guruhga 
mansubligini hamda saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini 
inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
Reglamenti to’g’risida”gi qonuni 7-moddasiga ko’ra, Qonunchilik 
palatasida budjet va iqtisodiy islohotlar qo’mitasi, qonunchilik va 
sud-huquq masalalari qo’mitasi, mehnat va ijtimoiy masalalar qo’mitasi, 
mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi, xalqaro ishlar va 
parlamentlararo aloqalar qo’mitasi, axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalari masalalari qo’mitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish masalalari qo’mitasi tuzilishi shartligi; “O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlis Senati Reglamenti to’g’risida”gi qonuni 7-moddasiga ko’ra 
esa, Senatda budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi, 
qonunchilik va sud-huquq masalalari qo’mitasi, mudofaa va xavfsizlik 
masalalari qo’mitasi, xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, 
1
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
. 2015 
йил
, 645 - 
модда

1
Конституции
зарубежных
государств
.
Учебное
пособие

Москва
: “
Бек
”, 
стр
.50-55, 60-61. 


465 
xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo’mitasi, fan, ta’lim va 
sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasi, yoshlar, madaniyat va sport 
masalalari qo’mitasi, agrar, suv xo’jaligi masalalari va ekologiya qo’mitasi 
tuzilishi shartligi belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 
2017-yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida, Qonunchilik palatasida 
sog’liqni saqlash masalalari bo’yicha alohida qo’mita tashkil etib, uning 
a’zolari asosan hududlarda faoliyat ko’rsatsa, nur ustiga nur bo’lardi
2

degan masalaga alohida to’xtalib o’tgan edilar. Shundan kelib chiqib, 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 
“Fuqarolarning sog’lig’ini saqlash masalalari” bo’yicha alohida qo’mita 
tashkil etildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 
2018-yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida esa, Parlament 
nazoratining ta’sirchan shakllaridan biri bo’lgan Davlat budjetini qabul 
qilish va uning ijrosini ko’rib chiqishga alohida ahamiyat berishimiz zarur. 
Bu ishni yuqori professional darajada yo’lga qo’yish uchun Oliy Majlis 
qoshida Davlat budjeti boshqarmasini tashkil etish taklifi bildirib o’tildi
1

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2018-yil yakunlariga ko’ra, 
parlamentnazorati shakllaridan unumli foydlanish yuzasidan,o’tgan davrda 
Qonunchilik palatasida 16 ta parlament eshituvi o’tkazilgan
3

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 
Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan 
so’zlagan ma’ruzalarida, Oliy Majlis palatalarining parlament so’rovlari va 
parlament eshituvlari qonun va qarorlar ijrosini hamda islohotlarimiz 
samaradorligini ta’minlovchi ta’sirchan vositaga aylanishi kerakligini 
alohida ta’kidladilar
3
. Bu albatta, parlament nazorati shakllarining 
mamlakat hayotida samarali ta’sir ko’rsatayotganligidan dalolat berishiga 
imkon tug’diradi.
Parlamentlardagi qo’mitalar soni, nomi va vakolatlarini 
belgilashda ularning faoliyati davlat siyosatining barcha jabhalarini 
2
Мирзиёев
Ш
.
М

Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Шавкат
Мирзиёевнинг
Олий
Мажлисга
Мурожаатномаси
. – 
Тошкент
: “
Ўзбекистон
” 
НМИУ
, 2018. – 24 - 25 
бетлар

1
Қаранг

Халқ
сўзи
. 2018 
йил
28 
декабрь

3
ЎзбекистонРеспубликаси
Олий
Мажлиси
Қонунчилик
палатасининг
расмий
веб
-
сайти

www.parliament.gov.uz. 
3
Қаранг

Халқ
сўзи
. 2018 
йил
8
декабрь


466 
qamrab olishidan kelib chiqiladi. Bunday yondashuv natijasida xorijiy 
davlatlar parlamentlari qo’mita va komissiyalarining soni aytarli darajada 
salmoqli bo’ladi. Misol uchun, Yaponiya “Parlamenti to’g’risida”gi 
qonunning 42-moddasiga ko’ra Maslahatchilar palatasida adliya, tashqi 
siyosat, moliya, maorif, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy ma’muriyat, 
ijtimoiy muammolar, mehnat, qishloq xo’jaligi, o’rmon va suv xo’jaligi, 
savdo va sanoat, aloqa, transport, qurilish, shuningdek, budjet, taftish, 
intizomiy va parlamentda ishni tashkil etish masalalari bo’yicha 
komissiyalar tuziladi. AQSH Kongressida palatalarning (soliqqa tortish, 
iqtisod, Kongress kutubxonasi, nashrlar bo’yicha) 4 ta umumiy va har 
birining tarkibida (Senatda – 16 ta, Vakillar Palatasida – 22 ta) ko’plab 
qo’mitalar tuzilgan.
Italiya, Fransiya va boshqa davlatlarning parlamentlarida ham turli 
komissiyalar tuziladi. Biroq, komissiyalarning soni qanchalik ko’p 
bo’lmasin, ular davlat tomonidan tartibga solinishi lozim bo’lgan ijtimoiy 
munosabatlarni qamrab ololmaydilar. Shuning uchun komissiyalarning 
nomi ularning faoliyat sohalaridan kengroq bo’lishi mumkin. Misol uchun, 
qurilish bo’yicha komissiyalar nafaqat qurilish, balki yerdan 
foydalanishni rejalashtirish, kartografiya, topografiya masalalari bilan
ham shug’ullanadilar
2

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va 
Senati, zarurat bo’lgan taqdirda, muayyan vazifalarni bajarish uchun 
deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi.Komissiyalar Oliy 
Majlis palatlari majlisida deputatlar va senatorlar orasidan komissiya raisi 
va a’zolari, zarurat bo’lganda esa komissiya raisining o’rinbosaridan
iborat tarkibda tuziladi.Komissiya tuzilgani to’g’risida palatalar tegishli 
qaror qabul qiladi. 
Komissiya o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan 
so’ng, qaysi muddatga tuzilgan bo’lsa, shu muddat o’tganidan keyin yoki 
palatalar qaroriga binoan muddatidan ilgari o’z faoliyatini 
tugatadi.O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo’shma 
2
Конституционное
(
государственное

право
зарубежных
стран

Т

Москва
“ 
Бек
”. 1 – 2.- 
М
., 
1996, 
С
. 456.


467 
qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari 
(parlament komissiyalari) tashkil etilishi mumkin.Zarur bo’lgan hollarda 
esa, komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning 
vakillari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb 
etilishi mumkin. 
2018-yilda Qonunchilik palatasida 
6
ta komissiya faoliyat ko’rsatdi, 
bular Qonunchilik palatasining Oila va ayollar masalalari bo’yicha 
komissiyasi, Yoshlar masalalari bo’yicha komissiyasi, Odob komissiyasi, 
Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi, Qonunchilik palatasi huzuridagi 
tibbiyot komissiyasi, Qonunchilik palatasi deputatlarini ma’naviy va 
moddiy rag’batlantirish bo’yicha komissiyadir
1

Oliy Majlis Senatida esa, 
Reglament va odob komissiyasi, 
Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga 
ko’maklashuvchi komissiyasi,O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi 
komissiyalari faoliyat olib bormoqda
2
.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari siyosiy, professional va 
boshqa asosda fraksiyalar va deputatlar guruhlari shaklida deputatlar 
birlashmalarini tuzishi mumkin.Demak, mamlakatimiz parlamenti faoliyati 
bilan bog’liq qonun hujjatlariga muvofiq, deputatlar birlashmalarining ikki 
shakli fraksiyalar va deputatlar guruhlari faoliyat olib boradi. 
Fraksiya siyosiy partiyadan ko’rsatiladigan deputatlar tomonidan 
Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish