Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Oliy Majlis palatalari faoliyatining tashkiliy shakllari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

3-§. Oliy Majlis palatalari faoliyatining tashkiliy shakllari 
Jahon mamlakatlarining parlamentarizm sohasidagi uzoq yillik 
tajribalari shuni ko’rsatadiki, parlament vakolatlarining realligi, uning 
barqaror va samarali ishlashi ko’p jihatdan parlament faoliyatining qay 
darajada to’g’ri tashkil etilganligiga bevosita bog’liqdir. Bu borada 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida Oliy Majlis 
palatalari faoliyatining zarur tashkiliy huquqiy mexanizmi o’z ifodasini 
topgan.
Avvalo, shuni ta’kidlash joizki, O’zbekistonda Oliy Majlisga 
saylovlar kuni va uning vakolat muddati qat’iy belgilab qo’yilgan: 
Qonunchilik palatasiga saylovlar uning vakolat muddati tugaydigan yilda – 
dekabr oyi uchinchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida o’tkaziladi. 
Xuddi shu kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, 
mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga ham saylovlar o’tkaziladi. 
Saylovlar o’tganidan keyin bir oydan kechiktirmay Senatga saylov 
o’tkaziladi. Bu orada vakolat muddati tugagan O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 81-moddasiga asosan, tegishincha yangi chaqiriq 
Qonunchilik palatasi va Senati ish boshlaguniga qadar o’z faoliyatini 
davom ettirib turadi. 
Shu tariqa, shakllantirilgan Qonunchilik palatasining ishi palata 
barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyatiga asoslanadi. 
Palata faoliyatining tashkiliy shakli uning sessiyalar davrida, qoida 
tariqasida, haftasiga uch marta o’tkaziladigan majlislaridir. Sessiyalar, 
qoida tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning 
iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o’tkaziladi. 
Qonunchilik palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasiga 
saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay o’tkaziladi. Mazkur majlisni 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi 
va Qonunchilik palatasi Spikeri saylangunga qadar unda raislik qiladi.
Qonunchilik palatasining birinchi majlisida uning faoliyatini tashkil 
etish bilan bog’liq masalalar ko’rib chiqiladi, shu jumladan, qoida 
tariqasida: 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining 
Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari to’g’risidagi axboroti; 

elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhini 
saylash; 


460 

siyosiy partiyalar vakillari kengashining tarkibini shakllantirish; 

Qonunchilik palatasi Spikerini saylash; 

Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosarlarini saylash; 

siyosiy partiyalarning fraksiyalari va deputatlar guruhlarini ro’yxatga 
olish; 

Qonunchilik palatasining qo’mitalarini tuzish. 
Qonunchilik palatasining birinchi majlisida Qonunchilik palatasi 
faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq boshqa masalalar ham ko’rib 
chiqilishi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi. 
Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlislari uning 
sessiyalari oralig’ida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, 
Qonunchilik palatasi Spikeri taklifiga yoki Qonunchilik palatasi 
deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan 
chaqirilishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ishi esa, masalalarni 
birgalikda va erkin muhokama qilish, oshkoralik, jamoatchilik fikrini 
hisobga olish prinsiplariga muvofiq holda, vaqti-vaqti bilan yalpi 
majlislarga va Senat qo’mitalarining (komissiyalarining) majlislariga 
chaqiriladigan senatorlarning faoliyatiga asoslanadi. 
Senatning birinchi majlisi Senat shakllantirilganidan keyin bir oydan 
kechiktirmay o’tkaziladi. Mazkur majlisni O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga 
qadar unda raislik qiladi.Senatning birinchi majlisi ishini tashkil etish 
uchun majlisning muvaqqat kotibiyati va sanoq komissiyasi saylanadi.
Senatning birinchi majlisida uning faoliyatini tashkil etish bilan 
bog’liq masalalar ko’rib chiqiladi, shu jumladan, qoida tariqasida:

elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi 
saylanadi; 

Senat Raisi va uning o’rinbosarlari saylanadi; 

Senatning qo’mitalari tuziladi. 
Senatning navbatdan tashqari majlislari O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti, Senatning Raisi taklifiga yoki senatorlar umumiy sonining 
kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin. 
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosarlarini 
saylab olish yuzasidan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 


461 
Qonunchilik palatasining Reglamenti to’g’risida”gi qonunning
1
4-moddasi 
yangicha qoida bilan to’ldirildi. Ya’ni, Qonunchilik palatasi Spikerini va 
uning o’rinbosarlarini saylash uchun deputatlar orasidan Qonunchilik 
palatasiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiyadan kamida uch 
nafar deputatdan iborat Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuziladi. 
Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tarkibi to’g’risidagi qaror 
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan 
qabul qilinadi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashi o’z majlisida 
Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosarlari lavozimlariga 
nomzodlarni deputatlar orasidan ko’rsatish masalasini ko’rib chiqadi. 
Siyosiy partiyalar vakillari kengashi majlisida Qonunchilik palatasiga 
saylovda eng ko’p deputatlik o’rinlarini olgan siyosiy partiyaning vakili 
raislik qiladi. Bu qoida ham siyosiy partiyalarning tegishli rahbarlarni 
shakllantirishdagi rolini yanada oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Reglamenti 
to’g’risida”gi qonunining 4-moddasiga ko’ra, Senatning birinchi majlisi 
Senat Raisini saylashdan boshlanadi.Senat Raisligiga va uning 
o’rinbosarligiga nomzodlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan senatorlar orasidan taqdim etiladi.Nomzod, agar u yashirin 
ovoz berish natijasida senatorlar umumiy sonining yarmidan ko’p ovozini 
olgan bo’lsa, Senat Raisi yoki uning o’rinbosari etib saylangan 
hisoblanadi.Senatorlar orasidan saylanadigan Senat Raisining 
o’rinbosarlaridan biri Qoraqalpog’iston Respublikasining vakili 
bo’ladi.Senat Raisi va uning o’rinbosarlari saylanganligi to’g’risida 
qarorlar qabul qilinadi, qarorlarni Senat majlisida raislik qiluvchi 
imzolaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
Spikeri va Senat Raisi hamda ularning o’rinbosarlari yashirin ovoz berish 
orqali tegishincha deputatlar, senatorlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi 
bilan palataning vakolati muddatiga saylanadi. Qonunchilik palatasi 
Spikeri va Senat Raisi tegishincha deputatlar, senatorlar umumiy sonining 
uchdan ikki qismidan ko’prog’ining ovozi bilan qabul qilingan tegishli 
palata qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin. 
Ularning o’rinbosarlari esa, yashirin ovoz berish orqali tegishincha 
deputatlar, senatorlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qabul 
1
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
. 2015 
й
., 52-
сон
, 645-
модда



462 
qilingan tegishli palata qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi 
mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar 
ular ishida barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida yarmi 
ishtirok etayotgan bo’lsa, vakolatli hisoblanadi. Konstitutsiyaviy 
qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining 
kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va 
Senati majlislarida, shuningdek, ularning organlari majlislarida: 
–O’zbekiston Respublikasi Prezidenti; 

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri; 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari; 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi raislari; 

O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori; 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi 
ishtirok etishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va 
uning organlari majlislarida Senat Raisi, O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senati va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi 
Spikeri ishtirok etishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va 
Senati alohida-alohida majlis o’tkazadilar. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va 
Senatining 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish