3) palatalarning birgalikdagi mutlaq vakolatlari:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga
o’zgartish va qo’shimchalar kiritish;
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy, qonunlarini qabul
qilish, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish;
O’zbekiston Respublikasining referendumini o’tkazish to’g’risida
va uni o’tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
O’zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul
qilish va ularning O’zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi
qarorlarni tasdiqlash;
davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish;
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko’rib
chiqish;
xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish.
Mazkur guruhdagi masalalarni hal qilishda ham O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi ishtirok etishlari mumkin.
Xususan, ular tomonidan Konstitutsiya, konstitutsiyaviyva qonunlarning
loyihalari, ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi
takliflar qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Qonunchilik palatasiga
kiritilishi mumkin. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
tomonidan qabul qilingan, Senat tomonidan ma’qullangan qonunlar
Prezident tomonidan imzolanishi talab qilinadi. Qolaversa, O’zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalari O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi yoxud ular vakolat bergan organ
(mansabdor shaxs) tomonidan tuziladi. Lekin bu guruhdagi masalalarning
o’ziga xosligi shundaki, Oliy Majlis palatalari ularni Prezident va
1
Қаранг
:
Халқ
сўзи
. 2018
йил
28
декабрь
.
455
Vazirlar Mahkamasiga bog’liq bo’lmagan holatda, faqat o’z vakolati
doirasida hal qiladi.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlari yuzasidan e’tibor berilishi lozim
bo’lgan yana bir jihat mavjud. Ayrim davlatlarning ikki palatali parlament
amaliyotidan (masalan, GFR Bundestag va Bundesratidan) farqli ravishda
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining birgalikdagi
vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, so’ngra
Senatida ko’rib chiqiladi. Mazkur qoida parlament ishida izchillik va
barqarorlik mavjud bo’lishini ta’minlaydi.
Parlament tomonidan hal qilinadigan masalalarning keyingi guruhi
esa, palatalarning mutlaq vakolatiga berilgan masalalardir. O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida Qonunchilik palatasining ham,
Senatning ham mutlaq vakolatlari belgilab qo’yilgan. Ijro hokimiyati
faoliyatini shakllantirishdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining vakolati
va ishtirokini yanada takomillashtirish maqsadida, 2019-yil 5-martdagi
“Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning
mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga O‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi natijasida, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 79, 93,98 - moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi.
Mazkur yangi qoidalarga muvofiq, Konstitutsiyaning 79-moddasidagi
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq
vakolatlari quyidagi tarzda bayon etildi:
1) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
Spikeri va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislari va ularning
o’rinbosarlarini saylash;
2) O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini
daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish;
3) o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan
bog’liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar
yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan
qarorlar qabul qilish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni
456
keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
lavozimlarga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish va ma’qullash kiradi.
Shuningdek, Qonunchilik palatasi uning davlat hokimiyati organlari
o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimidagi alohida
o’rnini belgilab beruvchi quyidagi funksiyalarga ega:
–
Do'stlaringiz bilan baham: |