301
Majburiy to’lovlar deganda esa soliq kodeksida belgilangan davlat
maqsadli jamg’armalariga majburiy pul to’lovlari, bojxona to’lovlari,
shuningdek, vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan
yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to’lovchilarga
nisbatan amalga
oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va
boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to’lanishi lozim bo’lgan
yig’imlar, davlat boji tushuniladi.
Soliq kodeksi 23-moddasida
soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlarning turlari belgilanganbo’lib, O’zbekiston Respublikasi hududida
faqatgina soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlar amal qiladi.
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
3) qo’shilgan qiymat solig’i;
4) aksiz solig’i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig’i;
8) yer solig’i;
9) benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan
soliq.
Boshqa majburiy to’lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar:
- yagona ijtimoiy to’lov;
- byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga fuqarolarning sug’urta
badallari;
- davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar;
- Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar;
2)
davlat boji;
3) bojxona to’lovlari;
4) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim
turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.
Shuningdek, belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning
soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan quyidagi soliqlar qo’llanilishi
mumkin:
- yagona soliq to’lovi;
- yagona yer solig’i;
302
- tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan
soliq.
Ushbu nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar
umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlar
hamda mahalliy
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tarzida undiriladi.
Bundan tashqari, davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish
davrida tegishli jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi.
O’z navbatida soliq kodeksi 32-moddasida soliq to’lovchilarning
majburiyatlari
belgilanib, unga ko’ra soliq to’lovchilar:
- o’z soliq majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarishi;
- qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi,
moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi;
- davlat soliq xizmati organlariga va
boshqa vakolatli organlarga
imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
- soliq tekshiruvlari o’tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati
organlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish,
to’lash bilan bog’liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni
taqdim etishi;
-davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning
hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi,
shuningdek, mazkur organlarning, ular mansabdor
shaxslarining qonuniy
faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: