55
g quruq glyukozaga nisbatta); shuningdek reologik va dezintiksikatsion ta’sirli
kolloidli plazma almashtiruvchilardan (reopolyuglikin, reoglyukan, gemodez ,
jelatinol|) foydalaniladi. Asosiy parametrlarni korreksiya
qilish quyidagi dastur
asosida hisoblanadi: yengil toksemiyali bemorlarga 20-25 ml/kg 1 kunda o’rtaqcha
og’irlikda 35-40 ml/kg, og’ir darasida 40-50 ml/kg, o’ta og’ir darasida 50-70 ml/kg
1 kunda. Gemodezni oz ozdan yuborish tavsiya qilinadi.
Osmotik dezintoksikatsiyada oz-ozdan 5-10% li glyukoza eritmasiga, glyukoza
tuzli eritmalar 15ml/kg hisobda 5% unitiol eritmasi bilan (0,1 ml/kg massaga) va
0,1% sianokobolamin (1,0) eritmasi so’ngra mannitiol (20% eritma 1g quruq
modda\kg) ko\rsatilgan usul KK og’irlik darasiga bog’liq holda kuniga 1 martadan
2-3 martagacha o’tkaziladi.
Terapevtik natija suyuqlikni hujayradan tashqari qismi almashinuvini
yaxshilash va to’qimalar detoksikatsiyasini ta’minlashga asoslanadi. Spetsifik
dezintoksiya uchun immunli plazma yoki rekonvalessentlarning immunoglobulini
qo’llaniladi, ular tarkibida antitoksik “kuyishga qarshi”
va antibacterial oqsillar
bo’ladi.
Terapevtik natija suyuqlikni hujayradan tashqari qismi almashinuvini yahshilash
va
to’qimalar
detoksikatsiyasini
ta’minlashga
asoslanadi.
Spetsifik
dezintoksikatsiya
uchun
immunli
plazma
yoki
rekonvalessentlarning
immunoglobulinini qo’llaniladi, ular tarkibida antitoksik kuyishga qarshi va
antibakterial oqsil tanachalarga ega bo’ladi. Bunday plazma qo;llanilganda
gepatorenal tizimning funksional holati yaxshilanadi retikuloendotelial tizimning
fagotsitar funksiyasi oshadi. Plazmani davolshli dozasi 4-7 ml/kg massaga bir
kunda, jarohatdan 2-3 kun o’tgandan so’ng boshlab, 5-7 kun davomida har kuni
yoki kun ora, immunoglobulinni mushak orasiga
yuborish bilan almashtirib
qilinadi.
Nospetsifik dezintoksikatsiya og’ir kuyganlarda o’z ishiga ekstrokorporal gemo-
yoki plazmosorbsiya usullarini, plazmoforezni, autologik eritrotsitlarni yuvib
chiqarishni ultrafiltratsiyani oladi. Gemosorbsiya jarohatdan so’ng 3-4 kundan
keyin boshlab 9-10 chi kungacha kunora o’tkaziladi. Gemosorbsiyadan avval
gemodilyutsiya va premedikatsiya o’tkaziladi; ( geparin 300 birlik/kg massaga,
dimedrol 2.0 ml, prednizalon 30 mg)
trombozni profilaktikasi uchun, kolonka
yo’llarida qon elementlari shikastlanishini oldini olish uchun va bemorni
neyrovegetativ himoyasi uchun ular amalga oshiriladi. Toksemiya dastlabki
holatdan 20-30% ga kamayadi, mikroagregatlar sorbsiyasi,
shikastlangan qon
elementlarini sorbsiyasi davom etadi, transkapilyar almashinuv jadallashadi.
Kardiovaskulyar beqarorlik, kollikvatsion nekroz rivojlanishi va gipoprotenimiya
(umumiy oqsil 50 g/l dank am) gemosorbsiya o’tkazishga qarshi ko’rsatmadir.
Oxirgi yillarda gipoxlorid natriyning 0,06 % li eritmasidan (bevosita yuborishdan
oldin tayyorlangan) 400 ml kuniga, jarohatdan so’ng 4
chi kunidan boshlab
yuborish tavsiya qilinadi. Qonni bevosita elektrokimyoviy oksidlash kuyganda
56
zaxarlanishni leykotsitar indeksini 1,5 marta kamaytiradi, qon plazmasida va
eritrotsitlarda past va o’rta molekulyar molekulalar miqdori 18% ga kamayadi.
Seanslar miqdoriga bog’liq holda 30% dan 70% gacha ularni siydik bilan
chiqarilishi ko’payadi.(1998 y, N I Vasin va hammualliflar) . bu ishlardan hujayrali
va gumoral immunitet ko’rsatkichlari yaxshilanishi belgilari ta’kidlangan.
Immunologik reaktivlikni oshirish immunokorregirlovchi davolash orqali
erishiladi. Immunologik labaratoriya mavjud bo’lmaganda immunokorregirlovchi
davolashning unifitsirlangan chizmasidan foydalaniladi. Yengil kuyishlarda (1-60
birlikkacha) sust immun davolash mushak
orasiga har qanday maxsus
immunoglobulinlar yuborish bilan (qizamiqqa qarshi, tumovga qarshi, qoqsholga
qarshi) jarohatdan so’ng 3-4 kundan boshlab, kunora 3-5 ta inyeksiyani peroral
Dekaris 150 mg dan kun ora 7 kun berish bilan amalga oshiriladi. Og’ir kuyishli
bemorlarda (IF 60 birlikdan yuqori) vena ichiga normal immunoglobulinlarni 2-3
kundan boshlab jaroxatdan so’ng 25-50 mldan har kuni 7-8 kungacha leykotsitar
massa bilan birga 1-2 dozadan (50-100 ml) 5 kundan boshlab 3 kun davomida
(leykotsitlar 4000-5000 gacha, limfotsitlar 800 gacha bo’lganda )
mushak orasiga
timolindan 20 mg gacha har kuni 7 kun davomida yuboriladi. O’ta og’ir
kuyganlarda (IF 90 birlikdan oshiq) 2-3 kundan boshlab 9-10 kungacha jarohatdan
so’ng antistafilakok yoki antiko’k yiringli plazmadan 250-300 ml yarani
mikroflorasiga bog’liq quyilishi talab qilinadi.
Kunora mushak orasiga antistafilakokli immunoglobulindan 100 ME dan
yuboriladi. Leykotsitar massa 2-3 dozadan, mushak orasiga timalinni 20 mg dan
har kuni 7 kun davomida yuboriladi. Kuyish ksalligi eritron tizimidagi og’ir
buzilishlar kompleksi bilan kechadi, eritrotsitar gomeostaz o’zgarishlari
ifodalanganligi kuyish maydoniga bevosita bog’liqdir. Eritrotsitlar morfologik
depressiyasi hatto yuzaki kuyishlarda kuzatiladi va bu funksional noto’liqligidan
dalolat beradi, bunday o’zgarish yashirin kamqonlik, hatto eritrotsit va gemoglabin
ko’rsatkichlari saqlangan holda ham mavjudligini ko’rsatadi. Ko’rsatilgan
o’zgarishlar to’qimalar gipoksiyasini chuqurlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: