Birlamchi reaksiya shakllanishida o’zaro bog’liq quyidagi 4ta sindromni
kuzatish mumkin:
1.
Asteno-gipodinamik quyidagi belgilar bilan kechadi – bosh og’rishi,
aylanishi, ifodalangan holsizlik, qo’zg’aluvchanlik, uyqusizlik, qo’rquv hissiyoti
hayajonlanish bilan
16
2.
Gastro-intestinal , qusish (bir marta, qayta qayta, ko’p marta to’xtamaydigan
), ko’ngil aynish, ishtaxa pasayishi, so’lak oqishi, kam hollarda ich ketishi bilan
xarakterlanadi. Bu sindrom markaziy bo’lib, xususan xazm a’zolari
shikastlanishiga kam bog’liq. Patogenetik jihatdan buni radiotoksinlar hosil
bo’lishiga, nurlanishni bevosita shikastlovchi ta’siriga va ularni MNS ning
boshqaruvchi tizimiga ta’sirini gumon qilish mumkin. Shuning uchun birlamchi
reaksiya klinikasi o’tkir zaharlanishning klinikasiga juda o’xshab ketadi.
3.
Yurak-tomir AQB ning pasayishi ayniqsa sistolik AQB taxikardiya,
hansirash, aritmiyalar bilan namoyon bo’ladi.
4.
Gematologik qisqa muddatli neytrofilli leykotsitoz paydo bo’ladi (depodan
qon hujayralarini mobilizatsiyalanishidan qayta taqsimlanishi), leykotsitar
formulani chapga siljishi, limfopeniya uning rivojlangan avj nurlanishdan 72 soat
o’tgandan so’ng kuzatiladi
Shunday qilib O’NK boshlang’ich davrdagi odam organizmdagi
o’zgarishlarni shartli ravishda nurlanish ta’siriga spetsifik va nospetsifik turlariga
bo’lish mumkin. Birinchisiga ko’mik hujayralarni mitotik aktivligini bloklashni
kiritish mumkin, yosh hujayrali turlarining o’lishini, birinchi navbatta limfotsitlar,
ko’mik hujayralar va limfotsitlar xromasomli abberatsiyasi avj olishini kiritish
mumkin. Nospetsifik belgilarga birlamchi reaksiya davrining klinik belgilari:
gastrointestinal, astenogipodinamik, kardiovaskulyar sindromlar va qayta
taqsimlanishli chapga siljishli neytrofilyozni kiritish mumkin.
Ham birinchi ham ikkinchi o’zgarishlar O’NK erta tashxislashda va uning
og’irlik darajasini aniqlashda foydalaniladi. Nurlanishni biologik ko’rsatkichlarini
(biodozimetriya) axborot berish darajasi kamayib boradigan qatorni quyidagicha
taqsimlash mumkin: xromosomli taxlil (beqaror va barqaror o’zgarishlar)
limfotsitlar absolyut sonini, granulotsitlar, trombotsitlar, bo’linuvchi eritroblastlar
sonini sanashli gematologik tekshirishlar, nurlanishga birlamchi reaksiyani
ifodalanganligini klinik baxolash, nurlanishga sezuvchan molekulalarni
parchalanish mahsulotlarini aniqlovchi biokimyoviy tekshirishlar. Qon ishlab
chiqaruvchi to’qima qabul qilgan dozani eng aniq belgilarini birinchi ikki kun
davomida komik hujayralarda xromosomli apparatni tekshirish orqali va keyinroq
pereferik qonda limfotsitlarda, xromosomli abberatsiyalar takrorlanishini
aniqlashda yordam beradi.
Nurlanish ko’mik va qon hujayralarining xromosomli apparatida xarakterli
o’zgarishlarni keltirib chiqaradi, bu o’zgarishlar nurlanish dozasiga bog’liqligini
kuzatish mumkin. Nurlanishdan so’ng birinchi kun oxiriga borib xromosomalar
struktur buzilishli mitozlari – xromosomli abberatsiyalar, ularning soni 24-48
soatdan keyin nurlanish dozasiga proporsional ravishda olib boradi (nurlanish
dozasi 1Gr-20%, doza 100% ko’mikning abberant hujayralari). Nurlanishdan 5-6
kun o’tib xromosomli abberatsiyali hujayralarni aniqlash kuzatilmaydi, chunki
xromosomalar mitoz davrida fermentlarni yo’qotilishidan yashab qolish
17
xususiyatlarini yo’qotadi. Limfotsitlar kulturasini radiologik taxlil qilish nurlanish
dozasini xarakterlaydi. Bu biologik testning afzalligi shundaki u nurlanish yuz
berganini va uning dozasi haqida xulosa chiqarishga uzoq muddatdan so’ng ham
imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |