Harbiy-dala terapiya


Kuyish kasalligi patogenezi



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/41
Sana17.04.2022
Hajmi1,04 Mb.
#559318
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
KITOB XDT

Kuyish kasalligi patogenezi 
KK patogenezining bir nechta nazariyalari mavjud. Ularning birinchisi qon 
plazmasini yo’qotish va qonni quyuqlashuvi nazariyasi. Kuyish maydonidan teri 
shikastlanishi natijasida katta miqdorda qon plazmasi yo'qotadi. Qon plazmasi 
bilan birga oqsillar, tuzlar yo'qolib qon quyuqlashadi: gemoglobin 18 - 22g/l gacha 
kamayadi, leykotsitoz va eritrotsitoz о’sib boradi, massiv eritrotsitlar gemoliziga 
qaramasdan plazma yo’qotilishi bir kunda sirkulyatsiyadagi plazma hajmining 70 - 
80% ni tashkil qilishi mumkin, gipovolemiya rivojlanadi. Buyrakda qon aylanishi 
10 - 20 barobar kamayadi, o’tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanadi. 
Gipovolemiya 
shuningdek mikrosirkulyatsiyaning buzilishiga, a’zo va 
to'qimalarning gipoksiyasiga olib keladi. Qon plazmasini yo'qotish nazariyasi 
jarohatdan keyingi ikki kun holatini yaxshi tushintiradi. Kasallikni keyingi 
bosqichlarini tushintirishga bu nazariya ojizlik qiladi. Gipokonsentratsiya o'rniga 
qonni suyuqlashuvi keladi, plazma yo'qolishi yo’q, KK esa davom etadi. 
Keyingi nazariya - toksemiya nazariyasi, yoki kuyishli jarohatda shikastlangan 
to'qimalar parchalanishi mahsulotlaridan endogen zaxarlanish. O’tkir kuyishli 
toksemiya rivojlanishida har xil tabiatli toksik moddalar muhim rol o’ynaydi: 
1. Spetsifik toksinlar termik jarohat o’chog’idan to'qimalar alteratsiyasidan, 
yallig'lanish rivojlanishidan paydo bo’ladi. 
2. 
Nospetsifik 
toksinlar-o’r
rtacha molekulyar massali peptidlar, qon plazmasi oqsillarining proteolitik 
parchalanishidan hosil bo’luvchi: biogen aminlar, kinin tizimining komponentlari, 
prostoglandinlar, lipidlar endoperikislari, hujayradan kelib chiquvchi gidrolazalar. 
Zaxarlanish rivojlanishida proteolizning oshishiga katta ahamiyat beriladi: qon 
zardobining, terining, ichki a’zolarning proteolitik faolligi oshadi, natijada plazma 
va to'qima oqsillari jadal parchalanadi. Tizimli katabolik reaksiya rivojlanadi 
(proteoliz, glikogenoliz, lipoliz). Gipo- va disproteinemiya kuchayadi, azot 
almashinuvi mahsulotlari (kreatinin, mochevina, qoldiqli azot) ko’payadi. Kelib 
chiqishi har xil bo’lgan toksik moddalar tizimli, a'zoli, hujayrali va hujayralar 
integratstyasi darajalarida ta’sir qilib, organizmda qator patologik o'zgarishlarga 
olib keladi: gipotenziv natijali qon aylanishi buzilishiga, miokard depressiyasiga,
buyrakni sekretor va ekskretor faoliyatlarini buzilishiga, jigarni ekskretor, oqsil 


53 
sintez qiluvchi, dezintoksikatsion faoliyatlarini buzilishiga, felikuloendotelial tizim 
blokadasiga olib keladi. Oqsil asosli o'rta vapastmolekulyar moddalarni qon 
plazmasida va eritrotsitlarida aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega, bu 
organizmdagi proteolitik jarayonlar faollik darajasini ko'rsatadi. Neytrofillar 
funksional 
falajligi 
kamayadi, 
Immunitni 
gumoral 
qismi 
zaiflashadi 
(immunoglobulinlar). Bularning barchasi bakteriemiyaga va infeksion asoratlarni 
rivojlanishiga olib keladi. 
KK patogenezida MNS faoliyatini buzilishi muhim omillardan biridir, natijada 
nerv - reflektor va nerv - gumoral jarayonlar buziladi. 
KK patogenezida teri faoliyati buzilishi ahamiyadi. Teri ko‘p faoliyatlarni: himoya, 
issiqlikdan himoya qiluvchi, issiqlik o'tkazuvchi, chiqaruvchi, nafas oluvchi, 
og'riq, sovuq, taktil sezuvchanlikni ta’minlovchi va boshqalarni bajaradi. Katta 
maydonda terining o'lishi ko'p turli tizimli va a’zolar patologiyasiga, KK deb 
nomlanuvchi holatlarga olib keladi. 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish