Harbit talim muassasalari haqida umumiy hamma malumot



Download 1,24 Mb.
bet4/17
Sana06.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#749936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
OHTM-HAMMA MALUMOTLAR

Mazkur bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
19. Vazirliklar va idoralar joylarda harbiy-professional yo‘nalish bo‘yicha ishlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishi, Internet tarmog‘ida oliy harbiy ta’lim muassasalarining veb-saytlarida ularning faoliyatini aks ettiruvchi materiallar vaqti-vaqti bilan yangilanib turilishini nazorat qiladilar, shuningdek tegishli oliy harbiy ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonini yorituvchi nashr etilgan bukletlar va plakatlar, ularga kirish shartlari harbiy qismlarga (muassasalarga), mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va bo‘limlarga yetkazilishini tashkil etadilar.
LexUZ sharhi
Mazkur bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
20. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga harbiy-professional yo‘nalish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi hayot, turmush va o‘qishning o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi plakatlar, bukletlar, filmlar va videoroliklar shaklidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari haqidagi axborot materiallarini nashr etish va harbiy qismlarga (muassasalarga), mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va bo‘limlarga tarqatish;
LexUZ sharhi
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
oliy harbiy ta’lim muassasalari vakillarining televideniyeda, radioda, markaziy va mintaqaviy (mahalliy) matbuot sahifalarida chiqishlarini tashkil etish, oliy harbiy ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi filmlarni ko‘rish, mavzuli kechalar, ma’ruzalar va ochiq eshiklar kunlari o‘tkazish;
harbiy stajirovkalar, ishlab chiqarish amaliyotlari, ta’tillar va kanikulli ta’tillar davrida oliy harbiy ta’lim muassasalarining doimiy va o‘zgarib turuvchi tarkibining harbiy xizmatchilar va fuqaro yoshlar bilan uchrashuvlari va suhbatlarini o‘tkazish.
21. Qo‘shilmalar va harbiy qismlarga (muassasalarga) harbiy-professional yo‘nalish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
garnizonlarning zobitlar uylari va harbiy qismlarning klublarida oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi hayotni aks ettiruvchi ko‘rgazmali tashviqotli, qabul qilish shartlari, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirishda beriladigan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘shinlarining har xil turlari va xillarida zobitlar tarkibining harbiy xizmati xususiyati va o‘ziga xosliklarini aks ettiruvchi o‘quv-maslahat burchaklarini tashkil etish va bezash;
O‘zbekiston Respublikasi Qurollik Kuchlari zobitlar tarkibining harbiy xizmati, oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiyaviy jarayon to‘g‘risidagi filmlarni namoyish qilishni, shuningdek faxriylar va oliy harbiy ta’lim muassasalarining vakillari bilan muntazam uchrashuvlarni tashkil etish;
harbiy xizmatchilar bilan zobit kasbi to‘g‘risida yakka tartibda tushuntirish suhbatlari o‘tkazish;
harbiy-professional yo‘nalish bo‘yicha ishlar yakunlarini vaqti-vaqti bilan tahlil qilish;
oliy harbiy ta’lim muassasalari bilan mustahkam aloqalar tashkil etish va bog‘lash.
22. Mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va bo‘limlarga harbiy-professional yo‘nalish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
LexUZ sharhi
Mazkur bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
fuqaro yoshlar orasidan oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni tanlash ishlarini tashkil etish, ularni zobitlar tarkibiga qo‘yiladigan talablar bilan tanishtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda barcha viloyat tumanlaridagi umumta’lim maktablar, litseylar va kollejlarning a’lochi bitiruvchilari bilan yig‘inlar, shuningdek, maqsadli targ‘ibot ishlarini tashkil etish;
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son)
oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablarni fuqaro yoshlarga yetkazish;
hokimliklar va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirokida ta’lim muassasalarining yoshlarni chaqiriqgacha tayyorlash, “Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashish tashkilotining o‘quv muassasalari o‘qituvchilari bilan harbiy-professional yo‘nalish masalalari bo‘yicha har yilgi o‘quv-metodik yig‘inlarni o‘tkazish;
harbiy-professional yo‘nalish bo‘yicha ishda ta’lim muassasalarining yoshlarni chaqiriqgacha tayyorlash o‘qituvchilariga yordam berish, ta’lim muassasalarini zobitlik kasblariga bag‘ishlangan stendlar bilan jihozlash;
mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va bo‘limlar huzurida o‘quv-maslahat burchaklari tashkil etish va ularni oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi hayotni aks ettiruvchi ko‘rgazmali tashviqotli, qabul qilish shartlari, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilarga hamda fuqarolarga oliy harbiy ta’lim muassasalariga kontrakt bo‘yicha kirishda beriladigan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘shinlarining har xil turlari va xillarida zobitlar tarkibining harbiy xizmati xususiyati va o‘ziga xosliklarini aks ettiruvchi ko‘rgazmali tashviqot bilan bezash;
LexUZ sharhi
Mazkur bandning uchinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida, korxonalar va tashkilotlarda fuqaro yoshlarni harbiy-professional yo‘naltirish ishlarida mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar vakillarining bevosita ishtirok etishini ta’minlash;
hokimliklar, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, jamoat tashkilotlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan harbiy-professional yo‘nalish bo‘yicha mustahkam o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
fuqaro yoshlarning garnizonlarning zobitlar uylariga, joylardagi tarixiy, harbiy-vatanparvarlikka doir muzeylarga va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Davlat muzeyiga, harbiy qismlar va muassasalarga tashrifini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zobitlar tarkibining harbiy xizmati, oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi hayoti va turmushi to‘g‘risidagi filmlarni namoyish qilish;
harbiy mutaxassislikni ongli ravishda tanlashda yoshlarga yordam berish.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish