42. «Keglini olishga ulgur» o‘yini (36-rasm)
O‘yinchilar bir-birlariga qaragan holda ikki sherengaga saflanib turadilar. Ular orasidagi masofa 10 m. Har bir sherenganing o‘yinchilari tartib bilan sanaydilar. Ikki sherenganing o‘rtasiga kegli (bir xil masofada) qo‘yiladi. O‘qituvchi xohlagan nomerlarini chaqiradi. SHu nomerdagi o‘yinchilar sherengadan yugurib chiqib, o‘rtadagi «kegli»ni birinchi bo‘lib olishi kerak. Keglini olgan o‘yinchi uning o‘rniga turishi kerak. Ikkinchi sherengadagi o‘yinchi uni petna qilishi kerak. Marraga etib kelguncha petna qilinmasa, unda birinchi sherenga o‘yinchisi o‘z komandasiga 2 ochko, penta qilsa, 1 ochko keltiradi. So‘ng o‘qituvchi keyingi nomerni chaqiradi va h.k. Qaysi komanda ko‘p ochko to‘plagan bo‘lsa o‘sha komanda g‘olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |