24. “Kim mergan” o‘yini
O‘yinchilar 6-8 qatorli kolonnalarga saflanadilar. Kolonnalardan 2 m naridan stullarga voleybol to‘plari qo‘yilgan bo‘ladi. Kolonnalarda birinchi turgan o‘yinchilarda kichik to‘plar bo‘ladi.
O‘qituvchi signal berishi (“Qani, boshla”, “O‘t ochilsin”, deyishi) bilan kolonnalar boshida turgan o‘yinchilar katta to‘pni urib tushirish uchun o‘z to‘plarni unga qarab otadilar va o‘z to‘plarini keyingi o‘yinchiga beradilar va o‘zlar kolonnaning ketiga borib turadilar. Katta to‘pni urib tushirgan o‘yinchi yutgan xisoblanadi. So‘rgra ikkinchi, keyin uchinchi va xokozo o‘yinchilar to‘p otishni davom ettiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |