9. «Aniq nishonga» o‘yini.
Basketbol maydonchasida otish uchun ikkita chiziq chiziladi: birinchisi shchitdan 10 m narida – qizlar uchun, ikkinchisi 15 m narida – o‘g‘il bolalar uchun.
O‘yinchilar ikki komandaga bo‘linadilar. Tarbiyachining komandasidan keyin har bir komandadan bittadan o‘yinchi chiqib otish chizig‘iga turadi. Ular uchtadan to‘ldirilgan to‘p yoki tennis to‘pini olib, uni basketbol shchitining chizilgan to‘rtburchagi o‘rtasiga tegizishga harakat qiladi. To‘rtburchakning o‘rtasiga tegizgan o‘yinchi 2 ochko, shchitiga tegizgan o‘yinchi 1 ochko oladi. Keyingi o‘yinchilar to‘plarni olib, otish chizig‘iga turadilar va otishni davom ettiradilar. Ko‘proq ochko to‘plagan komanda yutgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |