4. «Kaltakesak» o‘yini
O‘yinchilar teng ikki komandaga bo‘linadilar. Komandalardan biri qo‘llarida to‘p bilan aylana tashqarisida joylashadi, ikkinchisi «kaltakesaklar» aylana ichida bir qatorli kolonnada turadi (ular oldinda turgan o‘rtoqlarining tirsaklaridan uishlab turadi).
Doiraning tashqarisida turgan o‘yinchilar to‘pni bir-birlariga uzata boshlaydilar, kolonnaning oxirida turgan o‘yinchiga tegizishga harakat qiladilar. Kolonnada turgan o‘yinchilar bir birlarini ushlashib kolonna oxiridagi o‘yinchini himoya qilib yuradilar. To‘p tekkan o‘yinchi o‘yindan chiqadi. So‘ngra kolonna oxirida turgan o‘yinchiga to‘p tegizish mumkin bo‘ladi va hokozo.
O‘yin hamma o‘yinchilar qo‘lga tushmaguncha davom etadi. Keyin esa komandalar o‘rin almashadilar. Qisqa vaqit ichida hamma o‘yinchilarni tutib olgan komanda g‘olib hisoblanadi. To‘pni beldan pastga urish kerak bo‘ladi. Beldan yuqoriga ursa, o‘yindan chiqmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |