3. «Ayiq qarag‘ayzorda» o‘yini
Maydonchaning bir tomoniga doira chizib ayiq ini yasaladi. Uning ikkinchi tomonidan bolalar o‘ynaydigan uychalar bo‘ladi. Bolalar uychalaridan chiqib ayiq ini tomon borayotib quyidagi so‘zlarni aytadilar: «Biz ayiqning uyidan qo‘ziqorin, asal, mevalar olamiz». Ayiq ularga qarab o‘kiradi va inidan yugurib chiqib, bolalarni tuta boshlaydi. Bolalar esa o‘z uychalariga kirib olishga harakat qiladilar. Ushlangan bolalarni o‘z inining oldiga olib borib qo‘yadi. Ularning soni 4-5 taga etkandan so‘ng boshqa ayiq (onaboshi) saylanadi. Qo‘lga tushgan bolalar ayiqning ini oldida yangi ayiq – onaboshi saylanguncha turishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |