1. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
HARAKATLAR STRATYEGIYASI
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:
davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish;
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish.
2. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida “Elektron parlament” dasturini ishga tushirishdan asosiy maqsad parlament va saylovchilar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan maqsadli foydalanish ekani ta’kidlandi.
Axborot sohasi ekspertlari vakillik organlarining axborot infratuzilmasini rivojlantirish parlamentning qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda deputatlik faoliyatining ochiqligini ta’minlashga xizmat qilishini qayd etdi.
Davra suhbati ishtirokchilari e’tiboriga sohada normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi, axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish, axborot-namoyish faoliyati kabi qator innovatsion tizimni qamrab olgan “Elektron parlament” dasturini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar loyihasi havola etildi.
Dastur milliy parlament vakillarining saylovchilar bilan muloqot o‘rnatish sifati oshishi, fuqarolik jamiyati oldida vakillik organlari hisobdorligining yangi amaliy mexanizmlarini yaratishga xizmat qiladi.
3. mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish;
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish.
4. 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendumda O‘zbekiston xalqi mamlakatda ikki palatali parlament tuzishni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yil qilib o‘zgartirishni yoqlab ovoz berdi. Bu qarorlar ijtimoiy-siyosiy turmushni demokratlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish bilan bog‘liq.
Doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali qonun chiqaruvchi organ tuzish zamonaviy parlamentarizmga xos tamoyildir. Zero, jahondagi ko‘pgina demokratik mamlakatlarda ikki palatali parlament faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmog‘iga bo‘linishining konstitutsiyaviy prinsipini izchillik bilan amalga oshirish davlat hokimiyati barcha institutlari samarali faoliyat yuritishining, mamlakatimiz demokratiya va taraqqiyot yo‘lidan barqaror ilgarilab borishining belgilovchi shartidir. Bu yo‘nalishda barqarorlikni, uzoq muddatli dasturlar muvaffaqqiyatli amalga oshirilishini, jamiyat va davlat turmushining kelajagini ta’minlashdagi muhim qadam davlat boshlig‘ining eng maqbul konstitutsiyaviy vakolat muddatini belgilashdir.
Referendum natijalari fuqarolarning siyosiy ongi va ijtimoiy-huquqiy faolligi yuqori ekanligini, xalq o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yanada chuqurlashtirishga intilayotganligini, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni, fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lini qo‘llab-quvvatlayotganligini namoyish etdi. Referendum bugungi O‘zbekiston jamoatchiligi davlatning konstitutsiyaviy tuzilishini rivojlantirishning muhim masalalari yuzasidan yuksak darajada kelishuvga erishganligini ko‘rsatdi
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
Yangi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraktsiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |