Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish
barcha shahar va tumanlarda ommaviy sportni rivojlantirishga, jumladan, sport maydonchalari, piyodalar va velosipedchilar uchun yo‘laklar, ekoparklar, ta’lim dargohlaridagi sport zallaridan iborat sport infratuzilmasini yaratishga alohida e’tibor qaratish;
Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish uchun sport maktablarini ko‘paytirish va yangi sport obyektlarini barpo etish;
Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan har bir sport turini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha kompleks dasturlarni amalga oshirish.
Keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama e’zozlash
keksa avlod vakillari, mehnat faxriylarining hayotini mazmunli va fayzli qilish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, sog‘lig‘ini mustahkamlash bo‘yicha boshlangan ishlarni yanada kuchaytirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |