Aholi salomatligini ta’minlash
sog‘liqni saqlashga yo‘naltiriladigan mablag‘larni 2 barobar oshirish, jumladan, kelgusi besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish;
tibbiyot sohasini chinakamiga yuqori samara bilan ishlaydigan tizimga aylantirish;
tibbiy profilaktika, oilaviy shifokorlar rolini oshirishga alohida e’tibor qaratish, jumladan, aholi orasida eng ko‘p tarqalgan va erta o‘limning asosiy sababi bo‘lgan kasalliklarni barvaqt aniqlash, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oshirish, profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish;
sog‘liqni saqlash sohasida axborot texnologiyalarini joriy etish hisobidan korrupsiya holatlarining oldini olish;
viloyat, tuman va shaharlarda ixtisoslashgan tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish;
davlat tibbiy sug‘urta tizimini ishga tushirib, mablag‘larni aniq bemorga bog‘langan holda ajratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |