IJTIMOIY RIVOJLANISH SOHASIDA:
2020 yil oxiriga qadar 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimini joriy etgan holda maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasining 69 foizga yetkazilishi ta'minlansin;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich ikki barobar oshirilsin;
2020 yilda oliy pedagogik ta'limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yilgacha qisqartirilsin;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchilarining yuklamasi maqbullashtirilsin, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni ikki barobar qisqartirilsin;
2020 yilda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etishga tayyorgarlik yakuniga yetkazish va kelgusi yilda ushbu tizimni tajriba tariqasida Sirdaryo viloyatida ishga tushirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |