Prezident Sh.M.Mirziyoyev o’z farmon va qarorlarida Harakatlar strategiyasida mo’ljallangan maqsadlarni amalga oshirishning aniq vaqt mexanizmlarini ishlab chiqdi. Ayniqsa, 2018 yilga “Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab –quv vatlash yili”, 2019 yilga “Faol investiciyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”, 2020 yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlanishi munosabati bilan qabul qiligan davlat dasturlarida Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning asosiy shart-sharoitlari belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |