G.Gegel - Fuqarolik jamiyatini tahlil qilishga nisbatan boshqa bir yondashuvni G.Gegel (1770-1831 y.y.) taklif etgantedi. U fuqarolik jamiyatiga o’z kundalik ehtiyojlarini mehnat yordamida qondiruvchi individlar majmui deb qaraydi. Uning fikriga ko’ra, fuqarolik jamiyatining negizini xususiy mulk tashkil etadi. G.Gegel fikricha, tarixiy jarayonni harakatlantiruvchi kuch sifatida fuqarolik jamiyati emas, balki davlat namoyon bo’ladi, u barcha fazilatlarni o’zida mujassamlashtiradi, inson shaxsi, umumiy siyosiy, moddiy va ma’naviy asoslarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Davlat insonni har xil tasodiflardan himoya qiladi, adolatni ta’minlaydi, umumiy manfaatlarni ro’yobga chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |