A.Fergyusson - Fuqarolik jamiyati to’g’risidagi A.Fergyussonning qarashlari ham juda muhimligi bilan ajralib turadi. Ko’pchilik olimlar fikricha, “fuqarolik jamiyati” tushunchasini dastlab A.Fergyusson qo’llagan. Unga ko’ra “shaxslarning baxti fuqarolik jamiyatining asosiy maqsadidir: a’zolarining har biri baxtsiz bo’lgan jamiyat qanday farovonlikka erisha oladi?”. Jamiyatning baxtini diniy nuqtai nazardan talqin etishda uning diniy tahsil olganligi ta’sir qilgan bo’lishi mumkin. Uning fuqarolik jamiyati borasidagi asosiy qarashlari 1767 yilda yozilgan “Fuqarolik jamiyatining tarixiy tajribasi” deb nomlangan asarida mujassamlashgan bo’lib, unda o’sha vaqtda shakllangan jamiyat - ya’ni tijoriy munosabatlarga asoslangan jamiyat axloqiy nuqtai nazardan tanqid qilindi Фергюсон А.
Do'stlaringiz bilan baham: |