Harakatlar strategiyasi 2017–2021 Inson manfaatlarini ta’minlash va mahalla taraqqiyoti yili


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ



Download 2,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet133/160
Sana22.07.2022
Hajmi2,82 Kb.
#837272
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160
Bog'liq
Muallim ham uzluksiz bilim

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
139
Shunday qilib boshlangʼich taʼlimda interfaol metodlarni qoʼllashda oʼqituvchi taʼlim 
jarayonining boshqaruvchisi vazifasida boʼlib, bunda boshqaruv maqsadi taʼlimning obʼekti 
va subʼekti sifatida oʼquvchiga yoʼnaltiriladi. Demak, interfaol metodlar taʼlim mazmuni, 
usul, shakl va vositalar asosida yuzaga keladi.
Boshlangʼich taʼlimda interfaol metodlar yana shunisi bilan ahamiyatliki, oʼqituvchi 
oʼquvchining fikrini, javobini hech qachon keskin rad etmaydi, faqat vaqti bilan toʼgʼri 
xulosani aytib ketadi. Natijada oʼquvchi xatosini oʼzi tushunib yetadi. Bu esa ularni 
tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi xatolarni oldini oladi. Interfaol metodlar 
oʼqituvchi va oʼquvchi oʼrtasidagi oʼzaro hurmatga asoslanadi. Oʼqituvchi qanday boʼlmasin 
oʼquvchining fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi. Shu bilan oʼquvchilarni 
bir-birini tinglashga oʼrgatadi. Qoʼshimchalar “sizning fikringizga qoʼshilgan holda 
qoʼshimcha qilamiz”, “bizning ham baʼzi fikrlarimiz bor” kabi soʼzlar orqali bildiriladi. 
Bunday tarzda tashkil etilgan darsda oʼquvchi oʼzini hurmat qilinayotganini sezadi. Bunday 
sharoitda hech qanday tazyiqsiz erkin fikrlay boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Shu 
bilan birgalikda u boshqalarni hurmat qilishga oʼrganadi.
Boshlangʼich taʼlimda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, interfaol 
metodlarni qoʼllab dars oʼtish bugungi kun taʼlimining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Chunki, taʼlim jarayoniga qoʼyilayotgan asosiy talablardan biri anʼanaviylikdan yaʼni bir 
xillikdan chekinib, har bir darsimizda har xil usullardan foydalanib oʼtishni taqozo etadi. 
Dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish orqali oʼquvchilarga berilayotgan taʼlim 
sifati yanada oshadi.
Biz boshlangʼich taʼlim jarayonida interfaol metodlardan foydalanishda quyidagilarga 
eʼtibor qaratishimiz kerak:
– oʼquvchi shaxsining rivojlanishiga;
– taʼlimga oid meʼyoriy xujjatlarga;
– mustaqil mutolaa qilishiga;
– oʼqish asosida bilim olishiga;
– oʼz-oʼzini anglab yetishiga;
– oʼz kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashiga;
– oʼz burchiga masʼuliyat bilan yondashishiga;
– oʼzi va oʼzgalar mehnatining qadriga yetishiga;
– mustaqil fikrlay olishiga;
– oʼz faoliyatini mustaqil tashkil eta olishiga;
– oʼz oldiga maqsad qoʼya olishiga;
– oʼquv mehnatiga oʼzida hohish-istak uygʼota olishiga;
– har qanday vaziyatda faollik koʼrsata olishiga;
– tezkor fikrlay olishiga;
– manbalardan unumli foydalanishiga;
– boshqalar fikrini hurmat qilishiga;
– Oʼquvchilar dunyoqarashiga;
– maʼlumotlarni esda saqlab qolishiga.
Interfaol metodlarning bosh maqsadi oʼquv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish 
orqali oʼquvchining faol hamda erkin fikr yuritishga muhit yaratishdir. Interfaol metodlar 
asosida oʼtgan darsni tashkil etish shunday kechadiki, ushbu jarayonda oʼquvchi chetda 
qolmaydi, yaʼni bilgan, oʼylagan fikr va javoblarini ochiq oydin bildirish imkoniyatiga ega 
boʼladilar.
Boshlangʼich taʼlimni interfaol metodlar orqali tashkil etishda quyidagi oʼqitish muhiti 
yaratiladi:



Download 2,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish