МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
81
O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan XX asr boshlariga qadar insoniyat
tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera olishni,
o‘zbek xalqining shakllanish bosqichlarini tushuntirib berishni, o‘rganilgan tarixiy
davrlarga munosabat bildirishni, xulosa chiqarishni, davlatlarning tashkil topishi, hududi,
aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntirishni, o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati,
dunyoviy va diniy qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon sivilizatsiyasiga ta’siri
hamda mamlakatimizdagi tarixiy-me’moriy obidalar hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga
hissa qo‘shgan tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera olishni talab etadi.
Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi davom ettiriladi (XX asr boshlaridan
hozirgi kungacha bo‘lgan davr) (B1), bu Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi bo‘lib,
o‘quvchidan tarixiy-geografik makonlar, O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan
bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqealar,
mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy
jarayonlar, O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati hamda
o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda
ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida
ma’lumot berishini talab qiladi. Shuning bilan birga bu kompetensiyaga ega o‘quvchi
o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara olishi, davlatlarning tashkil
topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira olishi, tarixiy voqealar natijasi
yuzasidan munosabat bildirib, ularni umumlashtira olishi, bayon qilish va xulosa chiqarishi
lozim bo‘ladi.
Tarix fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi (B1+), bunda o‘quvchi
tarix fanlarining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz
qoldirgan muhim voqea va jarayonlar, davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi
ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat,
insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera olishi, tarixning
davrlarini taqqoslash, tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay olish, tahlil
qilish, baholash, xulosa chiqarish va yozma munosabat bildirishi etiladi.
2. Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasining bir qator quyidan
yuqoriga qarab kuchaytirilgan darajalarni belgilab beradi. Bu kompetensiya standartining
A1 darajasida tarixiy illyustratsiyalar asosida hikoyalar tuzib, fikrini tarixiy xaritalar va
qo‘shimcha materiallar (videofilm, slaydlar) yordamida tushuntira olishi lozim bo‘ladi. A2
darajada esa, eng qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha kechgan tarixiy voqelikni bayon
qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntirishi, qo‘shimcha
adabiyot va manbalardan foydalana olishi, tarixiy-badiiy asarlar, OAVlarida berilayotgan
ma’lumotlarga tarixiy bilimlari asosida munosabat bildira olishi talab etiladi.
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasining V1 va B1+ darajalarida
o‘quvchi yuqoridagi kompetensiyalar bilan bir qatorda tarixiy manbalarni mustaqil
o‘rganishi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play olishi, xulosalar chiqarish,
baholash, mustaqil fikr bildirish hamda mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil
tanlagan holda loyihalar, taqdimotlar tayyorlay olishi belgilangan. Shu bilan birga mazkur
kompetensiya egalari o‘z oilasining shajarasini tuza olishi ham mumkin.
Yuqorida keltirilgan ushbu Davlat ta’lim standartining talablarida fanlararo, kurslararo
aloqalardan o‘rinli foydalanish ko‘nikmalari keltirilganligi katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, o‘quvchilarning kompetensiyalarini standart darajalari asosida baholashda
uning har bir darajasiga nisbatan talablar o‘quvchilarning ruhiy-fizologik xususiyatlaridan
kelib chiqib belgilanganligini ta’kidlab o‘tish mumkin. Bunda o‘qituvchi qo‘ygan bahosini
adolat mezoni asosida asoslab bera olishi ko‘zda tutiladi. Tarix kurslarini o‘zaro bog‘lab
Do'stlaringiz bilan baham: |