МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
136
namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra uch darajaga, jumladan, debillik, imbesillik va idiotiyaga
ajratilib o‘rganilgan.
Debillik - oligofreniyaning eng yengil darajasi bo‘lib, ushbu tashxisli bolalarda o‘z-
o‘zini boshqarish, namoyon qilishning ma’lum ko‘rinishlari shakllangan bo‘ladi. Ularda
mantiqiy fikrlash, voqea-hodisalar o‘rtasidagi bog‘iqliklarni farqlashning yetishmasligi,
xotiraning sustligi, diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar kuzatiladi. Odatda bunday bolalar
aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida o‘qishga jalb etiladi.
Bugungi kunda inklyuziv ta’limning keng joriy etilayotganligi bois, yengil darajadagi aqli
zaif bolalarning umumta’lim maktablarida sog‘lom bolalar bilan bir qatorda ta’lim olishiga
doir amaliyot ham kuzatilmoqda.
Imbesillik aqli zaiflikning debil darajasiga nisbatan birmuncha og‘irroq darajasidir.
Imbesillik darajasidagi oligofreniyaning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: narsa va
buyumlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni umumlashtira olmaslik, oddiy tushunchalarni anglay
olmasligi bilan ajralib turadi. Imbesil bolalarning mantiqiy fikrlashi past darajada bo‘ladi,
ular o‘ziga qaratilgan murojaatlarni ham tushunmasligi, ilg‘amasligi mumkin.
Idiotlik oligofreniyaning eng og‘ir darajasi bo‘lib, ularning fikrlashi, idroki
rivojlanmagan bo‘ladi. Atrof-muhitda mo‘ljal ololmasligi, kishilar bilan mos munosabatga
kirisha olmasligi bilan o‘ta ehtiyojmand, ular hatto o‘z shaxsini ham farqlamaydi[8].
Shunday qilib, aqli zaiflikning klinik-psixologik ko‘rinishida asosiy buzilish bilish
faoliyatining yaqqol yetishmasligi xisoblanadi. U ongning pastligi, umumlashtirish
jarayonining shakllanmaganligi, psixik jarayonning turg‘un bo‘lmaganligi, xotiraning
yetarli rivojlanmaganligi, diqqat va boshqa qator psixologik jarayonlarning me’yordan
chetga chiqishi bilan tavsiflanadi.
Oligofreniyada bilish faoliyatining rivojlanmaganligi, mantiqiy fikrlashning sustligi,
psixik jarayonlar sur’atining sekinlashganligi, idrokning yetishmasligi, motorika, diqqat,
nutqning rivojlanmaganligi, hissiy doiraning, shaxsning shakllanmaganligi bilan bog‘liq.
Mantiqiy fikrlashning rivojlanmaganligi, avvalo umumlashtirish qobiliyatining zaifligi,
har qanday hodisaning ma’nosini tushunishdagi qiyinchiliklardan kelib chiqadi. Bunday
bolalarda predmet – amaliy fikrlash ham cheklangan xarakterga egadir. Masalan, daftarni
ol va menga ber deb murojaat qilinsa, bola pedagogning ko‘ziga qarab turadi, nimani olish
kerakligini o‘ylamasdan, pedagog nimaga qarayapti, deya fikrlashi yoki hoxlagan narsani
o‘ylab ham ko‘rmasdan olib berishi mumkin. Predmetlar va borliqni taqqoslash faqat tashqi
belgilar asosidagina amalga oshiriladi[9].
Bilish faoliyatining oliy shakllarining rivojlanmaganligi nutqning shakllanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutqning rivojlanmaganligi darajasi ko‘pincha intellektual nuqson
darajasiga bog‘liq bo‘ladi. So‘zlarning mazmunini tushunishda qiyinchiliklar kuzatiladi.
Aniq sharoitga bog‘liq bo‘lmagan so‘zlarni tushunmaydilar yoki qisman, qiyinchilik bilan
tushunadilar. So‘z boyligiga nisbatan tavsiflansa, ayniqsa, faol lug‘at cheklangan, jumlalar
kambag‘al bo‘lib, bog‘lovchi, aniqlovchilar kam ishlatiladi. Nutqning grammatik tuzilishi
buzilgan bo‘lib, gaplarda so‘zlarni tartibsiz qo‘llaydi. Talaffuzda kamchiliklar ko‘p uchraydi.
Ayniqsa mazkur bolalarning so‘lak bezlarini boshqarish sustligi sezilib turadi. Muntazam
og‘izda suyuqlikning mavjudligi tovushlarni talaffuz qilishga to‘sqinlik qiladi.
Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda yangi o‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. /Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., № 06/22/60/0082.
2. Пулатова Х.М. Активизaция речевой деятельности детей дошкольного возраста с обшим недоразви
-
тием речи. Автореферат дисс. канд. псих. наук. - Санкт Петербург, 1994. - С. 22.
3. Шомахмудова Р.Ш. Система коррекционно-педагогической работы по развитию русской речи
умственно отсталых учащихся 2-3-классов: автореф.дисс.канд.пед.наук.-М.:1991. -Б. 16.
4. Т.Б.Епифанцев и др. Настольная книга педагога-дефектолога. Ростов на Дону. “Феникс”, 2006 йил.
557 б. -Б. 7.
Do'stlaringiz bilan baham: |