Harakatlar strategiyasi 2017–2021 Inson manfaatlarini ta’minlash va mahalla taraqqiyoti yili


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ



Download 2,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet123/160
Sana22.07.2022
Hajmi2,82 Kb.
#837272
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   160
Bog'liq
Muallim ham uzluksiz bilim

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
129
innovatsion faoliyati tuzilishini yaxshi anglashi zarur (1-rasm). Ma’lumki, innovatsion 
faoliyat ma’lum doiradagi vazifalarni yechishni bilish bilangina emas, balki tashqi vazifalarni 
izlash va hal etishga motivatsion tayyorlikning mavjudligi bilan ham bog‘liq. Motivatsion 
tayyorlik, pedagogik innovatsiyalarga sezgirlik muammosi o‘qituvchini tayyorlashda 
asosiy o‘rin egallaydi, chunki faqatgina innovatsion faoliyat maqsadlariga to‘g‘ri keladigan 
motivatsiya, mazkur faoliyatni uyg‘un amalga oshirish pedagog shaxsining o‘z-o‘zini 
namoyon etishini ta’minlaydi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati sanab o‘tilgan motivlardan birining yaqqol 
ustunligida izchil ravishda quyidagicha quriladi: innovatsiyalarni joriy etishning muayyan 
elementlari uchun moddiy mukofotlash bilan bog‘liq tashqi rag‘batlar; o‘qituvchining o‘z-
o‘zini mustahkamlash motivlari (atrofdagilarning tashqi ijobiy baholashlari orqali o‘z-o‘zini 
mustahkamlash); kasbiy motiv; shaxsiy o‘z-o‘zini amalga oshirish motivlari. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyatida kreativlik muhim tavsif hisoblanadi. Milliy 
psixologiyada kreativlik ijtimoiy ahamiyatli ijodiy faollikni namoyon etish qobiliyatiga 
bog‘liq bo‘lgan ijodkorlik, insonning ijodiy imkoniyatlari, inson individumining ma’lum 
alohida xususiyati sifatida (barqaror xususiyat) qaraladi. 
Innovatsion faoliyatning texnologik komponenti refleksiv xususiyatga ega bo‘lib, 
ta’lim oluvchilar jamoasi fikri va harakatini hamda o‘z faoliyatini anglash, o‘z-o‘zini 
tahlil qilish, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini tushunish va talqin qilish faoliyatini yoritadi. 
N.V.Kuzmina tomonidan ishlab chiqilgan pedagog faoliyatining funktsional modelida 
pedagog reflektsiyasi gnostik komponentga kiritilgan.
Pedagog maqsadga yo‘naltirilgan yangi axborotlarni qidiradi, mualliflik maktabini 
yaratadi, pedagog tajribasini bajonidil boshqalar bilan baham ko‘radi. Bunday pedagoglar 
faoliyatida muhim rolni sezgi, innovatsion tasavvur, improvizatsiya egallaydi. O‘zgarishlarga 
sezgirlik dinamikasi tabiatshunoslik darslarida talaba yangiliklarni idrok etishining o‘ziga 
xosligini ham belgilaydi. Barcha pedagoglar ham yangiliklarga bir xilda munosabatda 
bo‘lmasligi va bir vaqtda qabul qilmasligi hammaga ayon.
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi bo‘yicha talabalarda innovatsion faoliyat 
shakllanganligini to‘rt daraja bo‘yicha baholash mumkin (1-rasm).
Bo‘lajak o‘qituvchilarni tabiatshunoslik fanidan innovatsion kasbiy faoliyatga 
mustaqil, ijodiy, amaliy tayyorlash muammosi har doim psixologiya va pedagogika sohasi 
tadqiqotchilarining diqqat markazida bo‘lgan. Ta’lim sohasidagi sifat o‘zgarishlari va yuqori 
samaradorlik ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning o‘zlashtirgan 
kompetentsiyalarini kelgusi mehnat faoliyatida amaliyotga tatbiq qilish darajasi bilan 
bog‘liq. 
Tabiatshunoslik darslarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi innovatsion faoliyatining 
asosiy xususiyati boshlang‘ich sinf o‘quvchisi shaxsini shakllantirishning boshlang‘ich 
davrda amalga oshirilishi, atrof-olamni ilmiy bilishning dastlabki ko‘nikma va malakalarini 
shakllantirish va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining turli ijtimoiy munosabatlarga kirishlari 
bilan bog‘liqligi hisoblanadi. Mazkur yaxlit jarayonni tabiatshunoslik darslarida tizimli 
tashkil etishda markaziy o‘rinni boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi – ta’lim va tarbiya mazmuni 
tashuvchisi, o‘quvchi bilish faoliyati, shaxsining har tomonlama shakllanishi va rivojlanishi 
tashkilotchisi egallaydi. 
Tabiatshunoslik darslaridagi innovatsion faoliyat jarayonida boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisi o‘quvchisining yosh va individual xususiyatlari bilan bog‘liq muammolarni 
hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu tabiatshunoslik darslarida qo‘llaniladigan innovatsiyalar 
xususiyati va mazmunida ifodalanadi. Ular mazmuni va ifoda shakli bo‘yicha ko‘p qirrali 
bo‘lib, quyidagi belgilari asosida tasniflash qabul qilingan: faoliyat turlari bo‘yicha: 
pedagogik, boshqaruv; kiritiladigan o‘zgarishlar xususiyatiga ko‘ra, radikal, aralash, 
modifikatsion; kiritiladigan o‘zgarishlar miqyosi bo‘yicha: lokal, modulli, tizimli; 



Download 2,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish