Harakatlar strategiyasi 2017–2021 Inson manfaatlarini ta’minlash va mahalla taraqqiyoti yili



Download 2,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet109/160
Sana22.07.2022
Hajmi2,82 Kb.
#837272
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   160
Bog'liq
Muallim ham uzluksiz bilim

Abdullayeva N.A.
Andijon davlat universiteti, “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi
GEOMETRIK MAZMUNDAGI MASALALARNI KICHIK YOSHIDAGI 
MAKTAB O’QUVCHILARINING GEOMETRIK BILIMLARINI 
OSHIRISHDAGI O’RNI
Tayanch so’zlar: 
geometrik figura, modil, tekis figura, figuralar xossalari, mustaqil ish, fazoviy 
tasavvur, munosabat, geometrik atamalar,simmetrik figura, simmetriya o’qi, figuraning yuzi.
Ключевые слова: 
Геометрическая фигура, модель, плоская фигура, свойства фигур, само
-
стоятельная работа, пространственное воображение, отношение, геометрические члены, симме
-
тричная фигура, ось симметрии, грань фигуры.
Key words: 
Geometric figure, model, flat figure, properties of figures, independent work, spatial 
imagination, relation, geometric terms, symmetric figure, axis of symmetry, face of the figure.
Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan geometrik material umumiy o’rta maktab 
matematika kursining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuning uchun bu sinflarda geometrik 
materialning mazmunini aniqlashda o’quvchilarda faqat geometrik tasavvurlar zahirasini 
hosil qilish, ular tomonidan geometrik terminlarni o’zlashtirishgagina emas, balki mantiqiy 
fikrlash qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham katta e’tibor beriladi. Demak, boshlang’ich 
matematika kursida o’rganiladigan geometrik material tekis figuralarni o’rganish, ularning 
elementlarini ajratish va tahlil etish, ular asosida figuralar xossalarini o’rganish sifatida 
tavsiflanishi mumkin.
Maktablarda olib borilgan kuzatishlar natijasi boshlang’ich sinflarda geometrik 
materialni o’rganishda ko’p hollarda hikoya qilib berish va suhbat metodlaridan foydalanilib, 


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
112
o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishga yetarli e’tibor bermasligi natijasida 
ularning geometrik figuralar va uning elementlari haqidagi tasavvurlari mustahkam 
emasligini ko’rsatmoqda.
Boshlang’ich sinflar o’qituvchisi tomonidan doimiy va tizimli ravishda olib 
boriladigan o’quv ishlari o’quvchilarni modellar bilan ishlashga o’rgatish, geometrik 
figuralarni qirqish, qirqilgan bo’laklardan yangi figuralar yasash kabi amaliy ishlar 
ularning bu figuralar xossalarini ongli o’rganishi uchun asos bo’ladi. Shuni aytish lozimki, 
boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rganishda o’quvchilarning mustaqil 
ishlarini tashkil etish ularning geometrik materialni ongli va mustahkam o’rganishi 
uchun asos yaratadi va buning natijasida ta’lim jarayonida sezilarli ijobiy natijalarga olib 
keladi. Bu jarayonda mustaqil ishlarni shunday tashkil etish lozimki, natijada o’quvchilar 
o’rganilayotgan ob’ektlarga aktiv ta’sir o’tkazib, mustaqil holda o’rganilayotgan figuralar 
xossalarini keltirib chiqishlari uchun asos yaratish kerak bo’ladi.
Umumiy o’rta maktabda matematikadan o’tkaziladigan mustaqil ishlarning aksariyati 
o’quvchilarga ilgari ma’lum qilingan bilimlarni mashq qildirish yoki kuzatish uchun 
mo’ljallangandir. Bu esa boshlang’ich sinf matematika kursida berilgan geometriya 
elementlariga e’tibor bilan qarash kerakligini ko’rsatadi.
Lekin boshlang’ich sinflar matematika kursida geometriya elementlari bo’yicha 
yangi materialni o’rganishda mustaqil ishlarni tashkil etish o’quvchilarning individual 
xususiyatlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan ta’limni amalga oshirish uchun 
sharoit yaratadi. Buning natijada har bir o’quvchi mukammal geometrik tasavvurga ega 
bo’lishi bilan bir qatorda, ularning mantiqiy qobiliyatlarini o’stirishga erishiladi. 
Tizimli ravishda masalalar yechib borish, nazariyani ongli va puxta o’zlashtirishga 
yordam beradi, uning amaliy qiymatini ko’rsatadi, shu bilan birga geometrik masala 
yechish o’quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, ijodiy tashabbusini, fahm-farosatlarini 
tarbiyalaydi va ularga qancha zarur amaliy malaka va ko’nikma beradi.
Shu o’rinda o’quvchining mustaqil ishlari ham juda muhin hisoblanadi. Uyga 
beriladigan har bir misol va masala o’qituvchi tomonidan tanlab olingan hamda yaxshi 
o’rganilgan bo’lishi kerak. Masala va misol tanlashda o’rta darajadagi o’quvchilarni 
nazarda tutish, juda oson ham juda ham qiyin masalalarni olmay, ko’pchilik uchun 
o’rtacha qiyinlikdagi masalalarni tanlash zarur. Agar barcha o’quvchilar uchun murakkab 
bo’lgan geometrik masalalar berilsa o’quvchilar ishlay olmaydi, bu bilan ularning masala 
yechishga bo’lgan qiziqishlari so’nib boradi, uy ishlarini bajarishga xohish va motivatsiya 
yo’qoladi. 
Geometrik masalalarni yechishga kirishish- bu kichik yoshdagi o’quvchilarni fazoviy 
tasavvurlarini rivojlantirish, ba’zi bir geometrik figuralar xossalari bilan tanishtirish, 
amaliy uquvlarni shakllantirish, figuralarni yasash bilan bog’lash va geometrik 
kattaliklarni o’lchashdir. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarni abstrakt tafakkurlarini 
rivojlantirish aqliy amallarni shakllantirish geometrik materialni o’rganish muhim 
masalasidir. Boshlang’ich matematika kursidagi geometrik figuralar haqida fazoviy 
tasavvurlar, geometrik figuralarni chizmachilik va o’lchash asboblari yordamida va bu 
asboblarning yordamisiz o’lchash va yasashlarning, ya’ni ko’zda chamalash, qo’lda 
chizish kabi amaliy mashqlar orqali malakalari tarkib toptiriladi, o’quvchilarning nutq 
va fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi. Ma’lumki, boshlang’ich sinflarda geometrik 
tushunchalarning ta’riflarini kiritish haqida so’z ham bo’lishi kerak emas. Lekin kichik 
maktab yoshidagi o’quvchilarning geometrik tasavvurlari zahirasi qancha boy bo’lsa, 
ular tomonidan geometrik bilimlarni o’zlashtirish, keyingi sinflarda ular tasavvurlarini 
rivojlantirish shuncha sifatli bo’ladi. Murakkabroq tekis shakllardan geometrik figuralarni 



Download 2,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish