МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
115
ularni bo’yashi, boshqa geometrik figuralar ichida ko’pburchaklarni ajratishga doir
mashqlarni bajarishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Geometrik mazmundagi masalalarni bajarish natijasida o’quvchilar ko’pburchaklar
elementlarini to’g’ri ko’rsatishi, ya’ni ko’pburchakning uchi (nuqtalarni ko’rsatishi),
ko’pburchakning tomoni (kesmalarni ko’rsatishi), ko’pburchakning burchaklarini anglab
yetadilar.
Geometrik mazmundagi masalalar esa, o’quvchilar tomonidan “ixtiyoriy to’g’ri
to’rtburchak- to’rtburchakdir, ixtiyoriy kvadrat- to’g’ri to’rtbuchakdir” ekanligini
anglashiga xizmat qiladi. [2,96]
Ko’pburchaklar modellaridan foydalanib, figuralarni qismlarga ajratish va bu
qismlardan yangi figuralar tuzishga doir masalalarni yechish mumkin. Shuni ta’kidlash
lozimki, figuralarni qismlarga ajratish bilan o’quvchilar birinchi marta kesmani bo’lish
misolida tanishadilar. Ular, masalan, kesmada biror nuqta belgilangan bo’lsa, bu nuqta
berilgan kesmani ikkita kesmaga ajratishini bilishadi. Shuning uchun ham ko’pburchaklarni
qismlarga ajratish o’quvchilar uchun qiyinlik tug’dirmaydi. Figuralarni qismlarga bo’lish
va hosil qilingan qismlarda yangi figura yasashga doir mashqlar o’quvchilarda, bir
tomondan, birlikning ulushi tushunchasini kiritishga yordam bersa, ikkinchi tomondan,
“figuraning yuzi” tushunchasini kiritishda muhim o’rin tutadi.
Adabiyotlar:
1. Пишкало A.М.I-IV синфларда ГЕОМЕТРИЯ “Ўқитувчи” нашриёти Тошкент -1990
2. Ahmedov M., Abdurahmonova N., Jumaev M.E. Birinchi sinf matematika darsligi (Metodik qo‘llanma.)—
T:. «Arnoprint» 2006-yil., 140 bet
3. Bikbayeva N.U., Yangibayeva E., Matematika 3-sinfi uchun darslik Toshkent “O’qituvchi” 2018
4. Bikbayeva N.U, Sidelnikova R.I., Adambekova G.A. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi.
(O‘rta maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.) — T:. «O‘qituvchi» 1996-yil.
5. Jumaev M.E. va boshq. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (Oliy o‘quv yurti talabalari
uchun darslik) — T:. «Fan va texnologiya», 2005-yil.
6. Jumaev M.E. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. (Pedagogik
yo‘naloshidagi kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma) — T:. «Ilm Ziyo», 2005-yil.
7. Jumaev M.E. va boshq. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakul’tativ mashg‘ulotlarni tashkil etish.
(Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun metodik qo‘llanma ) — T:. «TDPU», 2006-yil.
РЕЗЮМЕ
Ushbu maqoladaboshlang’ich matematika kursida beriladigan geometrik mazmundagi masalalar kichik
yoshidagi maktab o’quvchilarining fazoviy tasavvurlarini shakllanritishdagi o’rni muhimligi ham nazariy ham
amaliy yoritilgan. Geometrik mazmundagi masalalarni o’rganishning asosiy maqsadi geometrik figuralar haqida
ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementdari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi
xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la tizimini tarkib toptirishdan iborat ekanligi haqidagi fikrlar bildirilgan.
РЕЗЮМЕ
В данной статье рассматривается значение геометрических задач по элементарной математике как в
теоретическом, так и в практическом плане в формировании пространственного воображения младших
школьников. Основной целью изучения геометрических задач является формирование целостной системы
представлений о геометрических фигурах, об их элементах, об отношениях между фигурами и их элемен
-
тами, о некоторых их свойствах.
SUMMARY
This article discusses the importance of geometric problems in elementary mathematics, both theoretically and
practically, in shaping the spatial imagination of young schoolchildren. The main purpose of the study of geometric
problems is to form a complete system of ideas about geometric figures, about their elements, about the relationship
between figures and their elements, about some of their properties.
Do'stlaringiz bilan baham: |