podshoh qarorgohga kirib kelganida bir dam gangidi. Sirasini
aytganda, u
– jurʼat, oʻktamlik bilan yurtni qoʻlida itoatli tutsada, yosh
juvon (kechagi qizaloq) edi
” yoki Sayyid ibn Usmon haqidagi: “U ayolmi,
erkakmi oʻzidan aqlliroq kishi oldida doim bir nima deyishga qurbi
yetmay, sarosimalanardi
”, singari qisqa tasvirlar yordamida har bir
timsolning ichki dunyosini koʻrsatishga erishadi. Koʻngil mayli, visol ishtiyoqi
bois, biri olis sahrodan Buxoro tomon, ikkinchisi Buxorodan sahro sari ot
surib, bir-
biriga yetay deb qolganda, koʻngil mayli bois ortga qaytgan Sayyid
va Oynur holatlari tasviri taʼsirli chiqqan. Shuningdek, yozuvchi badiiy
adabiyotda ilk bor Buxorodagi turkiylar bilan forsiylar munosabatidagi nozik
jihatlarning ildizi borasida ishonarli toʻxtamlarga keladi.
Ayni vaqtda, “Xotin podshoh” asarida usluban badiiy yaratiqdan koʻra
maʼrifiy yoʻnalishdagi tadqiqotga oʻxshab qolgan oʻrinlar borligini taʼkidlash
kerak. Asarda keragicha rivojlantirilmagan badiiy topilmalar,
yakunlanmagan taqdirlar borligi ham oʻqirmanda eʼtiroz uygʻotadi.
Jumaqul Qurbonovning “Sardoba” asari inqilobiy toʻntarish yillarida
Qashqadaryo choʻllarida yashagan kishilar hayotini aks ettirishga
bagʻishlangan. Romanning koʻp oʻrinlari katta harorat bilan yozilgan. Muallif
tasvir qamrovini keng oladi. Asarda tasvirlangan bir necha taqdirlarni
tutashtiruvchi umumiy nuqtalar topishda rivoyat va afsonalardan oʻrinli
foydalanilgan.
Zulfiya Qurolboy qizining gʻoyat qiziqarli syujet va shirali tilga ega
“Mashaqqatlar girdobi” romanida asosan shiddatli voqealar tasviriga
intilingani uchun ham timsollarning ruhiyati, ularning individual qiyofasini
aks ettirish borasida kutilgan samaraga erishilmagan. Asarda
qahramonlarning koʻngil holatlari, ruhiy kechinmalaridan koʻra, ular
kechirgan sarguzashtalarni tasvirlashga koʻproq eʼtibor qaratilgan. Garchi,
asardagi deyarli barcha tasvirlarda mantiqiy izchillik, sabab-oqibat
bogʻliqliklari boʻlishiga erishilgan esada, alohida shaxsning individual
dunyosiga kirishga yetarlicha eʼtibor qilinmagani uchun voqealarning xayrli
oqibati borasidagi axborotni taʼkidlash ustuvorlik qilgan. Ayni shu holat
ravon tilda, juda savodli yozilgan asarning yetarlicha salmoqli estetik yukka
ega boʻlmasligiga olib kelgan.
Nurilla Abbosxonning “Shoʻrqishloq” romani fojiaviy ruh va yumoristik
ohang uygʻunlashgani bilan eʼtiborni tortadi. Qahramonlar tabiati va taqdiri
barcha anʼanaviy romanlardagi kabi toʻligʻicha ijtimoiy muhitning oqibati
sifatida qaralgan bu asarda bir qishloq ahlining keyingi yuz yillik turmushini
tasvirlash orqali millat maʼnaviyati va axloqida yuz bergan evrilishlarning
sabab va omillarini koʻrsatishga urinilgan. Asarda obrazlar tabiatini yaxshi
ochi
lgan oʻrinlar bor. Chunonchi, Sotimboy traktorchi, xotini Orifa, oʻgʻli
Malik munosabatlari ishonarli tasvirlangan. Yozuvchi personajning asl
mohiyatini ochishda baʼzan yumordan oʻrinli foydalangan. Garchi, bir oz
oshirib yuborilgan boʻlsada, Salim kaptarbozning afgʻonlar qoʻliga tushib
qolgandagi holati ham oʻziga xos tasvirlangan. Erining boshqa ayolga
uylanganini bilgach ham uning yuziga chopmagan mushfiq Oyxon, haqiqiy
hayotda emas, balki oʻzining telba-teskari oʻylari ogʻushida yashaydigan
noshud Oktyabr timsollari ham esda qolarli chizilgan.
Oʻz holicha qiziqarli va ayrim obrazlar ancha tabiiy aks ettirilgan ushbu
romanning asosiy kamchiligi barcha timsollarning muallif yetovida yurishida
namoyon boʻladi. Ular oʻz tabiatlaridan kelib chiqib yashamaydi, balki
koʻproq muallif bergan rollarni “oʻynaydi”. Asarda voqea, harakat,
chopachop koʻp, oʻy, ruhiyat tasviri esa juda kam. Eng achinarlisi, asar tilida
shira, joziba, individuallik yoʻq. Muallif qahramonlaridagi har bir jihatning
ijtimoiy asosini koʻrsatishga urinadi. Bosh qahramonlar yashagan oiladagi
bemehrlik ildizlarini: “Yoqub, Shokir va Nasiba hovlini boshiga koʻtarib,
Do'stlaringiz bilan baham: |