Har qanday gerbni oʼrganishga kirishar ekanmiz, uning qaysi turga mansubligi haqidagi savol tugʼiladi. Gerblarning tipologiyasi haqidagi masala ilk geralьdik tadqiqotlardayoq koʼndalang boʼlgan edi



Download 15,01 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi15,01 Kb.
#283844
Bog'liq
gerblarning turlari


Har qanday gerbni oʼrganishga kirishar ekanmiz, uning qaysi turga mansubligi haqidagi savol tugʼiladi. Gerblarning tipologiyasi haqidagi masala ilk geralьdik tadqiqotlardayoq koʼndalang boʼlgan edi. Dastlabki davrlarda gerblar tipologiyasi soddaroq boʼlgan, gerbshunoslikda maʼlumotlarning koʼpayishi bilan baʼzi gerblar tipologiyasini birlashtirishga boʼlgan intilish uni murakkablashtirib bordi.

Gerblarni turlarga ajratish masalasiga turli nuqtai – nazardan yondashish mumkin. Masalan, gerblarni kimga mansubligiga qarab turlarga ajratish mumkin. Bu jihatdan gerblarni shaxsiy gerblar, korporativ gerblar, hududiy gerblarga ajratish mumkin.

Shaxsiy gerblarning eng qadimiylari ritsarlarning va zodagon tabaqa vakillarining gerblaridir. Vaqt oʼtishi bilan bu shaxsiy gerblar sulolalar gerbiga aylandi. Yuqori tabaqa vakillarining shaxsiy gerblari (gertsoglar, qirollar) keyinchalik davlat gerbiga aylanib borgan.

Shaxsiy gerblar meros qoldirilgan, ammo bir vaqtning oʼzida ikki kishi bir xil gerbga egalik qila olmagan. Shu tufayli oʼgʼillarning gerblari bir-biridan farq qilishi lozim boʼlgan. Buning uchun turli belgilar kiritilgan va ular qalqonning tepa qismida joylashtirilgan: eng katta oʼgʼil - uchta tarmoqli ensiz chiziqdan iborat belgi, ikkinchi oʼgʼil - yarimoy, uchinchi oʼgʼil – besh qirrali yulduz va h.k.

Noqonuniy farzandlar ham oʼz shaxsiy gerbiga ega boʼlishi mumkin boʼlgan. Faqat bu holatda ham gerbga oʼziga xos maxsus belgilar tushirilgan.

Feodal senьor sifatida ruhoniylarning gerblari ham shaxsiy gerblarga misol boʼladi. Ruhoniylar gerbiga uning shaxsiy dunyoviy gerbi asos boʼlgan. Ruhoniylarning toʼliq gerbida dubulgʼa oʼrniga ruhoniylarning bosh kiyimi – mitra, klirikning bosh kiyimi, ularning yonboshida namyot oʼrniga esa shokilali bogʼichlar joylashtirilgan. Bu soʼnggi elementlar Italiyada XIV asrda paydo boʼldi, XV asrdan esa keng qoʼllanila boshlandi. Dastlab ular qizil va qora rangda boʼlgan, qizil rang kardinallar gerbida ishlatilgan. Keyinchalik bogʼichlar yepiskoplar va arxiepiskoplar gerbida yashil rangda, pastroq mansabdagi ruhoniylar gerbida qora rangda tasvirlana boshlangan.

Oʼrta asrlarda ayollar ham oʼzining feodal erkinlik va mustaqillik huquqiga qarab, oʼz gerbiga egalik qilishi mumkin boʼlgan. Masalan, Аnna Bretonskaya gertsoginya sifatida bunga toʼla haqli edi. Turmushga chiqqunga qadar ayollar, odatda, oʼz otalari gerbining tasviridan foydalanishgan. Koʼp hollarda ularning qalqon romb shaklida boʼlgan va gerb dubulgʼasiz tasvirlangan. Burgundiyada turmushga chiqmagan ayollarning gerbida qalqon ikki qismga ajratilgan, uning bir qismida sulola gerbi aks etgan, ikkinchi qismi esa kelajakda turmush oʼrtogʼining gerbini joylashtirish uchun boʼsh qoldirilgan. Baʼzan nikohdan soʼng ayollar gerbining chap qismi erkaklar gerbining oʼng qismi bilan birlashtirilgan. Buning iloji boʼlmagan holatlarda boshqacha usullardan foydalanilgan.

Masalan, ayollarning gerbi turmush oʼrtogʼining gerbi markazida kichik qalqonda tasvirlangan.

Shaxsiy gerblardan soʼng korporativ gerblar ham keng tarqalgan. Qator xususiyatlarga koʼra ular shahar gerbiga yaqin turadi. Shu bilan bir qatorda korporativ gerblarni shaxsiy gerblar bilan taqqoslash mumkin.

Korporativ gerblarga hunarmandlar sexlarining, savdogarlar gilьdiyalarining, harbiy ordenlarning, konfessiyalarning (alohida monastirlar, birodarliklar), universitetlarning gerblari kiradi. Hunarmandlar sexlarining gerblarida ularning mashgʼuloti bilan bogʼliq timsollar (ish qurollari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va h.k.) bilan bir qatorda ularning kasbiga homiylik qiluvchi avliyolar tasviri ham berilgan.

Universitetlar koʼp hollarda ularga asos solgan shaxslarning gerbidan foydalanishgan. Masalan, Аngliyadagi Iton kolledji 1449 yilda oʼzining asoschisi boʼlgan qirol Genrix VI (1421-1471) ning gerbini qabul qilib olgan.

Ural harbiy – tarixiy fanlar Аkademiyasining gerbi.

Gerb turlari ichida vaqtinchalik gerblarni ham alohida koʼrsatib oʼtish lozim. Ularga nikoh gerblari, siyosiy ittifoqlarning gerblari kabilar misol boʼladi.

Nazorat topshiriqlari:

1. Gerblarni qanday turlarga ajratish mumkin?

2. Har bir gerb turining alohida xususiyatlariga taʼrif bering.

3. Qanday universitetlar gerblarini bilasiz?

2-asosiy savol: Hududiy gerblar va davlat gerblari.

2-savol boʼyicha dars maqsadi: Hududiy va davlat gerblarining oʼziga xos xususiyatlari haqida maʼlumot berish.

2-savolning bayoni:

Hududiy gerblarga davlat gerblari, shahar gerblari, alohida tarixiy viloyatlarning gerblari kabilar kiradi. Bu guruhga kiradigan gerblar shaxsiy gerblardan faqatgina hududiy shakliga koʼra emas, gerb tasvirlarining alohida mohiyatiga koʼra ham farq qiladi.

Shahar geralьdikasi zodagonlar geralьdikasining odatlari va shakllarini qabul qilgan holda, ularni yangi mazmun bilan boyitdi. Shahar oʼz gerbidan foydalanadimi yoki senьor gerbidan, qatʼiy nazar, uning ortida shahar jamoasi, mazkur manzilgohning teng huquqli aholisi turar edi. Shahar gerblarining kelib chiqishi yagona manbaga ega emas, ammo barcha shaharlarning oʼz gerbiga ega boʼlishga intilishini taʼkidlab oʼtish lozim. Senьorlar hududida paydo boʼlgan baʼzi shaharlar oʼz gerbi sifatida uning gerbini, toʼliq yoki qisman, qabul qilganlar. Baʼzan esa senʼor tobeʼligidan ozodlik ramzi sifatida shaharlar gerbida qirol gerbining geralьdik shakllari aks ettirilgan.

Shahar gerblari orasida ham baʼzi guruhlarni ajratib koʼrsatish mumkin. Ular tasviriy vositalarning alohida xususiyatlari bilan ham, bu xususiyatlarni keltirib chiqargan shahar markazlarining xarakteri bilan ham bogʼliq. Masalan, shahar – portlarning gerblari. Bunday gerblarda koʼp hollarda ramziy maʼnoda dengiz savdosi bilan bogʼliq boʼlgan shaharlarning boyligi, qudrati manbai boʼlgan umumiy xususiyatlar aks etgan. Lissabon, Parij, ganza shaharlari gerblari bunga misoldir.

Shahar gerblarining boshqa turi – shahar devorlari aks etgan gerblar. Bu shahar mustaqilligining ramzi boʼlgan. Oʼrta asrlarda koʼpgina shaharlar oʼz gerbiga ega boʼlgan. Venetsiya gerbida qanotli sher, London gerbida but va qilich, Moskva gerbida chavandoz rasmi, Samarqandnikida (Temur) uch xalqa tasvirlangan.

Bugungi kunda ham shaharlar gerblari keng tarqalgan. Quyidagi Samarqand va Sankt Peterburg shaharlarining amaldagi gerblari bunga misol boʼladi.

Yevropa davlat gerblarining barchasiga hukmron sulolalarning gerblari asos boʼlgan. Masalan, Аngliya gerbiga 1154-1399 yillarda hukmronlik qilgan Plantagenatlar sulolasining gerbi, Daniya gerbiga qirol Knuda VI Valьdemarsson gerbi, Belьgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg gerbiga Burgund gertsoglarining qadimgi emblemasi asos boʼlgan. Zamonaviy Yevropa davlatlari gerbining koʼpchiligida bugungi kunda ham hokimiyat va davlatchilikning anʼanaviy ramzlari boʼlgan sher va burgut tasviri uchraydi.

Bugungi kundagi davlat gerblariga nazar tashlaydigan boʼlsak, koʼpchilik mamlakatlarda yuz yillar oldin vujudga kelgan milliy va davlat ramzlari davrlar silsilasiga qaramay, oʼzgarishsiz qolganligini koʼrish mumkin. Bu esa davrlar oʼrtasidagi uzviy bogʼliqlik, millatlarning mustahkam tarixiy xotirasi va anʼanalarga sodiqlikdan darak beradi.

Shu oʼrinda geralьdika bilan bevosita aloqador boʼlgan bayroqlar haqida ham maʼlumot berib oʼtishni lozim topdik. Bayroqni oʼrganuvchi fan veksillografiya deb ataladi. Koʼp xususiyatlar bayroqlarni gerblar bilan bogʼlab turadi. Koʼp hollarda bayroqlar gerb tasvirini berishning bir vositasi boʼlgan. Аmmo gerb va bayroqlarni bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlar mavjud.



Bayroqlarning ilk koʼrinishlari uzun yogʼochning yuqori qismida oʼrnatilgan turli shakllardan iborat harbiy belgilar boʼlib, ular baʼzan turli rangdagi tasmalar bilan bezatilgan. Bunday belgilardan qadimgi davrlardayoq foydalanib kelingan. Ularning qadimgi Misr va Ossuriyadagi relьeflarda saqlanib qolgan tasvirlari maʼlum. Bunday belgilar sarkardalarga jangni boshqarishda yordam bergan: ular istalgan vaqtda bunday belgiga qarab u yoki bu harbiy qismning qaerda joylashganini aniqlay olgan.

Qadimgi Rimda bunday belgi sifatida turli rangdagi mato parchalaridan foydalanishgan. Rimliklar ularni «veksillyum» deb atashgan. «Veksillyum» lar hozirgi bayroqlarning ajdodlari boʼlgan deyish mumkin.
Download 15,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish