Haqni sevgan ong sohibi



Download 23,83 Kb.
bet2/3
Sana25.01.2022
Hajmi23,83 Kb.
#408556
1   2   3
Bog'liq
Haqni sevgan ong sohibi(1)

Аннотация: В статье рассказывается о жизни Абу Насра аль-Фараби, яркого представителя «Возрождения» на Ближнем Востоке в средние века, о невиданном вдохновении современных ученых, о великом гении Востока, его вкладе в развитие наука, восточная интерпретация древнегреческой философии, информация о. Ключевые слова: Абу Наср аль-Фараби, философия, логика, Восток, Возрождение, Аристотель, Платон, античная философия, аль-Фараб.

Abu Nasr Farobiy (to’liq ismi – Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn O’zlug’ al-Farobiy at-Turkiy) [1] – o’rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Farob) shahrida 873-yilda tug’ildi [2]. Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o’qidi, Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o’rganish bilan shug’ullandi. Umrining so’nggi yillarida Damashqda yashadi. 950-yilda vafot etdi. Manbalarda yozilishicha, Farobiy dastlab qozilik qilgan. Lekin keyinchalik haqiqatni izlab topish umidida davlat ishlari va qisman mudarrislik bilan mashg’ul bo’ladi. Bir kuni yaqin kishilaridan biri Farobiyga bir qancha kitobni omonatga topshirib ketadi. Bu kitoblarning ichida Arastuning bir qancha asarlari ham bor edi. Farobiy bo’sh vaqtlarida ana shu asarlarni bir chekkadan o’qishga kirishadi. Aynan ana shu mutolaa uning qozilikni tashlashiga sabab bo’ladi. Bu tasodif Farobiyning taqdirida muhim o’rin tutadi va u buyuk olimlik maqomiga etishadi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Farobiy Arastuning “Tabiiy uyg’unlik” asarini 40 marta, “Ritorika” asarini 200 marta o’qib chiqqan. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U “Aql haqidagi risola”, “Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak”, “Falsafa manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi [3]. Farobiy asarlarida inson, inson tarbiyasi, jamiyat va davlat muammolarini aks ettirilgan. Erkin fikr yuritish, ya’ni hurfikrlilik g’oyalaridan ilhomlangan o’rta asr faylasufi: Abu Nasr Farobiy inson borlig’i, xususan, uning tanasi bilan joni jismi bilan uning insoniyligi, insoniyligi bilan u yashayotgan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, insonning insoniyligini namoyon qiluvchi fazilatlar, xislatlar va ularning shakllanish jarayoni muammolarini nazariy jihatdan ochib bеrishga harakat qildi. Farobiyning falsafaning tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan mantiqqa oid asarlari jumlasiga «Isaguvchi» (kirish), «Ma’qulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Taqqos), «Birinchi analitika», «Burxon» (Isbotlash-ikkinchi analitika), «Djadal» (Munozara «Dialektika»), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritorika), «She’r» (Poetika), «Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida» va «Shartli hukmlar» kabi kitoblarini kiritish mumkin. Qadimgi yunon falsafasining o’tkir bilimdoni Platon, Aristotеl, Zеnon, Epikur asarlarining mashhur targ’ibotchisi, “ikkinchi muallim”, “Sharq Aristotеli” [4] nomi bilan mashhur Abu Nasr Farobiy inson aqlining imkoniyatlari chеksiz ekanligini isbotladi. XIX asrda madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi vujudga kelgan bo‘lsa-da, aslida bu haqdagi dastlabki qarashlar Farobiy ijodiga mansub [5]. Farobiy insonlar jamiyatini ikki madaniy-tarixiy tiplarga ajratadi: – Yer yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat – Yerning muayyan qismida yashovchi bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o‘rta jamiyati – muayyan qavm yoki dinga mansub bir shahar jamiyatini qamrab oladi. Ikkinchisi bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo’lgan to’liqsiz jamiyat [6]. Farobiy yirik mantiqshunos olim sifatida ham nom chiqargan. Bu borada u yunon olimlarining ijobiy an’analarini davom ettirib, mantiq ilmining turli muammolariga oid bir qator risolalar ijod qilgan. O’rta asrlar fanining rivoj va taraqqiyotida Farobiyning ilmlar tasnifi bo’yicha olib borgan ilmiy-ijodiy ishlari g’oyatda qimmatlidir. U “Ilmlarning kelib chiqishi haqida”, “Ilmlar tasnifi haqida” va boshqa risolalarida o’sha davrda ma’lum bo’lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tartibi, tasnifi va tafsilotini beradi. Umuman, Farobiy ilmlarning beshta asosiy turkumini ko’rsatadi: 1. Til haqidagi ilm (grammatika, poetika, to’g’ri yozuv va boshqalar. Jami yettita bo’limdan iborat.) 2. Mantiq. Sakkiz bo’limdan iborat. 3. Matematika, yeti mustaqil ilm: arifmetika, geometriya, optika, sayyoralar, musiqa, og’irlik, mexanika. 4. Ilm at-tabiiy va ilm al-ilohiy-tabiiy va ilohiy ilmlar yoki metafizika. 5. Siyosat ilmi (ilmal-madaniy – shahar haqidagi ilm, shaharni boshqarish ilmi), yurisprudensiya (fiqh) va musulmon teologiyasi (kalom). “Fuqarolar bilan muloqot usullari va ularga ta’sir o’tkazish yo’llari soda va tushunarli bo’lmog’i lozim. Aks holda odamlar hukmdorni tushunmaydilar yoki uning talabini bajarolmaydilar. Hukmdorlar dorini bemorning sevimli va ko’p tanovul qiladigan taomiga qo’shib ichiradigan mahoratli tabibga o’xshamoqlari lozim. Zero, mehr-u muhabbat va rag’batlantirishlar fuqarolar bilan muomalaning eng asosiy usulidir. Farobiyning “Inson tanasining a’zolari haqida”gi risolasi tibbiyot ilmining maqsad va vazifalarini aniqlashga bag’ishlangan. Shu ma’noda bu asar muallifi buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning bevosita o’tmishdoshi bo’lganligini isbotlaydi. Farobiy shaharni ijtimoiy uyushishning yetuk shakli, insoniyat kamolotga erishishining zaruriy vositasi deb hisoblaydi. Butun insonlarni o’zaro hamkorlikka, xalqlarni tinchlikka chaqiradi, dunyoda yagona inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. U “Baxt-saodatga erishuv haqida” risolasida o’zining orzu qilgan ideal jamiyatini yana ham yorqin tasvirlaydi. Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, - deb yozadi u, - bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo’lga kiritiladi. Farobiy davlatni yetuk shaxs, yetuk xislatlarga ega bo’lgan bir necha zodagon va saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida boshqarish shakllarini qayd etadi. Farobiy “Astrologiyaning to’g’ri va noto’g’ri qoidalari haqida” risolasida astrologlarning ruhiy va ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni osmoniy jismlar haqidagi ilmiy taxminlarga asoslangan faoliyatlarini yolg’on tasavvurlar va uydirmalardan farqlash zarurligini ta’kidlaydi. Olimning ko’p jildli “Musiqa haqida kitob” asari musiqa ilmining katta bilimdoni bo’lganliginigina emas, ayni zamonda Farobiyning taniqli musiqashunos sozanda va ajoyib bastakor ham bo’lganligini dalillaydi. U yangi musiqa asbobining ixtirochisi ham bo’lgan. Abu Nasr Farobiy o’z davridayoq buyuk olim sifatida mashhur bo’lgan. Sharq xalqlarida u haqida turli hikoya, rivoyatlar vujudga kеlgan. O’rta asr olimlaridan ibn Xallikon, ibn al-Qiftiy, ibn Abi Usabi’a, Bayhaqiylar o’z asarlarida Abu Nasr Forobiy ijodini o’rganib, uning g’oyalarini rivojlantirganlar [7]. Xususan, ibn Rushd Abu Nasr Forobiy asarlarini o’rganibgina qolmay, ularga sharhlar ham («Sillogizmga nisbatan al- Abu Nasr Forobiyning fikri», «Abu Nasrning mantiqqa doir asarida ifodalangan fikrning bayoni», «Al Abu Nasr Forobiy, xususan, uning «Organon», izohlariga turli sharhlari» va b.) yozdi. Insoniyat Abu Nasr Forobiy ijodiga hurmat bilan qarab, uning mеrosini chuqur o’rganadi. Yevropa olimlaridan B.N. Shtrеnishnеydеr, Karra dе Vo, T.U. Buur, R. Xammond, R. dе Erlanjе, F. Dеtеrittsi, G. Farmеr, N.Rishar, G. Lеy, Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, M. Mahdi va boshqalar Abu Nasr Forobiy mеrosini o’rganishga muayyan hissa qo’shdilar [8]. Kеyingi yillarda uning ijodi va ta'limotiga bag’ishlangan bir qancha ta'limotlar, asarlar yuzaga kеldi. Abu Nasr Forobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy, fors tillariga, kеyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga kеng tarqalgan. So’nggi asrlarda ko’chirilgan nusxalari ko’p mamlakatlarning kutubxona va muassasalarida saqlanadi [9]. Qadimgi Sharq faylasuflari asarlaridan jami 107 risola, jumladan, Abu Nasr Forobiyning 16 risolasini (arabcha) o’z ichiga olgan «Hakimlar risolalari to’plami» («Majmuat rasoil al-xukamo» qo’lyozmalar fondi) bor. Bu noyob qo’lyozma Abu Nasr Forobiy asarlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. To’plamdagi Abu Nasr Forobiy risolalari 1975-yili qisman o’zbеk tiliga tarjima qilinib nashr etildi [10]. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkin, o’rta asrlarning dunyoga tanilgan va asarlari hanuzgacha o’rganib kelinuvchi Farobiy, umumiy olganda, falsafiy qarashlarga, ilmiy taraqqiyotga qo’shgan hissasi hozirgi zamon ilmiy izlanuvchilari tomonidan haligacha qadrlanadi. Ayniqsa, uning asarlarida keltirilgan g’oya va fikrlar zamonaviy hayotda insonni komillik tomon eltuvchi yo’llarning asosi hisoblanadi.
Download 23,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish