9
I.BOB. Adabiy ta’limda uzviylik va uzluksizlikning o`ziga xos
xususiyatlari
I.1. Uzviylik va uzluksizlik barcha fanlarni o`zlashtirish omili sifatida.
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdek pirovard
maqsadimizdan kelib chiqib, ta'lim-tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi
faoliyatimizni ulkan bir vazifaga – xalqimiz ongiga milliy istiqlol qoyasini
singdirish, ularda uzoq yillar davomida shakllangan va ulug‘langan
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qayta o`zlashtirish, e'zozlash hamda uning
aqidalarini hayotda qo`llashga qaratmoqdamiz.
Bu borada qiladigan ishlarimizni Prezidentimiz I.A.Karimov aniq-ravshan
ko`rsatib berganlar: «Endigi vazifamiz shundan iboratki, milliy istiqlol qoyasi
tushunchalari asosida keng jamoatchilik, ziyolilarimiz, ilm-fan va madaniyat
namoyandalari, avvalo, ma'naviy-ma'rifiy soha xodimlari milliy mafkurani
takomillashtirish hamda uning asosiy tamoyillarini odamlar ongiga va qalbiga
singdirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga ko`tarishlari zarur»
3
Davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalarni amalga oshirishdan hech
kim chetda turmaydi. Davr barcha ziyolilar qatori adabiyotshunoslar va
tilshunoslar oldiga ham yangi vazifalar qo`ydi. Bu vazifalarni amalga oshirishni
lo`nda qilib, bir tomondan, yaratilayotgan huquqiy-me'yoriy hujjatlarning jahon
andozalari darajasida bo`lishi hamda milliy mintalitetimiz va manfaatimizni
himoya qilishi, ikkinchi tomondan, ularning davlat tilida mukammal yaratilgan
bo`lishi, ham qonuniy, ham til jihatdan hech bir e'tirozlarga o`rin qoldirmasligi
3
I.A.Karimov.‘‘Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch‘‘.Toshtkent.‘‘Ma‘naviyat‘‘.2008-yil.
10
tarzida tushunish to`g‘ri bo`ladi. Buning ustiga, xalqimiz o`rtasida huquqiy
madaniyatni targ‘ib qilish, qonunlar va boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlardan
ularni xabardor qilib borish nutqiy madaniyat bilan boqliq bo`lgan g‘oyatda
mas'uliyatli vazifani amalga oshirishni ham taqozo etadiki, bu borada
adabiyotshunoslarning ma'lum malakaviy va nutqiy ko`nikmalarni egallashlari
lozim bo`ladi.
Jamiyatimizning har bir fuqarosi XXI asr ostonasiga qadam qo`yar ekan,
ortda qolgan yillar qadrini baholashga va kelajak hayotining turli jabhalarini
belgilab olishga urinishi tabiiydir. Jumladan, xalq ta'limi sohasida faoliyat
ko`rsatayotganlar ham bundan mustasno emas.
Adabiyot fanida o`qitish jarayonining ikki tomonlama o`quvchi
tomonidan bajariladigan o`quv faoliyati va o`qituvchining o`rgatuvchilik
faoliyati yig‘indisidan iborat ekanligi e'tirof etiladi. Bu qoidani inkor etib
bo`lmagani kabi zamonaviy ta'lim mazmuni umuminsoniy va milliy
tajribalardan tashkil topishidan ham ko`z yumish mushkul.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov ta'lim tushunchasiga milliy
didaktik nuqtai nazardan yondashib quyidagicha ta'riflaydi: ―Ta'lim O`zbekiston
xalqi ma'naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O`sib kelayotgan
avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasb-kori,
mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab
olinadi va yosh avlodga o`tadi―.
4
Ta'kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta'limning yangi modeli
yaratildi va uning kelajakdagi istiqboli Yurtboshimiz tomonidan ilmiy asoslab
berildi. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko`p sonli tarmoqlari
(sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot va boshqa) bilan bir qatorda madaniyat
sohasiga, ijtimoiy-gumanitar bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyalarni joriy
etishni taqozo etmoqda. Shu boisdan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
―O`quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash―
4
I.A.Karimov.‘‘Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch‘‘.Toshtkent.‘‘Ma‘naviyat‘‘.2008-yil.
11
e'tirof etilgan, uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy
vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyaning nazariy asosini
yaratish va amaliyotga tadbiq etish zarurati tug‘ildi. An'anaviy o`qitish tizimi,
aytish mumkinki, yozma va og‘zaki so`zlarga tayanib ish ko`rishi tufayli
―Axborotli o`qitish― sifatida tavsiflanadi, chunki o`qituvchi faoliyati birgina
o`quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga
aylanib borayotganligini ta'kidlagan holda baholanmoqda. Bu bir tomondan,
ikkinchidan,
ilmiy-texnik
taraqqiyotning
rivojlanayotgan
bosqichida
axborotlarning keskin ko`payib borayotganligi va ulardan o`qitish jarayonida
foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek yoshlarni hayotga
mukammal tayyorlash talablari ta'lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy
etishni taqozo etmoqda.
Mamlakatimiz ta'lim sohasida ro`y berayotgan tub burilishlar har bir
ta'lim muassasasida didaktika sohasini jonlantirishni talab etadi, yangilikni joriy
etish yo`li esa har doim murakkab va uzoq. Komil ishonch bilan aytish
mumkinki, pedagogik texnologiya yaqin yillar ichida didaktik yangilikka
kirishishning asosiy manbai bo`lib qoladi.
Bitiruv malakaviy ishini yoritishda o`qituvchiularning adabiy ta'limda
uzviylik va uzluksizlik yuzasidan quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni
egallashi ko`zda tutiladi:
— uzviylik va uzluksizlik tushunchalarining mohiyatini bilish;
— uzviylik va uzluksizlikning amaldagi mavjud holatini tasavvur qilish;
— uni yaxshilashning ilmiy-metodik asoslarini o`rganish;
— o`zining ish faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni amaliy jiqatdan
ta'minlash;
— har bir mavzu va darsni o`tish jarayonida o`quvchilardagi adabiyotga
aloqador bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarning muntazam tarzda ortib
borishiga erishish;
12
— adabiy ta'limda satrlararo va mavzulararo uzviylikni ta'minlash hamda
unga amal qilish;
— tilda qo`llanadigan atamalar mazmun-mohiyatini to`g‘ri anglash;
— fan yuzasidan egallangan bilim va malakalarni amalda qo`llash.
Uzluksiz ta'lim — chuqur, har tomonlama asosli ta'lim-tarbiya berish,
mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli-tuman shakl, usul, vosita, uslub va
yo`nalishlarining mukammal uyg‘unligidan iboratdir. Uning turli komponentlari
o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik, muayyan usul va uslublarning ta'lim sharoitiga
oqilona tadbiq etilishi uzluksiz ta'lim sifatini ta'minlaydi.
Doimiy rivojlanishdagi shaxsni tarbiyalash g‘oyasi uzluksiz ta'lim
jarayonining mohiyatini tashkil qiladi. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish
ko`p qirrali jarayon bo`lib, bu muammo jismoniy, aqliy, axloqiy, ma'naviy
yo`nalishlarning uyg‘un tarzdagi birligini taqozo etadi. Ushbu yo`nalishning
Sharq pedagogikasida qadimdan o`ziga xos bir an'anaga ega ekanligini ta'kidlash
o`rinli bo`ladi. Bu an'anaga ko`ra har qanday mukammallik ilm tufayligina
erishilishi mumkin bo`lgan marradir.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardayoq
muhtaram Prezidentimiz I.Karimov erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash
g`oyasini ilgari surdilar, asosiy tayanch — ilmiy-ma'rifiy kompleks — uzluksiz
ta'limni shakllantirishdan iboratligi, «maktab — o`rta maxsus o`quv yurtlari —
oliy ta'lim — ilmiy tadqiqot institutlari» shaklidagi ilmiy-ma'rifiy komplekslarni
vujudga keltirish yo`lidan borish kerakligini uqtirdilar.
Shunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy
dasturida «Uzluksiz ta'limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashning
puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish» vazifasi qo`yildi
Demak, uzluksiz ta'limning asosiy maqsadi — jamiyat talablari
darajasidagi «Kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim
sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchisi» bo`lgan
shaxsni shakllantirishdir. Bunday shaxsni — barkamol insonni tizimli bilimlar,
ilmiy dunyoqarash va yuksak axloqiy-ma'naviy sifatlarsiz tasavvur etib
13
bo`lmaydi. Demak, uzviylik va uzluksizlik muammolari faqat ta'limning o`ziga
xos yo`nalishi emas, balki jamiyat rivojini ta'minlab beradigan alohida shaxslar
kamolotida ham eng muhim omillardan biri sifatida katta qadr-qimmat va
ahamiyat kasb etadi
5
.
Adabiyot ta'limi uzviyligi deganda ta'limning turli bosqichlarida
o`rganiladigan bilimlarning,
egallanishi
lozim
bo`lgan
ko`nikma
va
malakalarning o`zaro aloqadorligi nazarda tutiladi. Bu boshqa barcha o`quv
predmetlari qatorida adabiyot fani oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
U faqat nazariy jihatdan metodist olimlar hal qilishi kerak bo`lgan ilmiy
muammogina emas, balki har bir amaliyotchi o`qituvchi kundalik hayotda duch
keladigan eng jiddiy amaliy vazifa hamdir.
Uzviylik va uzluksizlik barcha fanlarni eng samarali tarzda
o`zlashtirishning bosh omilidir. U tegishli bilimlarni o`zlashtirishda qanchalik
muhim bo`lsa, shu bilimlarni olish va amaliyotga tadbiq etish bilan aloqador
bo`lgan ko`nikma va malakalarni egallashda ham shunchalik zarurdir. Buning
hayotiy zarurat ekanligini isbotlab o`tirish shart emas. Shunga qaramay uni
amalga oshirishning real yo`l-yo`riqlariga faqat yosh mutaxassisgina emas, balki
tajribali o`qituvchilar ham muhtojlik sezishadi. Mazkur malakaviy bitiruv ishi
ana shu zarurat taqozosiga ko`ra yuzaga keldi.
Uzviylik va uzluksizlik tushunchalari bir-biri bilan chambarchas
aloqadorlikda yashaydi. Ushbu so`zlarning «O`zbek tilining izohli lug‘ati»dagi
tavsiflari bilan qiziqib, ushbu so`zlarning alohida lug‘at maqolalari sifatida
berilmaganing guvohi bo‘ldik. Lug`atda faqat «uzviy» va «uzluksiz»
so`zlarigina tavsiflangan, xolos. Ularning tavsifi quyidagicha:
«Uzviy — 2. Biror kimsa yoki narsaning ajralmas bir qismi hisoblanadigan,
u bilan chambarchas bog‘langan; eng yaqin».
«Uzluksiz - 1. Birin-ketin, ketma-ket, paydar-pay.
Do'stlaringiz bilan baham: |