Haqnazarova Maftuna Mardiyevna



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana31.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#259007
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
adabiyot darslarida manaviy-marifiy qadriyatlar uzluksizligi

9

 I.A.Karimov ―Barkamol avlod – 

O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: 

 1998 yil 48 – bet   



 

27 


―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi‖da  ―o`quv-tarbiyaviy  jarayonni  ilg`or 

pedagogik  texnologiyalar  bilan  ta‘minlash‖  e`tirof  etildi.  Uning  ikkinchi  va 

uchinchi  bosqichlarida  bajariladigan  jiddiy  vazifalardan  biri  sifatida  belgilandi.  

"Ta‘lim    to`g`risida"gi  Qonun  hamda  "Kadrlar  tayyorlash    milliy    dasturi" 

talablari  asosida ta‘lim  tizimimizda jiddiy  yangilanishlar  amalga   oshmoqda. 

  

 



      Islom  Karimov  o‘z  asarida  mamlakatimizda  milliy  ma‘naviyatni  tiklash 

va  rivojlantirish  davlat  siyosatida  ustuvor  vazifa  ekanligiga  e‘tiborni  qaratib 

quyidagi konseptual g‘oyani ilgari suradi. U shunday yozadi: «Oldin odamlarga 

moddiy boylik berish, so‘ngra ma‘naviyat to‘g‘risida o‘ylash kerak deydiganlar 

haq  bo‘lmasa  kerak.  Ma‘naviyat  –  insonning,  xalqning,  jamiyat,  davlatning 

kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi...»

10

 

Prezidentimiz  tomonidan  ilgari surilgan  bu  konseptual g‘oyaning nazariy  va 



amaliy ahamiyati shundaki:  

Birinchidan,  sobiq  sho‘rolar  davrida  ma‘naviyatni  rivojlantirishga  uchinchi 

darajali  omil  sifatida  qaralishining  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  ma‘naviy-

ma‘rifiy inqirozining sabablarini ham ko‘rsatib beradi. 

Ikkinchidan,  ma‘naviyatni  rivojlantirmasdan,  shaxsning  ma‘naviy-ruhiyatini 

o‘zgartirmasdan turib jamiyatda ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish mumkin 

emasligiga asosiy e‘tiborni qaratgan. 

Islom 


Karimovning 

milliy-ma‘naviy 

tiklanish 

konsepsiyasida 

vatanparvarlikning  shaxs  ma‘naviyatining  ajralmas  qismi  ekanligini  asoslab 

berish alohida o‘rinni egallaydi.  

    Hurmatli prezidentimiz Islom Karimovning ―Yuksak ma‘naviyat yengilmas 

kuch‖  asariga  murojaat  qiladigan  bo‘lsak,  ushbu  asarda  ma‘naviyatga 

quyidagicha  ta‘rif  berilgan.  Biz  odatda  ma‘naviyat  haqida,  uning  ma‘no-

mazmuni,  hayotimizdagi  o‘rni  va  ahamiyati  haqida  ko‘p  gapiramiz.  Lekin 

negadir aksariyat hollarda ko‘pchilik ma‘naviyat o‘zi nima, degan savolga aniq 

va lo‘nda javob berishga qiynaladi. Men bunday holatga o‘z shaxsiy tajribamda 

ko‘p  bor  guvoh  bo‘lganman.  Mas‘ul  rahbarlik  lavozimlariga  nomzodlarni 

                                                 

10

 I.A.Karimov ―Barkamol avlod – 



O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: 

 1998 yil 49 – bet   




 

28 


tanlashda  o‘tkaziladigan  suhbat  jarayonida  ularning  professional  malakasi, 

bilimi,  tashkilotchiligi,  hayotiy  tajribasi,  insoniy  fazilatlari  bilan  bir  qatorda 

ma‘naviy  saviyasiga  ham  alohida  e‘tibor  qarataman.  Va  ko‘p  hollarda, 

ma‘naviyat haqida beriladigan savollarga har xil, ba‘zan esa bir-biriga qarama-

qarshi, qandaydir noaniq, sayoz javoblarni ham eshitishga to‘g‘ri keladi.

11

 



   Albatta,  «ma‘naviyat»  tushunchasining  ilmiy,  falsafiy,  adabiy  yoki 

oddiy  tilda  ifodalanadigan  ko‘plab  ta‘riflarini  keltirish  mumkin.  Umuman, 

o‘zida  juda  chuqur  va  keng  qamrovli  ma‘no-mazmunni  mujassam  etgan  bu 

tushunchaga  har  qaysi  ma‘rifatli  inson  o‘zining  falsafiy  yondashuvi,  siyosiy 

qarashlari  va  e‘tiqodi,  ongu  tafakkuridan kelib  chiqqan  holda  turlicha  ta‘rif va 

tavsiflar  berishi  tabiiy.  Shuning  uchun  ham  bu  masala  bo‘yicha  ilmiy 

adabiyotlarda, kundalik matbuotda bir-biridan farq qiladigan fikr-mulohazalarni 

uchratganda  bundan  taajjublanmasdan,  ularni  har  qaysi  muallifning  o‘ziga  xos 

dunyoqarashi, mushohada tarzi ifodasi sifatida qabul qilish o‘rinlidir. 

Shu nuqtai nazardan qaraganda, keyingi yillarda bu mavzuda olimlarimiz 

tomonidan  tayyorlangan  ilmiy  risolalar,  o‘quv  qo‘llanmalari,  lug‘atlarda 

«ma‘naviyat»  tushunchasi  va  uning  asosiy  tamoyillariga  o‘ziga  xos  ta‘riflar 

berilayotganini kuzatish mumkin. Biz bu boradagi fikrlarni inkor etmagan holda, 

«ma‘naviyat» tushunchasining mazmuni faqat «ma‘ni», «ma‘no» degan so‘zlar 

doirasida  chegaralanib  qolmaydi,  deb  o‘ylaymiz.  Nega  deganda,  insonni  inson 

qiladigan,  uning  ongi  va  ruhiyati  bilan  chambarchas  bog‘langan  bu  tushuncha 

har  qaysi  odam,  jamiyat,  millat  va  xalq  hayotida  hech  narsa  bilan  o‘lchab 

bo‘lmaydigan alohida o‘rin tutadi. 

Shu fikrni mantiqiy davom ettirib, ma‘naviyat — insonni ruhan poklanish, 

qalban  ulg‘ayishga  chorlaydigan,  odamning  ichki  dunyosi,  irodasini  baquvvat, 

iymon-e‘tiqodini  butun  qiladigan,  vijdonini  uyg‘otadigan  beqiyos  kuch,  uning 

barcha  qarashlarining  mezonidir,  desak,  tariximiz  va  bugungi  hayotimizda  har 

                                                 

11

 I.A.Karimov.‘‘Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch‘‘.Toshtkent.‘‘Ma‘naviyat‘‘.2008-yil. 



 


 

29 


tomonlama  o‘z  tasdig‘ini  topib  borayotgan  haqiqatni  yaqqol  ifoda  etgan 

bo‘lamiz. 

   Ma‘naviyatning  negizi  va  ma‘no-mazmunini  belgilaydigan  asosiy 

xususiyatlar,  birinchi  galda  insonning  ruhiy  poklanishi  va  qalban  ulg‘ayishi 

haqida gapirar ekanmiz, bir masalaga alohida e‘tibor berishimiz lozim. 

Albatta,  bu  dunyoda  halol  va  pok  yashashni  o‘zi  uchun  hayotiy  e‘tiqod, 

oliy  maqsad  deb  biladigan  odamlar  ko‘pchilikni  tashkil  qiladi.  Aynan  ana 

shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug‘ olamda ma‘naviyat 

hamisha bar-qaror bo‘lib keladi. 

Hammamizga  ma‘lumki,  muqaddas  kitoblarimiz  va  qadriyatlarimiz, 

buyo‘q  mutafakkir  ajdodlarimiz  merosi  bizni  doimo  halol  mehnat  bilan 

yashashga,  mardlik,  sahovat  va  kamtarlikka  chaqiradi,  lekin,  shu  bilan  birga, 

hayotda  bu  kabi  da‘vatlarga  amal  qilishga  intiladigan  odam  ko‘pincha  turli 

qiyinchiliklar, hatto azobu uqubatlarga duch kelishini kuzatish qiyin emas. Tan 

olish kerakki, yuksak  ma‘naviy tushunchalar bilan yashashga harakat qiladigan 

odamning  bugun  ham  ko‘p  mashaqqatlarni,  og‘ir  sinov  va  to‘siqlar, 

muammolarni engib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. 

Prezidentimizning  milliy-ma‘naviy  tiklanishni  amalga  oshirishga  xizmat 

qiluvchi yana bir konseptual g‘oyasi sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga etkazish 

zaruriyatini  ilmiy  asoslanganligidir.  Uning  sog‘lom  avlod  konsepsiyasida 

shaxsning  jismonan,  ruhan  baquvvat  bo‘lishi,  yuksak  bilim,  ma‘naviyat, 

tafakkur  va  fidoyi  vatanparvar  bo`lishi  kabi  talablarga  javob  beradigan  avlodni 

nazarda  tutiladi.  Shuning  uchun  ham  u  «...farzandlari  sog‘lom  yurt  qudratli 

bo‘ladi,  qudratli  yurtning  farzandlari  sog‘lom  bo‘ladi»  –  degan  g‘oyani  ilgari 

suradi. 

     Milliy-ma‘naviy  tiklanishimizda  yoshlarimiz  ma‘naviyatini  yuksak 

darajaga  ko‘tarish,  ularning  hozirgi  zamon  fan,  texnika  va  texnologiya 

yutuqlarini chuqur o‘zlashtirishlari katta omil ekanligi Prezidentimiz tomonidan 

ilmiy asoslangan. 



 

30 


        Haqiqatdan ham jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalari ko‘rsatib 

turibdiki,  qaysi  mamlakat  yoshlari  zamonaviy  fan,  texnika  va  texnologiya 

yutuqlarini qanchalik  mukammal  egallasa,  mamlakat  taraqqiyotiga  qo‘shadigan 

hissalari  shunchalik  samarali  bo‘ladi,  ma‘naviyat  yuksaladi  va  mamlakatning 

hozirgi zamon jahon sivilizatsiya tizimiga kirib borishi tezlashadi. 

        Prezidentimiz  ishlab  chiqqan  milliy-ma‘naviy  tiklanish  konsepsiyasida 

insoniyatning asrlar davomida yaratgan va umumjahon mulkiga aylangan barcha 

boyliklarini milliy ma‘naviyatimizning ajralmas qismiga aylantirish ham asosiy 

o‘rinni  egallaydi.  Jumladan,  u  «Fidokor»  gazetasi  muxbiri  savollariga  bergan 

javoblarida  dunyo  xalqlari  ma‘naviy  mulkiga  aylangan  faylasuflarning  asarlari 

haligacha  o‘zbek  tilida  yoshlarimizga  etib  bormaganligini  qattiq  tanqid  qilib 

shunday  ta‘kidlaydi:  «Dunyo  tan  olgan  ko‘p  ulug‘  faylasuflarning  asarlari 

hanuzgacha  o‘zbek  tilida  nashr  etilmagani  tufayli  aksariyat  ziyolilar,  xususan, 

yoshlarimiz  ularning  g‘oyaviy  qarashlari  bilan  yaxshi  tanish  emas.  Suqrot  va 

Platon, Nitshe va Freyd kabi olimlarning hozirgi zamon chet el faylasuflarining 

kitoblarini ham tushunarli qilib, izoh va sharxlar bilan o‘zbek tilida chop etish 

nahotki mumkin bo‘lmasa?»

12



        Ma‘naviyatni shaxs, millat, davlat va jamiyatning qudratli kuchi sifatida 

o‘rganish  faqat  mamlakatimiz  o‘z  mustaqilligini  qo`llga  kiritgandan  keyingina 

boshlandi.  Uni  bu  shaklda  o‘rganish  esa  hech  mubolag‘asiz  aytish  mumkinki, 

mustaqillik sharoitidagi milliy tafakkur taraqqiyotimizda yangi yo‘nalishdir. Bu 

yo‘nalishning paydo bo‘lishini va uning konseptual g‘oyalarini nazariy jihatdan 

ishlab  chiqish  Prezidentimiz  Islom  Karimov  nomi  bilan  bog‘liqdir.  Uning 

asarlari,  risolalari,  ma‘ruzalarida  ma‘naviyat  tushunchasi  mohiyati  ochib 

berilgan.  Bu  ma‘naviyatni  mustaqil  omil  sifatida  o‘rganish  uchun  katta 

ahamiyatga ega bo‘ldi.  

      Ma‘naviyat  o‘z-o‘zidan  shakllanadigan  narsa  emas,  u  avvalo  har  bir 

insonning  ichki  ma‘naviy  salohiyatini  shakllantirish  yo‘lida  barcha  moddiy  va 

ma‘naviy  boyliklarni  o‘zlashtirish,  Vatan  va  millat  manfaatlari  yo‘lida  halol, 

                                                 

12

 Кarimov I.A. Milliy istiqlol mafкurasi – xalq e‘tiqodi va buюк кelajaккa ishonchdir. Toshкent: O‘zbeкiston, 2000 yil, 34-35 betlar. 




 

31 


fidoyilik  bilan  mehnat  qilish  jarayonida  shakllanadi.  Shu  ma‘noda  ham 

Prezidentimiz: «Ma‘naviyat – taqdirning ehsoni emas. Ma‘naviyat inson qalbida 

kamol  topishi  uchun  u  qalban  va  vijdonan,  aql  va  qo‘l  bilan  mehnat  qilishi 

kerak»


13

 ligini ta‘kidlaydi. 

Oliy  Majlisning  XIV-sessiyasidagi  «O‘zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda» 

mavzusidagi  ma‘ruzasida  ma‘naviyat  tushunchasiga  quyidagi  fundamental 

ta‘rifni  beradi:  «Ma‘naviyat...  insonni  ruhiy  poklanish  va  yuksalishga  da‘vat 

etadigan,  inson  ichki  olamini  boyitadigan,  uning  iymon-irodasini,  e‘tiqodini 

mustahkamlaydigan vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch...»

14

 dir. 



             Bu ta‘rif o‘zining mazmuni va mohiyati bilan ma‘naviyat tushunchasini 

o‘zida  to‘la  aks  etgan.  Unda  insonning  ichki  ruhiy  olamini  ifodalovchi  barcha 

komponentlar o‘z ifodasini topgan va uning inson barkamolligini ta‘minlashdagi 

katta  kuch  ekanligi  belgilab  berilgan.  Shu  munosabat  bilan  ma‘naviyatning 

jamiyatni  rivojlanishidagi  roli  haqida  Prezidentimiz  tomonidan  keltirilgan 

quyidagi  fikrlarining  mohiyatini  tushunib  olib,  uni  bevosita  har  birimiz 

o‘zimizning  kundalik  vazifamizga  aylantirishimiz  millatimiz  va  mamlakatimiz 

taraqqiyotini ta‘minlash uchun muhim amaliy ahamiyatga egadir

  

          Insonning  ma‘naviy  faoliyati  uning  dunyoni  o‘rganishi  o‘z  maqsadi 



jihatidan  juda  ko‘p  sohalarga  bo‘linadi.  Fizika,  kimyo,  biologiya  tabiatni  turli 

nuqtai  nazardan  va  turli  maqsadlar  bilan  o`rganadi.  Shu  sababdan  ularning 

o‘rganish  predmeti  bir  xil  bo‘lishiga  qaramasdan  ular  olgan  natijalar  har  xil 

bo‘ladi.  Fanning  har bir sohasi insonning tabiat  haqidagi  tasavvurlarini har  xil 

tomondan  boyitadi.  Ularning  ish  natijalarigina  emas  ish  usullari  va  vositalari 

ham  har  xil.  Hatto  kasbi  bir  biriga  juda  yaqin  bo‘lgan  faylasuf,  iqtisodchi 

psixolog  ham  inson  va  uning  hayotini  turli  maqsad  va  turli  vositalar  bilan 

o‘rganadi.  

       Davomiy  aloqadorlik  va  vorisiylik  adabiyot  taraqqiyotiga  ham  xos 

xususiyat.  Lekin  bu  davomiylikda  ham  farq  bor.  Bu  farq  ilmiy  texnikaviy 

asarlarga  ham  badiiy  ijodga  ham  xos  xususiyat.  Badiiy  asarlar  adabiyotning 

                                                 

13

 Кarimov I.A. o‘zbeкiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafкura. (Nutqlar, maqolalar suµbatlar). T: o‘zbeкiston, 1993, 79-bet. 



14

 Кarimov I.A. o‘zbeкiston XXI asrga intilmoqda. T: o‘zbeкiston, 1999, 17-bet. 




 

32 


keyingi  taraqqiyotiga  ta‘sir  ko‘rsatish  bilan  birga  turli  davrlarda  ijod  etgan 

adabiy namunalar bilan bir qatorda yashayveradi. 

           Tarixda hech bir bosqich takrorlanmagani kabi, insosoniyatning muayyan 

tarixiy  bosqichlardagi  fikr  tuyg‘ulari  ham,  badiiy  idroki  ham  aynan 

takrorlanmaydi.  Shu  sabab  insoniyat  mohiyati  etibori  bilan  boyib  bormog‘i 

uchun badiiy asarlarda aks etgan ma‘naviy boyliklarni ijodiy o‘zlashtirib egallab 

boradi. Adabiy taraqqiyotdagi  har bir yangi ulkan hodisa ham o‘tmishdagi eng 

yaxshi  an‘analarning  ijodiy  davom  ettirish  natijasida  yuzaga  keladi.  Adabiy 

taraqqiyotdagi  g‘oyalar,  tiplar  va  badiiy  tasvir  vositalari  doirasidagi 

an‗anaviylikni  farqlash  zarur.  G‘oyalar  sohasidagi  an‘anaviylik  asosan 

dunyoqarash bir biriga yaqin bo‘lgan yozuvchilar ijodida ko‘zga tashlanadi. 

Adabiyot  jamiyat  hayotining  o`ziga  xos  ifodasidir.  U  jamiyat  tarixidagi 

jiddiy  o`zgarishlarni  xilma-xil  obrazlar  vositasida  turli  badiiy  shakllarda  aks 

ettiradi.  Shunga  ko`ra  eramizning  VIII  asrigacha  yaratilgan  asarlarda  islomdan 

oldingi  urf  odat  va  e‘tiqodlar  ifodalangan  bo`lsa,  keyingi  davrlarda  islom 

ta‘limoti  bilan  hamohanglik  kuchayganligini  kuzatish  mumkin.  Xususan, 

tasavvufning  adabiyotdagi  ko`rinishi  jamiyat  hayotidagi  keskin  o`zgarishlar 

bilan aloqador holda rivojlandi.  

 Adabiyot  avvalo  so‘z  va  ruhiyat  san‘atidir.  U  inson  ruhiyatidagi 

nihoyatda nozik  tovlanish va ohanglarni ilg‘ashga,  ularni aks ettirishga intiladi. 

Eng yuksak pog‘onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot namunalari insoniyatni 

to`lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o`y-fikrlar kechinmalar, orzu-umidlarni 

ifodalaydi.  Dunyoda  insonlar  bir-birlariga  o`xshamaganlariday,  ularning  qalb 

kechinmalari  ham  takrorlanmasdir.  O‘zbek  adabiyoti  tarixi  nozik  ruhiy 

holatlarni  mahorat  bilan  aks  ettirgan  durdonalarga  boy.  Ular  hozirgi  avlod 

ruhiyatida,  qalbida  ham  hayajon  uyg‘ota  oladigan,  ularning  ma‘naviy 

boyishlariga tegishli hissa qo`sha oladi. Muhimi, ular badiiy didimiz takomiliga, 

ma‘naviy kamolotiga xizmat qiladi.  

 Tasvir  so‘zga  tayanadi.  So‘z  sehr,  mo`jiza  bilan  o`ziga  mahliyo  qiladi, 

rom etadi. Shuning uchun go`dak allaga, kichik yoshdagi bola ertakka, kattalar 




 

33 


badiiy ijodning turli ko`rinishlariga nihoyatda qiziqib qaraydi, ularning olamiga 

kirib  olgach    o‘zini  shu  olamdan  deb  biladi.  Shu  o`rinda  adabiyotning  ta‘sir 

kuchi nimada degan savol tug‘iladi. 

 Buning  uchun  yirik  so‘z  san‘atkorlari  yaratgan  ajoyib  asarlarning  xalq 

orasida  alohida  hurmat  va  e‘tibor  qozonganligini  eslash  joiz.  Yusuf  xos  Xojib 

1069-1070  yillarda        ―Qutadg‘u  bilg‖  dostonini  tugalladi  va  uni  qoraxoniylar 

hukmdori  Tabgach  Bugroxonga  taqdim  etadi.  Shu  kuniyoq  xukmdor  adibga 

mamlakatdagi eng yuqori mansablardan biri Xos Xojiblikni berdi. 

 Yana bir misol Alisher Navoiy «Xamsa» dostonini tugatgach, uni Husayn 

Boyqaroga  sovg‘a  sifatida  topshiradi.  Husayn  Boyqaro  butun  a‘yonlari  oldida 

Navoiyni  o`z  piri  deb  e‘lon  qiladi.  Navoiyni  otga  mindirib,  o`zi  xalq  oldida 

jilovdorlik  qiladi.  Bu  mamlakat  podshosining  buyuk  iste‘dod  egasiga  nisbatan 

hurmat  va  e‘tibori  ramzi  edi.  O‘zbek  xalqining  ijodkorlarga  nisbatan  alohida 

hurmat va ehtiromi ma‘lum.  

Shu  o`rihda  o'zbek  mutafakkirlari  so‘z  qudrati  haqida  bildirgan  fikrlari 

haqida to`xtalib o`tsak. 

 Mahmud  Qoshgariy  «Devonu  lugotit  -turk»  asarida  ―Ardam  boshi  til» 

Ya‘ni barcha fazilarning boshi til saqlashdir, degan maqol uchraydi. 

Demak,  til  va  badiiy  so‘znmng  qudratiga  qadim  zamonlardayoq,  alohida 

e‘itibor  berilgan.  XI  asrda  Yusuf  Xos  Xojib  shoirlarni  «so‘z  teruvchilar»    deb 

ta‘riflaydi.  XIVasrda esa Sayfi Saroyi shoirlarni «so‘z bulbuli» deydi. 

  Zero  so‘z  adiblarning  o`z  nazarlarida  ham  mo`tabar  mavqega  ega. 

Alisher Navoiy shoirlarni ruh chamanining xushxon bulbullari deydi. Yusuf Xos 

Xojib  so‘z  va  tilga  katta  baho  beradi.  U  tilni  bilim  va  aql-idrok  tarjimoni  deb 

ataydi. Masalan: Kishi so‘z tufayli ko`tariladi, podshoh bo`ladi, ko`p so‘z boshni 

egadi. Bunday fikrlarni adib Axmad Yugnakiy ijodida xam ko`rish mumkin. 

U  ―Adablar  boshi  til  ko`dazmakdir‖  deb  Mahmud  Qoshgariyning 

«Devonu lugotit turk» idagi maqolga hamohang qiladi. Ahmad Yugnakiy so‘zni 

kasal ruh va dillarga shifo derkan, bunda badiiy so‘zni e‘tiborga olganiga shubha 



 

34 


yo`q.  Sayfi  Saroyi  badiiy  so‘z  qudratini  shoirlar  iste‘dodiga  mezon  deb  bildi. 

Shuning uchun ham u : 

 Jahon shoirlari ey gulshani bog‘ 

 Kimi bulbul durur so‘zda kimi zog‘. 

      Deya shoirlarni ikki toifaga ajratadi 

  Alisher Navoiy so‘zga nihoyatda yuksak baho beradi. U:  

 So‘zkim insonni judo ayladi hayvondin 

 Bilkim guhari sharifroq yo`q  ondin  

 Deb ta‘kidlaydi. 

   Bugina emas adibning fikricha: 

     Jism bustoniga shajar so‘zdur 

     Ruh anshoriga samar so‘zdir. 

Alisher Navoiy ham  badiiy so‘z qudratini juda aniq misollarda ko`rsatib 

bergan: 


 Nizomiy olsa Barda‘ birla Ganja 

 Qadam Rum ahliga ham qilsa ranja 

 Chekib Xisrav dog‘i tigi zabonni 

 Yurub fath aylasa Xindistonni. 

O‘zbek  adabiyoti  juda  boy,  qadimiy  tarixga  ega.  Uning  o`ziga  xos 

shakllanish  va  taraqqiyot  yo`li,  rivojlanish  qonuniyatlari  bor.  Bularni  his  etish, 

anglash  va  ummumlashtirish  uchun  uning  tarixini  puxta  o`rganish  lozim. 

Adabiyot tarixi so‘z san‘atining rivojlanish jarayonlari, mumtoz namoyondalari 

haqida ma‘lumot beradi. Bu fan tufayli qadimda yashab ijod etgan buyuk adiblar 

yaratgan nodir asarlar haqida tasavvur hosil ailish mumkin. 

 Adabiyotning o`q  ildizlari xalq og‘zaki ijodidan boshlanadi  «To`maris», 

«Shiroq», singari rivoyatlar oldingi davrlarda yashagan turkiy xalqlar tomonidan 

yaratilgan og`zaki ijod namunalari haqiqiy durdonalardir.  

 

O‘zbek xalqi qadimiy va boy madaniyatga ega bo‘lgan xalqlardan biridir. 



O‘zbek  xalqi  jahon  ilm-fani,  san‘ati  va  adabiyoti  taraqqiyotiga  katta  hissa 


 

35 


qo‘shdi,  buyuk  olimlarni,  san‘atkorlarni  va  ijodkorlarni  yetishtirdi,  boshqa 

xalqlar bilan yaqin madaniy va adabiy aloqada bo‘ldi. 

 

O‘zbek xalqi ma‘naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o‘zbek 



adabiyoti tarixidir. O‘zbek adabiyoti tarixi o‘zbek xalqining qadim zamonlardan 

boshlab hozirgi kunga qadar yaratgan badiiy adabiyotini o‘zida mujassam etadi. 

 

O‘zbek  adabiyoti  xilma-xil  tur  va  janrdagi  badiiy  asarlarni  o‘z  ichiga 



oladi.  Lirika  va  epos  o‘tmish  o‘zbek  adabiyotining  asosiy  turlaridir.  G‘azal, 

muxammas,  musaddas,  noma,  ruboiy,  doston,  masal,  hikoya  va  boshqa  keng 

tarqalgan  adabiy  janrlardir.  O‘zbek  adabiyoti  tarixi  xilma-xil  adabiy  tur  va 

janrlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamdir. 

 

O‘tmish  adabiyoti  bir  qator  memuar  va  tarixiy  asarlarga  egadir, 



«Boburnoma»,  «Shajarai  turk»,  «Shajarai  tarokima»,  «Firdavs  -ul-iqbol»  va 

boshqalar  shular  jumlasidandir.  Chunki  zikr  etilgan  asarlarda  tarixiy  voqealar 

ko‘pincha badiiy til vositasida aks ettiriladi. 

        «Tohir  va  Zuhra»,  «Bo‘z  o‘g‘lon»  va  «Yusuf  Ahmad»  kabi  xalq  kitoblari 

ham  o‘zbek  adabiyoti  tarixi  bisotiga  taalluqlidir.  Bu  asarlar  bevosita  xalq 

og‘zaki ijodi asosida vujudga kelgan va xalqqa manzur bo‘lgan xalq kitoblaridir. 

Shunga ko‘ra, xalq kitoblari xalq og‘zaki ijodiyotining ham, adabiyot tarixining 

ham yodgorliklari sirasiga dahldorlik kasb etadi. 

 

  O‘zbek xalqi asrlar davomida Eron va Xuroson, Hindiston va Arabiston, 



Chin  va  Mochin,  Yunoniston  va  Kavkaz  hamda  Rusiya  xalqlari  bilan  yaqin 

iqtisodiy  va  madaniy  aloqalar  o‘rnatdi.  Ana  shu  aloqalarning  samarasi  o‘laroq 

tarjima  adabiyoti  yuzaga  keldi,  zero  tarjima  adabiyoti  o‘zbek  adabiyoti 

tarixining  muhim  bir  qismini  tashkil  etadi.  Natijada  tojik,  ozarbayjon,  eron, 

hind,  arab,  rus  va  boshqa  xalqlarning  ko‘p  badiiy  asarlari  va  tarix  kitoblari 

o‘zbek  tiliga  o‘girildi.  «Xusrav  va  Shirin»,  «Haft  paykar»  (Nizomiy), 

«Guliston», «Bo‘ston» (Sa‘diy), «Bahoriston», «Yusuf va Zulayxo», «Salomon 

va Absol» (Jomiy), «Shoh va gado» (Hiloliy), «Kalila va Dimna» (aslida hind 

eposi), «Ming bir kecha» (arab ertaklari), «Ravzat us-safo» (Mirxond), «Badoyi-

ul-vaqoe» (Vosifiy) va boshqalar shular jumlasidandir. 




 

36 


 

 Tarjima 

adabiyoti 

xalqlar 


o‘rtasidagi 

madaniy 


aloqalarni 

mustahkamlashga xizmat qiladi, o‘zbek xalqini boshqa xalqlarning badiiy ijodi 

bilan  tanishtiradi.  Shu  bilan  birga,  tarjima  asarlarining  ko‘pi  aniq  tarixiy 

sharoitning ehtiyoji, talabi hamda o‘zbek yozma adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi 

tajribalari asosida birmuncha o‘zgartilirgan va yangiliklar kiritilgan, ijodiy qayta 

ishlangan  asarlardir.  Qutb  (XIV  asr)  tarjima  qilgan  «Xusrav  va  Shirin» 

(Nizomiy), Sayfi Saroyi  tarjima qilgan «Guliston» (Sa‘diy), Mas‘ud ibn Ahmad 

Taftozoniy  (1322-1390)  tarjima  qilgan  «Bo‘ston»  (Sa‘diy),  Xiromiy  (XIX  asr) 

tarjima  qilgan  «Chor  darvesh»,  «To‘tinoma»  va  boshqalar  shu  xildagi  tarjima 

asarlaridir. 

       Yosh  avlod  na‘naviyatini  shakllantirish  muammosi  bugun  O`zbekistonda 

davlat  darajasidagi  masalaga  aylandi.  Chunki  mustaqil  fikr  fuqarolarning 

erkinligi  ta‘minlangan  jamiyatda  qaror  topadi  va  rivojlanadi.  Ma‘naviyatning 

yuksakligi  va  fikrning  erkinligi  jamiyatning  kuchli  bo`lishi  garovidir.  Shuning 

uchun ham ―Ta‘lim to`g`risida‖gi Qonun  va ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ 

singari  davlat  ahamiyatiga  molik  hujjatlar  asosida  yangilangan  milliy    ta‘lim 

tizimi mustaqil fikrlaydigan, o`z qarashiga  ega o`lgan, erkin, sog`lom e‘tiqodli 

shaxni  shkllantirish,  ularda  yuksak  ma‘naviy  fazilatlarni  qaror  toptirish  yo`liga 

tushib  bormoqda.  O`quvchilarni  ma‘naviyatini  shakllantirish,  xususan  maktab 

adabiy  ta‘limida  imkon  qadar  ular  ma‘naviyatini  rivojlantirish  milliy 

tarbiyashunoslik fani va amaliyoti ildidagi dolzarb va ilmiy-amaliy muammoga 

aylandi. 

  Respublikamizda  azaldan  ma`naviy-adabiy  hayotni  sog`lomlashtirish  

yuzasidan    muhim    tadbirlar  amalga    oshirilgan.    Abdulla    Qodiriy,  Usmon  

Nosir,    So`fizoda,  Cho`lpon,  Fitrat  singari  shaxsga    sig`inish  davri    qurboni  

bo`lgan  iste`dodlarga    qo`yilgan    asossiz    ayblar  olib    tashlandi.    A.Qodiriy, 

U.Nosir,    So`fizoda    asarlari  xalqqa    qatag`onga    uchragan  M.Shayxzoda,  

Shuhrat,  M.Ismoiliy,    Shukrullo,  Said    Ahmad  kabi    adiblar  oqlanib,  jo`shqin 

ijodiy  hayot  quchog`ida    qaytdilar;    Oybek,    Abdulla    Qahhor,    Mirtemir  kabi  

ulkan yozuvchi,  shoirlarga  qarshi  uyushtirilgan fitnalar,  behuda  gap so`zlarga  




 

37 


qisman  xatolar (―Alpomish‖ dostonining  asossiz  qoralanishi  kabi)  tuzatildi.  

Adabiyot    nazariyasidagi    aqidaparastlik    qarashlari,    shoro  realizmiga  

biryoqlama,  tor  yondashishlar  tanqidga  uchradi.  

  Nashr  ishlari birmuncha  yaxshilandi.  G`.G`ulom nomidagi ―Adabiyot va 

san`at‖    nashriyoti,    keyinchalik    ―Yozuvchi‖,    yoshlar    va    bolalar  adabiyoti  

nashriyotlari  tashkil  etildi.  ―O`zbekiston  madaniyati‖  (hozirgi  ―O`zbekiston  

adabiyoti  va    san`ati‖)    gazetasi    chiqa    boshladi,    ―Guliston‖    jurnali  qayta 

tiklandi.  ―Sharq yulduzi‖  jurnalining  hajmi  kengaydi, adadi  ortdi, 80-yillarga  

kelib    bular    yoniga    ―Yoshlik  ‖,    ―Yosh  kuch‖  jurnallari    qo`shildi.    XX  asr  

yangi  o`zbek    adabiyoti    ulkan    namoyandalarining    ko`p  jildli    saylanma  

asarlari,    to`la  asarlar    to`plamlarini    ko`p    nusxalarda    nashr  qilish  odat  tusini   

oldi,    Oybek,  G`.G`ulom,  H.Olimjon    to`la    asarlar  majmualarining    nashr 

etilishi  madaniy hayotimizda  muhim  hodisa bo`ldi.  

  Mana shunday  hayotbaxsh  omillar,  adabiy tafakkurda  jonlanish, yangi 

bir  uyg`onish, ko`tarilish  boshlandi. Keksa  bo`g`inga   mansub adiblar Oybek, 

G`.G`ulom,  A.Qahhor,    Mirtemir,    M.Shayxzoda,    Zulfiya  kabi  adabiyot 

namoyandalari  g`ayrat      bilan    ijodga    kirishdilar;    chunonchi,  Oybek    og`ir  

xasta    bo`lishiga    qaramay,    qisqa    muddat    ichida  ―Quyosh    qoraymas‖,  

―Bolalik‖  singari  yirik  nasriy    asarlarini,    ―Davrim  jarohati‖dek    o`tkir 

publitsistik  dostonini,  o`nlab  falsafafiy-lirik  she`rlar,  ilmiy,  adabiy-tanqidiy  

maqolalarini  taqdim  etdi.  A.Qahhor  ―Sinchalak‖,  ―To`yda aza‖,  ―Dahshat‖,  

―Tobutdan    tovush‖  singari  adabiyotimizda    hodisa  bo`lgan,    jaoatchilik  

e`tiboriga    tushgan  asarlarni    yaratdi.    Sh.Rashidov,    Shuhrat,  Said    Ahmad, 

A.Muxtor,  Shukrullo,    Mirmuhsin  kabi  ijodini    30-yillari    boshlagan  

yozuvchilar    o`z    iste`dodlarini    to`laroq    namoyon    etishga  erishdilar.  O`sha  

hayotbaxsh    o`zgarishlar  shabadasi  ta`sirida    yetishgan    S.Zunnunova,  

O.Yoqubov,  P.Qodirov    va  ular    bilan    izma-iz    adabiyotga  kirib        kelgan 

E.Vohidov.    A.Oripov,    O`.Umarbekov,  Sh.Xolmirzayev,    O`.Hoshimov, 

X.To`xtaboyev,  R.Parfi,  kabi  iste`dodlar  adabiyotimiz rivojiga yangi  to`lqin, 

yangi  nafas  baxsh  etdilar. 




 

38 


  Bu  davrga    kelib    o`zbek    adabiyotining    qardosh    va  jahon    xalqlari 

adabiyotlari bilan  aloqasi  kengaydi.  Toshkent Osiyo  va Afrika taraqqiyparvar  

adabiy    harakatining    markaziga    aylandi.    Badiiy    tarjimonlik    keng  yo`lga  

qo`yildi.    Jumladan,  jahon  adabiyotining    nodir    namunalaridan  I.Gyotening  

―Faust‖,  S.Yeseninning  ―Fors taronalari‖ shoir  E.Vohidov,  Dantening  ―Ilohiy 

komediya‖si    A.Oripov    tomonidan    mahorat    bilan    o`zbek    tiliga    tarjima  

qilindi.    Shoir    J.Kamol    U.Shekspir    tragediyalarini    asliyatdan-inglizchadan 

o`zbekchalashtirdi.  

          

   


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

39 



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish