HAQIQIY DO`STLAR
Bor ekan-u yo`q ekan, och ekan-u to`q ekan. Qushlar yurti bor ekan, Burgutshoh sardor ekan. Kunlardan bir kuni Burgut hamma qushlarni majlisga chaqiribdi. Barcha qushlar, Bosh Vazir Lochindan tortib usta Qizilishton, ovchi Qirg`ovuldan tortib, Qo`shiqchi Bedanagacha o`rmonda yig`ilishibdi. Shunda Sardor Burgut so`z boshlabdi:
Mana do`stlar, issiq kunlar ortda qolib, kuz ham tugay deyapti. Hademay sovuq boshlanadi. Hammangiz tadorigingizni ko`ring-da issiq o`lkalarga uchib ketishga hozirlaning. O`rmonimiz qish kelgach joningizni saqlay olmaydi.
Uning gapini eshitgan Lochin Hayrat bilan so`radi:
Shohim, nima hammamiz ketamizmi? O`rmonni kim qo`riqlaydi? Bu yerda uylarimiz, joylarimiz bor. Kelasi yil kelgunimizcha ularni boshqa, begona qushlar egallab olsa nima qilamiz? Bosh vazirning gaplarini ko`pchilik qushlar ma’qullashdi. Shoh Burgut ham uning savoliga javob berdi:
Havotir olmang, hammamiz ketmaymiz. O`rmonni qo`riqlayman, qarindoshlarimiz kelgusi yil uchib kelgunlaricha uylariga ko`z-quloq bo`lib turaman degan mard qushlar bo`lsa qolishsin. Shunda qushlar ikkiga ajralishimdi. Bir tomonda souqqa chiday olmaydigan qushlar; bedanaxon, kakkujon, tovus, qizilishton, Turna, va yana bir qancha qushlar. Yana bir tomonda esa sovuqdan qo`rqmaydiganlar: Burgut, Lochin, Qarg`a, mayna, chumchuq, zag`chalar qolishga rozi bo`lishibdi. Chunki ular sovuqqa chidamli qushlar ekan-da. Shu payt qushlar orasidan mayin, yoqimli ovoz kelibdi:
Men ham shu yerda, sizlar bilan qolsam maylimi? Burgut bundoq qarasa gapirayotgan Bulbul ekan.
Iya, esing joyidami? Sen qishning birinchi kuniyoq sovuqdan o`lasan-ku. Nima uchun biz bilan qolmoqchisan?
Meni kechiring Burgutshoh. Lekin qolmasam bo`lmaydi. Polaponlarim negadir bu yil tuxumdan kech chiqishdi. Shuning uchun hali qanot chiqarganlaricha yo`q. shuning uchun bu yil shu o`rmonda qolsam degandim.
Burgut bu vaziyatdan hayron qolibdi. Axir, qish sovuq kelsa, u jonini qanday saqlab qoladi? Lekin uchib ham ketolmaydi, polaponlari hali yosh. Endi nima qildik ekan, deb o`ylay-o`ylay qolishiga ruhsat beribdi. Ertasiga qishlovchi qushlar safarga otlanayotgan qushlarga oq yo`l tilab ularni kuzatishibdi. Birinchi galda turnalar qator- qator bo`lib uchib otishibdi. Ketayotib:
Omon qolinglar, biz yana qaytamiz. Unacha uylarimizdan ko`z – quloq bo`lib turinglar, deyishibdi.
Qoluvchilar ham ularga:
Omon boringiz, oq yo`l. issiq o`lkalarga bizlardan salom aytinglar. Deya qanotlarini silkishibdi. Shu tariqa boshqalari ham issiq o`lkalarga uchib ketishibdi. Bulbul bechoralar esa ulardan ko`ini uzmay, endi nima qilamiz, deb yig`lar edi. Ko`p o`tmay qish kelibdi, sovuq kunlar boshlanibdi. Bu orada bulbulchalarning qanotlari ham baquvvatlashib, patlari qalinlashib qolibdi. Lekin sovuq bo`lgani sababli ucha olishmas, ota- onalari bunga ruhsat ham berishmas ekan. Ota-ona ikkovi kun bo`yi sovuqda ovqat izlashar, dalalarda qolib ketgan unda-bundadagi donlarni topib kelishar, sovuqdan qotib qolgan asalari bormi, yoki biron boshqa hashorot o`zlari yemasa ham bolalariga ilinishar edi. Chunki polaponlar kundan-kunga kattarar, kundan – kunga ko`p ovqat talab qilishar edi. Oxiri ota-ona bulbullar holdan toyishibdi. Sovuqqa boshqa bardosh berolmay yotib qolishibdi. O`rmonni ko`zdan kechirayotgan Burgut Bulbullarga nima bo`ldi ekan, deb ulardan xabar olgani kiribdi. Qarasa, ota-ona Bulbullar betob bo`lib yotishar, polaponlar esa och edi. Shunda Burgut drhol barcha o`rmonmon qishlovchi qushlarini yig`ibdi va ularga tayinlabdi:
Inilarimiz, Bulbullar hozir og`ir ahvolda. Ham sovuq ularning jonidan o`tib ketyapti, ham ochlik. Xo`sh aytingchi, ularga qanday qilib yordam bersak bo`ladi?
Shunda Chumchuq;
Agar ular istashsa mening uyimga ko`chib o`tishlari mumkin. Men daraxt kovagida yashayman. Uyim issiq va keng. Hammamiz sig`amiz. Aytibdi u.
Ovqat masalasiga esa hammamiz birgalashib yordam beramiz. Navbatma- navbat ovqat olib kelib beramiz.- mehribonlik bilan so`zlabdi bosh vazir Lochin.
Ular xuddi shunday qilishibdi. Bulbullar chumchuqning uyiga ko`chib o`tishibdi. Issiqqina joyda ota-ona Bulbullar sog`ayib ketibdi. Bir kun Burgut ularga ovqat topib kelib berar, ikkinchi kun Lochin, uchinchi kun Qarg`avoy, keyin zag`cha shu tariqa qish ham poyoniga yetibdi. Qorlar erib, Bahor kirib kelgach barcha qadrdon qushlar uchib kelishibdi va o`rmon yana qushlar bilan – to`lib toshibdi. Issiq o`lkalarga uchib ketgan qushlar bahorgacha Bulbullarni o`lib ketadi, deb o`ylashgan ekan. Ularni sog`-omon ko`rib hayron qolishibdi. Shunda bo`lgan voqeani Bulbullar aytib beribdi. Mehribon do`stlariga rahmat aytib, shoxdan-shoxga qo`nib jo`rovozlikda shunday sayrashibdiki, hamma yoqimli qo`shiqdan bahramand bo`libdi.
Shunga aytishadi-da “ Do`st- yomon kunda bilinadi” deb!
H.MURTOZAYEVA
Do'stlaringiz bilan baham: |