Haqidagi fan


 Metrologik oʻlchashlarga boʻlgan talabning oshishi



Download 464,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana09.04.2023
Hajmi464,54 Kb.
#926347
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Haqidagi fan

 
1.4. Metrologik oʻlchashlarga boʻlgan talabning oshishi 
Oʻlchashlarga qoʻyiladigan umumiy talablar MИ 2091-90 “OʻDT. 
Kattliklarni oʻlchash. Umumiy talablar" tavsiyalari bilan oʻrnatiladi.
Oʻlchashlarga tayyorgarlik koʻrishda ba’zi normativ-texnik hujjatlarda 
umumiy qabul qilingan va belgilangan qoidalarga muvofiqligini hisobga olish kerak: 
- oʻlchash natijalari GOST 8.417 talablariga javob beradigan kattalik 
birliklarida ifodalanishi kerak; 
- oʻlchashlar sinovdan va qiyoslash (kalibrlash)dan oʻtgan oʻlchash 
vositalari yordamida amalga oshirilishi kerak; 
- eng mas’uliyatli, takrorlanadigan va murakkab oʻlchashlarni amalga 
oshirish qoidalarini oʻlchash usullari bilan tartibga solish tavsiya etiladi; 

oʻlchashlarni 
rejalashtirishda 
oʻlchash topshirigʻining toʻgʻri 
qoʻyilganligini tahlil qilish, oʻlchash xatoligi, oʻlchashlar soni, operatorning 
malakasi, oʻlchash natijalarini taqdim etish shakli uchun talablarni belgilash va 
ularning bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish kerak. 
Oʻlchash topshirigʻining toʻgʻri qoʻyilganligini tahlil qilish quyidagilarni 
oʻz ichiga oladi: 
- oʻlchash obyektning xususiyatlariga mos keladigan modelni tanlash. 
Modelni tanlashda tanlangan modelning oʻlchash obyekti bilan mos kelmasligi va 
oʻlchash uchun sarflanadigan vaqt davomida oʻlchanadigan fizik kattaliklarning 
beqarorligi tufayli yuzaga keladigan xatoliklarning miqdori ruxsat yetilgan oʻlchash 
xatoligi chegarasining 10% dan oshib ketmasligi kerak; 
- oʻlchanadigan parametrlar nomenklaturasini aniqlash; 
- oʻlchash natijasining taxminiy aniqligini va uni taqdim etish shaklini 
baholash. 
Oʻlchash natijalari xatoligiga qoʻyiladigan talablar oʻlchash 
topshirigʻining maqsadiga mos kelishi kerak. 
Oʻlchash natijasi odatda oʻlchash amalga oshirilganda paydo boʻladigan
xatolik koʻrsatkichi bilan birga keladi. Oʻlchash topshirigʻining maqsadiga qarab, 
oʻlchash natijasining xatoligi uning tarkibiy qismlari yoki ehtimoliy ishonchliligini 
koʻrsatadigan umumiy xatolik bilan ifodalanishi mumkin. 
Oʻlchashlarga qoʻyiladigan talablar qatoriga quyidagilarni ham kiritish 
mumkin:


1) Oʻlchashlar birliligini ta’minlashning davlat tomonidan tartibga solish 
sohasiga tegishli oʻlchashlar attestatlangan oʻlchash usullari (usullari) boʻyicha 
amalga oshirilishi kerak, tekshiruvdan oʻtgan tasdiqlangan turdagi oʻlchov 
vositalaridan foydalangan holda toʻgʻridan-toʻgʻri oʻlchashlarni amalga oshirish 
uchun moʻljallangan oʻlchash usullari bundan mustasno. Oʻlchov natijalari 
Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish uchun roʻxsat kattalik birliklarida 
ifodalanishi kerak. 
2) Bevosita oʻlchashlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan oʻlchash 
metodlari (usullari) oʻlchash vositalari uchun ekspluatasiya hujjatlarga kiritiladi. 
Ushbu oʻlchash usullarining oʻlchashlar uchun qoʻyilgan majburiy metrologik 
talablarga muvofiqligini tasdiqlash oʻlchash vositalarining turlarini tasdiqlash 
jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa hollarda, oʻlchash usullarining oʻlchashlar 
uchun belgilangan majburiy metrologik talablariga muvofiqligini tasdiqlash 
oʻlchash usullarini attestatlash orqali amalga oshiriladi. Attestatlangan oʻlchash 
usullari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar attestatlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 
va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oʻlchashlar birliligini ta’minlash uchun 
“texnik jihatdan tartibga solish” agentligi axborot fondiga yuboriladi. 
3) Oʻlchashlarning bir xilligini ta’minlashni davlat tomonidan tartibga solish 
sohasiga 
tegishli 
oʻlchov 
usullarini attestatlash belgilangan tartibda 
akkreditatsiyadan oʻtgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Fan va texnikaning rivojlanishi, ishlab chiqarish texnologiyasi va 
texnikasining takomillashib borishi, shuningdek iste’molchilar talablarining ortib 
borishi natijasida mahsulotlar va xizmatlarning sifatiga boʻlgan talablar ham 
murakkablashib bormoqda. Bu esa oʻz navbatida metrologik oʻlchashlarga boʻlgan 
talablar va ularning sifatiga e’tiborning oshishiga sabab boʻlmoqda.
Tahlillarga koʻra, hozirgi kunda ishlab chiqarish sohasida oʻlchashlarning 
yagona birlikda boʻlishini ta’minlashga qaratilgan va ularni oʻtkazishga 
sarflanadigan xarajatlar mahsulotni tayyorlashga ishlatiladigan umumiy sarf-
xarajatlarning 20 foizini tashkil qilmoqda. Boisi, qaysi sohani olmaylik, birgina 
notoʻgʻri oʻlchash jiddiy xatoliklarga sabab boʻlishi mumkin. Masalan, ishlab 
chiqarishda - sifatsiz mahsulot, tibbiyotda – notoʻgʻri tashxis, qurilishda - aniq 
asosga ega boʻlmagan bino-inshootlar, ekologiyada atrof-muhitning zaharlanishiga 
olib kelishi hech gap emas. 
Yurtimizda mamlakatimiz rahbarining metrologiya tizimiga boʻlgan e’tibori 
natijasida 2018-2022 yillar davomida davlat byudjetidan 21 dona etalon xarid qilish 
uchun 5,8 million dollar ajratilib, milliy etalonlar bazasini 33 taga yetkazish 
rejalashtirildi.


Ayni 
paytda 
respublikada 
yuqori 
aniqlikdagi 
oʻlchashlarning 
kuzatiluvchanligini ta’minlash maqsadida milliy etalonlar soni 9 tadan 23 taga 
yetkazilib, 10 ta kalibrlash laboratoriyalari tashkil etilgan. Mazkur laboratoriyalarda 
oʻlchash vositalari kalibrlashdan oʻtkaziladi, ya’ni oʻlchashlarning haqiqiy 
qiymatini aniqlash uchun ular etalon bilan solishtiriladi. 
OʻzMMI DK faoliyatini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar sifatini 
oshirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Shu maqsadda, 2017–2020 
yillarda jami 5 milliard soʻmlik 133 dona oʻlchash uskunalari xarid qilinib, qiyoslash 
va kalibrlash boʻyicha 45 ta yangi oʻlchash uslubi oʻzlashtirildi
1


Download 464,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish