1.2. Fanning rivojlanish tarixi haqida qisqacha ma’lumot
Metrologiya fani ham koʻpgina fanlar kabi qadimiy fanlardan hisoblanadi,
uning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Kishilarning oʻlchashlarga boʻlgan
ehtiyoji qadim zamonlardayoq yuzaga kelgan, ular kundalik hayotida har xil
kattaliklarni: jismlarning oʻlchamlarini (uzunligi, eni, massasini, …), masofalarni,
yuzalarni, vaqtni va hokozalarni oʻzlari yaratgan oʻlchash vositalari va usullari
orqali oʻlchay boshlaganlar. Dastlabki oʻlchash birliklari insonning muayyan tana
a’zolariga muvofiklikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan boʻlib, ular
antropometrik
deb ataladi. Masalan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida yashovchi
xalqlar uzunlikni oʻlchashda quyidagi birliklardan foydalangan: qarich (qoʻl
panjalari yozilgan-da bosh va jimjiloq barmoqlarining uchlari orasidag masofa),
quloch (ikki yon tomonga uzatilgan qoʻllarimizning uchlari orasidagi masofa), gaz
(yon tafafga uzatilgan qoʻlning uchudan koʻkrak oʻrtasigacha boʻlgan masofa),
qadam (inson yurganida oyoqlari orasidagi masofa) va hokozalar. Rossiya va G‘arb
mamlakatlarida esa oʻziga xos birliklar qabul qilingan: ladon (bosh barmoqni
hisobga olmaganda qolgan toʻrttasining kengligi), pyad (yozilgan bosh va
koʻrsatkich barmoqlar orasidagi masofa), fut (oyoq tagining uzunligi) va boshqalar.
Bundan tashqari massa, hajm kabi kattaliklarni oʻlchashda ham oʻziga xos birliklar
qoʻllanilgan [34].
Oʻlchashlarda qoʻllanilgan birliklarning ba’zilari tabiatda mavjud narsalarga
asoslangan holda hosil qilingan. Masalan, karat (turli qimmatbaho toshlarning
oʻlchov birligi sifatida keng qoʻllanilgan birlik boʻlib, «nuxotcha» ma’nosini
anglatadi), gran («boʻgʻdoy doni» ma’nosini bildiradi), arpa doni (massa va
uzunlikni oʻlchashda qoʻllanilgan), tomchi va boshqalarni aytish mumkin. Tabiiy
oʻlchovlarning yana biri hamma yerda ishlatiladigan vaqt oʻlchovlaridir.
Munajjimlarning koʻp yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi
sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik Yerning oʻz oʻqi atrofida
bir marta toʻla aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan.
Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha boʻlgan II asrdayoq vaqtni “mina” deb
atalgan birliklarda oʻlchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt orlagʻiga
teng boʻlib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm boʻlgan suv soatidan massasi
taxminan 500 grammga teng boʻlgan «mina suvi» oqib tushgan. Keyinchalik «mina»
soʻzi oʻzgarib, biz oʻrganib qolgan “minut” soʻziga aylangan [22].
Mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro aloqalarning va savdo-sotiq munosabatlarining
rivojlanishi metrologiya sohasidagi bilimlarning shakllanishiga va rivojlanishiga
olib keldi, shu bilan birga maxsus texnika va oʻlchash vositalarining yaratilishiga
ham sababchi boʻldi.
Hozirda metrologiya sohasi yanada tez rivojlanmoqda, chunki ishlab
chiqarish sanoatining rivojlanishi va mahsulotlarga qoʻyilayotgan zamon
talablarining bajarilishi nazorat - oʻlchash asboblariga bogʻliqdir [34].
Metrologiya fanining rivojlanish tarixida quyidagi muhim bosqichlarni
koʻrsatib oʻtish mumkin:
– 1791 yilda metr etalonining Fransiyada qabul qilinishi (1 metr Yer meridiani
uzunligining 4x10
-7
boʻlagiga teng qilib olinganligi);
– 1875 yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyaning qabul
qilinishi (bu esa mavjud metrik tizimni takomillashtirishga qaratilgan boʻlib, metr
oʻlchov birligiga asos soladi);
– 1893 yilda Rossiyada D.M. Mendeleev tomonidan oʻlchov va ogʻirlik
(tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi;
– 1931 yilda Leningrad shahrida oʻlchov va tarozi Bosh palatasi asosida D.M.
Mendeleev nomidagi Butun ittifoq metrologiya ilmiy tadqiqot institutining tashkil
topishi;
– 1960 yilda Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning qabul qilinishi. Bu tizim
boʻyicha 1 metr vakuumda toʻlqin uzunligining 1650763,73 teng qilib olinishi
(Kriptonni etalon metri);
– 1983 yilda metrni qabul qilishda yorugʻlikning vakuumda 1/299792458 bir
sekundda oʻtgan yoʻliga teng qilib qabul qilinishi;
– 1993 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida
Oʻzbekiston davlat Standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi
(Oʻzdavstandart) tashkil etildi;
– 2002 yilda Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatsiya
markazi
Oʻzbekiston
standartlashtirish,
metrologiya
va
sertifikatlashtirish (“Oʻzstandart”) agentligiga aylantirildi [22].
- 2020-yil 1-yanvardan “Oʻzstandart” agentligining “Respublika sinov va
sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat
nazorati markazi” davlat korxonasi (qisqacha “UzTest” davlat korxonasi)ga
aylantirish hamda uning muassisi etib Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va
texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti belgilandi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi
«Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-2935-sonli qaroriga
muvofiq mavjud «Milliy etalonlar markazi» davlat muassasasi, «Metrologiya
xizmatlari koʻrsatish markazi» davlat korxonasi va «Standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasining metrologik
boʻlinmalari negizida “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi
(«OʻzMMI» DK) tashkil etildi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi «Texnik
jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish
toʻgʻrisida» PF-6240-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida
Oʻzbekiston Respublikasi
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi
(qisqacha “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi”)
tashkil etildi.
Soʻngi yillarda Oʻzbekistonda metrologiya va standartlashtirish sohasida
koʻplab islohatlar va muhim oʻzgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017 yil 2-8
aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror muhim ahamiyatga ega
boʻlib, mamlakatimizda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish,
muvofiqlikni baholash, mahsulot sifatini ta’minlash borasida olib borilayotgan
ishlarning yanada kuchaytirilishi va yuqori sifatda amalga oshirilishiga asos boʻlib
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |