Aim.uz
Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlari; кompyuterlarning turlari; kompyuter arxitekturasi va tashkil etilishining tamoyillari; kompyuterlarning asosiy ko‘rsatkichlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Kompyuter tizimining turlari va tuzilishi; хisoblash tizimlarining arxitekturasi; ko‘p mashinali va ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari; parallel, assotsiativ va oqimli xisoblash tizimlari; klasterli ishlov berish tizimlari va superkompyuterlar; massiv-parallel tizimlar; simmetrik multiprotsessorli tizimlar; Flinn klassifikatsiyasi; konveyerli va superskalyarli axborotlarga ishlov berish ish tartiblari; hyper-threading texnologiyasi va multitasking tizimlar haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Kompyuterlarni tashkil qilishning mantiqiy asoslarini; Bul algebrasini; mantiqiy elementlarni; ikkilik kodlashtirishlarni biladi va ulardan foydalana oladi hamda ikkilik koddagi sonlar bilan arifmetik operatsiyalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kompyuterni tashkil qilishda qo‘llaniladigan standartlar; ma’lumot formatining standartlari; tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashish standartlari; ichki va tashqi interfeyslarning tashkil qilinish standartlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Buyruqlar tizimi arxitekturasi; operandlarning turlari va formatlari; buyruqlar tizimi; buyruqlarning turlari; buyruqlarning formati va manzillash turlari hamda buyruqlar oqimini boshqarish haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Uzilishlar; uzilish turlari; uzilishga ishlov berish algoritmlarini biladi.
Xotira tizimlarini; xotiraga bir xil bo’lmagan ruxsatlilik tizimlarini; asosiy xotirani; statik va dinamik xotira tuzilishini; manzillanuvchi va manzillanmaydigan xotirani; doimiy xotirani; xotira turlarini joriy etish texnologiyalarini; flesh-xotirani; kesh xotirani; asosiy va kesh xotiralarga murojat qilish algoritmlarini; umumiy va taqsimlangan kesh xotirani; bir bosqichli va ko‘p bosqichli kesh xotirani; virtual xotirani; virtual xotiraning tashkil etilishini biladi.
Tizim interfeyslari; shina tushunchasi; shina ierarxiyasi; shina turlari; shina arbitri; shina protokollari; shinalar standarti haqida tasavvurga ega bo‘ladi va axborot uzatish samaradorligini oshirish usullarini biladi.
Kiritish-chiqarish tizimlarini qurilishini; kiritish-chiqarishni boshqarish usullarini; kiritish-chiqarish kanallari va protsessorlarini; kiritish-chiqarish modullarini; portlarni biladi va ulardan foydalana oladi;
Protsessor registrlari; protsessorga kiruvchi va chiquvchi boshqarish signallari; mashina takti va mashina sikllari; protsessor turlari; matritsali va vektorli protsessorlar; multiprotsessorlar; Pentium, Celeron, Intel, AMD, UltraSPARC III, Syrix firmasi protsesorlari; superkompyuterning protsessor turlari va imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Tashqi qurilmalarning turlari va vazifalarini; printer, skaner, sichqoncha, klaviatura, modem, tarmoq adapteri, strimerlarni biladi va ulardan foydalana oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |