Hamza hakimzoda niyoziy



Download 27,12 Kb.
bet4/4
Sana07.04.2022
Hajmi27,12 Kb.
#535861
1   2   3   4
Bog'liq
HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY

Har ko`ngilning orzusi shul erur obihayot,
Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz, jondir kitob...
Ko`zning nuri, dil huzuri, dillarning darmonidur,
Har qorong’u dilga go`yo mohi-tobondir kitob...
Har kimki yoshlikda qilsa ozgina g’ayrat agar,
Tez zamonda oshno bo`lmog’i osondir kitob.
Mumtoz adabiyotimizda qalam haqida juda ko`p falsafiy she’rlar yozilgan. Hamzaning “Qalam” deb nomlangan she’ri ham ana shunday asarlardan hisoblanadi. Shoir qalamni ma’rifat ramzi sifatida “Qoradir garchi izi nuri haqiqatdir o`zi” deya qadrlaydi.
Hamza “Ilm ista” she’rida yoshlarga murojaat qilib kishining ko`zlagan murod-maqsadiga erishishida ilm olishning ahamiyati katta ekanligini aytadi, yoshlarni ilm olishga, dunyo sirlarini o`rganishga da’vat qiladi. U ilmli kishi bilan ilmsiz kishini bir-biriga solishtirib ilmli kishini porloq oftobga, ilmsiz kishini qorong’u kechaga o`xshatadi. Shuning uchun ham Hamza ilm-fanning mohiyatini tushuntiradi va yoshlarni ilm o`rganishga undaydi:
... Har murodu maqsadingga yetmoq istarsan murod,
Ko`z ochib bedor bo`l: darkor ilm, darkor ilm!
Ul haqiqat oyiniga sayqal istarsan
Nihon, ilm ista, ilm ista, istag’il zinhor ilm!
Shuningdek, shoir ilm-fanni quruq o`rganib olishnigina targ’ib etmaydi, balki uning xalqqa xizmat qilishini yangi-yangi kashfiyotlar uchun kerakligini nazarda tutadi va buni bolalarga uqtiradi:
Ilm bizni yeturgay har muroda,
Bizam ilm o`lsa uchgaymiz havoda
Olim bo`lsak dunyoda,
Kelur har ish bunyoda,
Biz ham suv osti kezib,
Ham ucharmiz havoda.
Shoir ilm-fanning quch-qudratini, kishilar ongini o`stirishdagi bag’oyat katta rolini bolalarga sodda va ravon misralarda ifoda qiladi:
... Olim bo`lsak qancha biz,
Har bid’atni yanchamiz.
Jahl otlig’ dushmanni,
Ko`ksina tig’ sanchamiz.
Shoir “Hikoya” asarida bolalarni yolg`on gaprimaslikka, rostgo`ylikka chaqiradi. Bu g’oya xolasining pulini o`g’irlagan oiladagi katta o`g’ilning siri fosh etilishi vositasida ifodalanadi. Shoir sharmanda bo`lgan bola haqida gapirib, qissadan hissa chiqaradi:
O`issa, kimi bo`yla xiyonat qilur,
Bir kun o`zin sho`yla hijolat qilur.
“Toshbaqa bilan Chayon” masalining syujeti xalq og`zaki ijodida juda mashhur. Gulxaniy bu masal mazmunini nasriy yo`l bilan bergan bo`lsa, Hamza unga qayta sayqal berib, nazmda bayon etgan. Hamza masalda do`stlikni ulug`laydi, firibgarlik, tilyog`lamalikni esa qattiq qoralaydi. Toshbaqa orqali rahmdil, chin do`st obrazini yaratadi. Chayon obrazida esa yaxshilikka yomonlik qaytaruvchi, tilyog’lama, o`z so`zida turmaydigan kishilar fosh etiladi.
Shoir bolalarni tanlab, bilib do`st bo`lishga, yomon niyatli kishilar bilan xamroh bo`lmaslikka chaqiradi, kimda-kim yaxshilikka yomonlik qaytarsa, uning boshiga kulfat tushishi turgan gapligini uqtiradi. Masalda bunday xulosa chiqariladi:
Hissa, kimi g’ayrni ulfat etar,
O`z-o`zicha boshig`a kulfat yetar.
“O`qish kitobi”dagi asarlarning ko`pchiligida o`z zamonasi uchun g’oyat ilg’or fikrlar olg’a suriladi. Ayniqsa, undagi maktab, kitob, qalam, ilm, o`qituvchi, bola tarbiyasida ota-onaning roli haqidagi she’rlar, “Toshbaqa bilan Chayon” kabi ibratli asarlar hozirgi vaqtda ham kitobxonlarga manzur bo`lgan va ma’rifiy-estetik tarbiya beradigan asarlar sirasidandir. Ana shu g’oyaviy va badiiy yuksak, o`quvchilarga manzur bo`lgan asarlar “O`qish kitobi”ni o`zbek bolalar adabiyotining noyob namunalaridan deb hisoblash uchun asos bo`ladi.
Hamza 1925-yilda “Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi” darsligini yozdi. Bu kitob g’oyaviy mavzui jihatidan Alisher Navoiyning “Hayratul-abror” asariga yaqin turadi. Kitob bolalar ruhiga mos qilib, nasriy yo`l bilan yozilgan. Undagi birinchi asar – “Ilm”da ma’rifatlilik, ilmli bo`lish shunday sharhlanadi:
“Ey bolalar, har bir inson bolasiga dunyoda eng avval zarur va lozim bo`lgan narsa olamda ilmlik o`lmoqdir. Ilmsiz kishini butun inson demak ayni xatodir...”
Kitobdagi barcha darslar ana shunday tafsilot bilan boshlanadi, so`ng bir bayt she’r keltiriladi:
Ilmsiz har kishi uchsa havoga
Ko`ngil berma aningdek xudnamoga.
Hamza ilm haqidagi hikoyalaridan keyingilarini axloq, odob masalalariga bag`ishlaydi. Xususan, muallif darslikda bola tarbiyasida ota-onaning beqiyos rolini yuqori baholaydi.
Hamza bu asarida xalq og’zaki ijodidan unumli foydalangan. Asarning badiiy shaklini belgilashda bolalar adabiyotining talablari to`la ko`zda tutilgan, fikr sodda, ixcham, Ayni vaqtda, jonli til va obrazli iboralar bilan bayon qilingan.
Asarning boshdan-oyoq beva-bechora, mehnatkash omma manfaatini himoya qilish va ma’rifatga da’vat etish ruhi bilan sug’orilganligi Hamzaning haqiqiy ma’rifatparvar shoir ekanini tasdiqlaydi.
1915-yilda Hamzaning “Milliy ashulalar” to`plami bosilib chiqdi. Bu to`plamdagi she’rlarning ko`pchiligida ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib etish davom etadi. Hamza avvalgi she’rlarida ilmli va yaxshi xulqli kishilarni ma’rifatparvar deb ko`rsatgan bo`lsa, endi u o`z xalqi uchun jonini ham ayamaydigan, yuksak ijtimoiy ongli shaxslarni ma’rifatparvar deb talqin qildi. Bu uning ijodiga ijtimoiy voqelik ta’sir etganini, ijodkorning g’oyaviy tomondan o`sganini ko`rsatadi.
Shoir “Milliy ashulalar”, “Oq gul”, “Qizil gul”, “Yashil gul” va boshqa to`plamlaridagi qo`shiqlari bilan xalq ommasini madaniyatli bo`lishga undaydi, zulmdan shikoyat qiladi, ijtimoiy faollikka chaqiradi.
Mashhur tarbiyachi, atoqli shoir, dramaturg va bastakor Hamza Hakimzoda Niyoziy mehnatkash xalqni, shuningdek, yosh avlodni o`qitish, ma’rifatli qilish, tarbiyalash ishiga o`zining butun iqtidorini, umrini bag`ishladi.
O’quv darsliklar:

1. Jumaboyev M. O’zbek bolalar adabiyoti. –T.: O’qituvchi, 2002, -290 bet.


2. Jumaboyev M Bolalar adabiyoti. –T.: O’qituvchi, 2011-B. 260.
3. Zubareva Y.Y. i dr. Detskaya literatura: Uchebnik G`Y.Y. Zubareva, V.K. Sigov,
Download 27,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish