Hamza Hakimzoda Niyoziy



Download 72 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi72 Kb.
#480276
Bog'liq
5 Hamza Hakimzoda Niyoziy


Hamza Hakimzoda Niyoziy
(1889—1929)

O`zbek xalqining to`ng`ich pedagogi, shoir, adib, dramaturg, kompozitor Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 yil 16 iyulda Qo`qon shahrida tabib oilasida tug`ildi. Hamza o`zining o`qishga bo`lgan zo`r ishtiyoqi tufayli 12 yoshidayoq to`la xat-savodli bo`lib yetishadi. 1906 yilda madrasaga kirib o`qiy boshlaydi, Biroq, madrasa ta`limi Hamzani qanoatlantirmaydi. Shunga ko`ra u mustaqil suratda Lutfiy, Alisher Navoiy, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat asarlarini o`qib o`rganadi.


Hamza turmushda ko`p qiyinchiliklarga duch keladi, ilm-fanga havasi zo`r bo`lsa-da, ko`ngildagidek o`qiy olmaydi. Bu ahvolni keyinchalik eslab, unga sabab «Ota-ona taassubi va hukumat istibdodi, faqirlik» ekanini ko`rsatib o`tadi.
1909—1910 yillarda Namangan, Toshkent shaharlarida yolg`iz, og`ir ahvolda yashadi. Shunga qaramay «Ko`kaldosh» madrasasida o`qidi. Biroq bu madrasadagi ta`lim uni qanoatlantirmaganligi, iqtisodiy qiyinchiliklar sababli Hamza o`qishdan ketishga majbur bo`ldi. U o`sha og`ir ahvolni tasvirlab yozgan xotira xatida shunday deydi:

Hamisha yaxshi yurdim, bovujud otim yomon bo`ldi,


Shakardek so`zlarim ota-onamga bir tikon bo`ldi,
Kechib farzandidan, dushmanlarga mehribon bo`ldi,
Boshimda ota-onam, men yurarman darbadarlikda,
Yuray bir yo`la endi kim qator bepadarlikda.

Hamza yozuvchilik ishiga 1905 yildan, 16 yoshidan boshlab kirishgan. Uning shaxsiy arxivida saqlangan materiallar orasida 1905—1914 yillar mobaynida yozilgan 214 she`rining ro`yxati bor. Hamzaning «Devon»iga 214 she`rdan 197 tasi kiritilgan.


Hamza 1911 yili Qo`qonning Hojibek guzarida maktab ochib, yetim va kambag`al bolalarni o`qitadi, o`quvchilar uchun «Yengil adabiyot», «O`qish kitobi» o`quv qo`llanmalarini yaratadi. Maktabda o`qish-o`qitish ishlariga ba`zi bir o`zgarishlar kiritib, quruq yod olish uslubini yo`qotishga harakat qildi. O`quvchilarni urish va so`kishni taqiqladi, sinfdan tashqari tarbiyaviy mashg`ulotlarga ko`p e`tibor berdi, ona tili darsiga alohida ahamiyat bilan qarab, mashg`ulotlarga ko`proq vaqt ajratdi.
H.H.Niyoziy 20 yillik o`qituvchilik faoliyati davomida yoshlar tarbiyasi masalasida amaliy va nazariy jihatdan muhim g`oyalarni olg`a surdi.
Hamzaning ijodiyoti, o`qituvchilik faoliyati chor hukumati amaldorlarini tashvishga soladi. Ular Hamza maktabini «Xavfli, bolalarni buzuvchi, din va ma`rifatdan ozdiruvchi maktab», deb qoralab yopib o`zini ta`qib etadilar.
Hamza 1913 yil fevralda chet ellarga ketadi: Afg`oniston, Hindiston, Makka, Madina, Shom (Suriya), Bayrut, Istambul, Odessa shaharlarida bo`lib, 1914 yil boshlarida Qo`qonga qaytadi. 1915 yili Marg`ilonda maktab ochadi, muallimlar tayyorlaydigan kurs tashkil etadi.
Hàìçà ìàúðèôàòíè êåíã õàëq îììàñèãà òàðqàòèø òàðàôäîðè ýäè. Êàìáàg`àë áîëàëàðèíèíã o`qèøèíè äîèìèé òàúìèíëàø íèÿòèäà óëàðãà ìîääèé yoðäàì áåðèøiíi maqsad qilib “Yordam jamiyati” tuzdi.
“Yordam jamiyati” o`qituvchilarning o`zaro yiqqan mablag`lari asosida faoliyatini boshladi-yu, lekin ko`p o`tmay podsho hukumatining qattiq ta`qibidan so`ng tarqatib yuborildi.
Hamza Hakimzoda 1915—1916 yillarda yaratgan “Oq gul”, “Qizil gul”, “Pushti gul”, “Sariq gul” kabi ashulalar to`plamlarida, “Milliy roman yoxud yangi saodat” qissasi, “Zaharli hayot” kabi drama asarlarida mehnatkash xalqni o`qishga, ilm o`rganishga da`vat etadi:

Dema inson balki hayvon, kofiri mo`min esa,


Jalil g`ofillik bilan qilmoq istasa inkor ilm.
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Kim bilurdi odamu olam nadur, hayvon nechuk?
Bo`lmasa erdi agar insonda bu asori ilm,
Qaysi bir mavjud boqsang bilmoqqa kayfiyatin,
Lozim o`lgay topmoqqa avval o`qib axbor ilm.

Hamza 1918 yil Farg`ona shahriga borib o`qituvchilik ishini davom ettiradi. Shuningdek, u Farg`onada teatr san`atini yaratishda katta tashabbus ko`rsatadi. Farg`onadagi yosh san`at havaskorlarini to`plab, «Sayyor dram truppa» tashkil qiladi. U shu yilning o`zidayoq, o`zining mashhur asari «Boy ila xizmatchi», «Tuhmatchilar jazosi», «Kim to`g`ri» kabi pyesalarini yozadi. Bu pyesalar Hamzaning rejissorligida sahnaga qo`yiladi va katta muvaffaqiyatga erishadi.


Hamza 1919 yilning boshlarida Qo`qondagi 1-boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Turk frontida o`zi tuzgan truppasi bilan qatnashadi. Hamza 1921 yilda Turk frontidan o`qituvchilikka qaytadi. Xorazmga borib ta`lim-tarbiya ishlari bilan shug`ullanadi. 1922—1924 yillarda Qoraqalpog`istonni Xo`jayli tumanidagi 1-bolalar uyining mudiri va o`qituvchisi bo`lib ishlaydi. Hamza 1925 yilning kuzida Farg`ona uyezdi maorifi ixtiyoriga yuboriladi. Bu yerda u xalq kuchi bilan yangi maktab binosi, klub, kutubxona, choyxona qurdiradi. 1926 yilda Hamzaning badiiy ijodidagi muvaffaqiyatlarini va jamoat ishidagi faoliyatini taqdirlab, «Xalq shoiri» degan faxriy unvoni beriladi va umrbod shaxsiy nafaqa tayinlandi.
Hamza bir qator asarlarida xalq maorifini demakratik asosda qayta qurish, xalq maorifi tizimini yaratish g`oyalarini olg`a suradi. Uning fikricha, «Insonni inson qatoriga qo`shish», insonni kamolatga yetkazish, insonni olijanob fazilatlarga ega qilib yetishtirish tarbiyaga bog`liqdir. Yuksak kuchga ega bo`lgan tarbiya, ilm, odob, hunar tarbiyasini o`z ichiga olgan bir butun jarayon bo`lishi kerak.
Demak, maktab yoshlarni ilmli, odobli qilib tarbiyalashi va hunarga o`rgatishi kerak, Hamza Hakimzoda hunar o`rgatishni keng ma`noda tushunadi.
Hamza Hakimzoda o`z pedagogik qarashlarida har bir inson jamiyat, tabiat va hayvonot dunyosidan xabardor bo`lishi kerakligi haqida so`zlar ekan. Buning uchun ilm-fanlarni egallash zarurligini ta`kidlaydi.
Hamza Hakimzoda aqliy tarbiya haqida so`z yuritar ekan, aqliy tarbiya orqali tabiat va jamiyat qonunlarini, tabiat hodisalarini, ular o`rtasidagi bog`liqlikni bilish kerakligini aytadi. Shoir ana shunday ma`lumotga ega bo`lgan va jamiyat, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan yoshlarni yetishtirishga da`vat etadi.
Hamzaning fikricha, bolalarni shunday barkamol kishi qilib yetishtirish uchun o`qituvchining o`zi chuqur bilimga ega bo`lgan, qobiliyatli va yuksak axloqiy fazilatli bo`lishi kerak.
Hamza Hakimzoda ta`lim-tarbiya haqida bildirgan fikrlarida bolalarning sog`lom bo`lishiga ham e`tibor beradi. U ayniqsa, ta`lim-tarbiyada ota-onalarning muhim o`rin tutishini ta`kidlaydi, bolaning go`zal axloqli bo`lib kamol topishi uchun oila muhitida tarbiyaning to`g`ri yo`lga qo`yilishi zarurligini aytadi. Shoirning fikricha bola — odobning boshini ota-onadan oladi, o`rganadi, bunga jiddiy e`tibor berilmasa tarbiya juda qiyin kechadi va yomon oqibatlarga olib borishi aniq ekanligini aniq-ravshan bayon etadi.
Hamza Hakimzodaning axloqiy tarbiya xususidagi qarashlarida yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash ham alohida o`rin egallaydi. Uning fikricha, yoshlardagi insonparvarlik kishilarning qadr-qimmatini anglash, uni hurmat qilish, insoniy huquqlarini himoya etish, ularga hurmat bilan muomala qilishdan iborat bo`lishi kerak.
Yoshlarni insonparvalik ruhida tarbiyalash ularda o`ziga yaqin bo`lgan kishilarga, avval ota-onasiga samimiy muhabbat tuyg`usini rivojlantirishdan boshlanishi kerak. Shu tufayli ham, shoir o`z darsliklariga kiritgan bir qator she`r va hikoyalarida bolalarni o`z ota-onalariga mehribon bo`lishga, ularni qadrlashga va hurmat qilishga chaqiradi.
Hamza Hakimzoda o`zining «Baxil», «Sahiy», «Zolim», «Rahm», «Xiyonat», «Xoin», va «Sadoqat» hikoyalarida yoshlarni sadoqatli, kishilarga mehribon va g`amxo`r qilib tarbiyalash, ularda baxillik, zolimlik, zo`ravonlik, xiyonat va xoinlikka nafrat tuyg`ularini tarbiyalash g`oyasini ilgari suradi.
«Ey bolalar, — deb yozadi «Qiroat kitobi»da Hamza, — baxil deb o`zidagi bor narsalarni muhtojlardan ayagan kishilarga aytiladi. Baxil uch qismdadir: bularning birinchisi baxil, ikkinchisi xasis, uchinchisiga ... deyilur, ular o`zlari ham yegani ko`zlari qiymay, birovga ham bermay... 40—50 yil narsa qilib, bir kunda qancha joyga ko`chirib, o`lar vaqtida 10—15 kun ilgari tilsiz, oyoqsiz qolib, nafaslari ichida o`lib keturlar. Ayrimlar borki, kamol rashklikdan jonlaridan kechib, o`zlarini o`ldirurlar».
Hamza sahiylarni ta`riflab: «Sahiylar, o`zlari halol qilib topadi. O`zlari ham yeydi, boshqalarga ham beradi. Birov iltimosini qaytarmaydi... ko`priklarni tuzatadi, beva-bechoralarga osh-non, kiyim-bosh qilib beradi. Yetim bolalarni maktablarga berib o`qitadi, ular doim umum foydasi tegadigan ishlarni qiladi. Umum foydasi uchun jonidan ham kechurlar», deydi.
Hamza Hakimzoda fikricha, bolalarni, sabr-toqatli, sabot va matonatli qilib tarbiyalash kerak. Uning fikricha: "Shitobning ziddi—dushmani — sabrdir. Sabr — chidamli, ya`ni har ishda ... oshiqmaslik ... sabrli kishilarda pushaymon va armon bo`lmas ... sabr kishilarning yuragi bo`lib, dunyodan balo kelsa-da, ko`kragiga yetmay yo`q bo`lib ketar. Sabrli kishilar har yerda izzatlik, har kim qarshisida hurmat va obro`li bo`lur. Sabrli kishilarni har kim sevar va chin ko`ngilidan do`st tutar ... agar sabrga o`zini bilib o`rgatib olgan kishi so`ngra ... og`irlik pisandiga ham kelmay qolur".
Hamza sabrga bergan ta`rifini shunday xulosalaydi:

«Sabrdin topgay ulug` mansab kishi,


Besabrdin bo`lmagay o`ng hech ishi».

Hamza Hakimzoda o`z pedagogik faoliyatida va adabiy ijodida xotin-qizlarning ilm olishiga, jamiyat ishlarida faol ishtirok etishlariga jiddiy e`tibor berdi.


Hamza o`zining xarakter xususiyatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan shaxs edi. U g`ayratli, jasoratli, tinib-tinchimaydigan ijodkor sifatida ko`z oldimizda gavdalanadi. Doimo nimalarnidir yaratish va tashkil qilish, nimalargadir bosh qo`shib, faollik ko`rsatish bilan band edi. U bir qarasangiz, maktab ochib mazlum bolalarni o`qitar, bir qarasangiz, truppalar tuzib, elga konsert va spektakllar ko`rsatar, yana bir qarasangiz, Turkiston fronti bo`ylab yurib, jangchilar xizmatida bo`lar, go`yo, hayot uni zarur nuqtalarga chorlar, shoir esa «Labbay», deya o`zining san`atkorlik, binobarin fuqarolik burchini ikkilanmasdan ado etardi.
Hamza Hakimzoda Shohimardonda bo`lgan vaqtida ham o`z ilg`or fikrlarini targ`ib qiladi. Ammo u bu yerda joylashgan dushmanlar tomonidan 1929 yil 18 martda fojiali halok qilinadi.
O`zbek xalqining sodiq farzandi Hamza Hakimzoda ajoyib pedagog, yozuvchi va kompozitor sifatida o`z xalqiga sidqidil bilan xizmat etdi. U mehnatkash xalqni ma`rifatli qilish, yosh avlodlarni har tomonlama bilimli qilib yetkazish yo`liga hayotini bag`ishladi.
Umuman, Hamza Hakimzoda Niyoziy respublikamizda pedagogik fikrning rivojiga salmoqli hissa qo`shgan mohir pedagog shoirdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


1. I.A.Karimov. «Ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik». T.: O`zb, 1994 y.
2. I.A.Karimov. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O`zbekiston, 1997 yil
3. Ibn Xalmiqon haqida. Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» kitobidan olindi. T. Abdulla Qodiriy nomidagi Xlaq merosi nashiriyoti,
4. Abu Nasr Forobiy. Risolalar. Mas`ul muharrir O`zbekiston respeblikasi FA haqiqiy a`zosi M.M.Xayrullayev. T. «FAN», 1975.
5. www.ziyonet.uz
Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish