Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti Hamza Hakimzoda Niyoziyning ilmiy asarlari Hamza Hakimzoda Niyoziyning pedagogik qarashlari



Download 45,46 Kb.
bet2/4
Sana14.04.2022
Hajmi45,46 Kb.
#551910
1   2   3   4
Bog'liq
HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODI

Ijodiy ishlari
“Devon” (1905-14)
“Ramazon” (1914)
“Yangi baxt” (1915)
“Zaharlangan hayot” (1916)
“Xushbo‘y atirgul” (1919)
“Boy ila xizmatchi”
“Maysaraning ishi” (1926)
“Paranjining sirlari” (1927)
“Farg‘ona, Buxoro va Xiva qo‘shiqlari” (1931)
Yaqin o‘tmishimizning eng yorqin va ziddiyatli ziyolilaridan biri Hamzadir.
U kim edi: dindormi yo dahriy? U paranji tashlash kompaniyasiga bosh qosh bo‘lganmi? U rostdan ham xotinboz, maishiy buzuq bo‘lganmi? Biz u haqda nimlarni bilamiz?

Yaqinda millatparvar yozuvchi Nabijon Boqiy tarixiy dalillar asosida hujjatli roman yozib tugatdi.

(Bugungi yoshlar N.Boqiyning O‘zb.SSR KGBsi arxivini obdon o‘rganib, Qodiriyning fojiaviy o‘limi haqida “Qatlnoma”, Tojikiston kompartiyasi arxivini yillab titkilab, “bosmachi”lik harakati va turk generali Anvar posho haqida “Chingiz afandiga maktublar” kabi hujjatli qissalar yozganidan ko‘p ham xabardor bo‘lmasa kerak. Mazkur asarlari xorijiy davlatlarda juda mashhur va qayta-qayta nashr etilayotir. Ajabmaski, yaqin yillar ichida o‘zbek o‘quvchilari ham adibning ajoyib va nodir asarlaridan bahramand bo‘lib qolsa...)

Xullas, millatning jonkuyar yozuvchisi Nabijon Boqiy bilan Hamza Hakimzoda Niyoziy shaxsiyati va hali “siyohi qurimagan” “Qizil toshbo‘ron” romani haqida suhbatlashdik.

– Nabijon aka! Avvalo yangi romaningizni yozishga undagan omillar va asarning yaratilish jarayoni haqida gapirib bersangiz.
– Bilasizmi, buni yozish uchun hozirlikni taxminan 25 yillar avval boshlagandim. O‘zbekiston davlat arxiviga borsangiz, Hamzaga tegishli hujjatlarni olganlar ro‘yxatida albatta mening ismi sharifimni topasiz. Hatto ulardan nusxa ko‘chirib, Qo‘qondagi muzeyiga ham olib borib berganman. Rasmiy hujjatlardan tashqari, Hamza haqida yozilgan xotiralarni o‘qidim, ma’lumotlarni o‘sha paytdagi mahalliy matbuot nashrlaridagi xabarlar bilan solishtirdim.

Ijtimoiy tarmoqda mening sahifamni kuzatganlar hali Qo‘qon, hali Xiva, hali Shohimardonga borganimni ko‘rib, bekorchilikdan aylanib yuribdi, deb o‘ylasa kerak. Men bekorchixo‘jamasman. Qolaversa, xonada o‘tirib hissiz va tuzsiz “e’jod” qiladigan g‘o‘r yozuvchi ham emasman. Hamza haqidagi asarni ikki yil davomida sutkasiga o‘n soatlab o‘tirib ishladim. Ishonsangiz, romanni yetti marta qayta yozdim. Birorta asarim ustida bunchalik ko‘p o‘tirmaganman. Buyuk o‘rus yozuvchisi Tolstoy ham “Urush va tinchlik” ustida shunday ishlagan.

Shu davr ichida bitta xulosaga keldim: BIZ HAMZANI YaXShI BILMAS EKANMIZ!

– Nabijon aka, bizga ham shu qiziq: Hamza kim? U haqda bugungi odamlarning, ayniqsa, dindor kishilarning bilgani shu: u din dushmani, paranji tashlash kompaniyasining yalovbardori, muqaddas dinimizni hajv qilib she’rlar yozgan shakkok shoir, sovet davlatining mafkuraviy targ‘ibotchisi... Yana xotinboz bo‘lgani uchun toshbo‘ron qilingan battol shaxs deb bilsa kerak.
– Eeeee... Nimalar deyapsiz?! Hamzaxon 1911 yilda, ya’ni 23 yoshida islomning asosiy arkonlaridan biri bo‘lmish haj amalini ado etib qaytgan asl musulmon edi. Cho‘ntagida oltmish so‘m bilan Yaratganga tavakkal qilib muqaddas tuproqlarni ziyorat qilish uchun otlangan hoji edi. U bugungi ayrim kishilarday gunohni qila-qila, birovlarning haqini yeb-yeb, endi gunohimni yuvib kelay degan chuchmal tushuncha bilan borgan g‘ofillardan emasdi.

Hamza Shohimardonda xurofot ahlining dumini tukkani ayni haqiqat va uning bu ishi sovetlar davrida dinga qarshi kurashchi sifatida talqin qilingan. Iflos kommunistlar bu bilan ham Hamzaning, ham dindorlarning sharafini bulg‘aydi, nomiga dog‘ tushirishga erishadi. Xalqimiz judayam sodda, ayniqsa, diniy tushunchalarda o‘ta hassos. Bundan o‘sha kamnomuslar unumli foydalangan. Xotinboz deyilganiga kelsak, uning nikohida xotini bo‘lgan, ammo hozirgi arbobcha va shoirchalarga o‘xshab o‘ynashi bo‘lmagan. Dinni hajv qilgan biror asarini ko‘rsatib bera olasizmi? Xurofot ahliga qarshi kurashgani bor gap, ammo dinga, asl dindorlarga qarshi emas. U besh vaqt namozini kanda qilmagan, islomiy ruknlarga qat’iy rioya etadigan pokdomon kishi bo‘lgan. Arab tilini, fors tilini mukammal bilgan, eng qizig‘i, otasiga arabcha, forscha maktublar yozgan. Bu otasining ham savodli kishi bo‘lganini tasdiqlaydi.


Download 45,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish