Bu esa, subyektning konfliktga jalb qilinganligi darajasini, konfliktni hal qilish imkoniyati va usullarini belgilab beradi.
3.Konfliktlar sohalari va tipologiyasi .
Konflikt sohalari. Konflikt subyektlari va ularning namoyon bo’lish sohalariga qarab konfliktlarni quyidagiturlarga bo’lish mumkin: iqtisodiy, siyosiy, millatlararo, turmush, madaniy va ijtimoiy konfliktlar.
Bozorga o’tishda boshqacha manzarani kuzatish mumkin. Mohiyatiga ko’ra bozorning o’zi doimiy konfliktlar uchun maydondir, biroq u raqobat kurashi yoki raqibini siqib chiqarish ko’rinishida emas, balki, avvalo, dialog, ba’zida sherigini foydali kelishuvga majburlovchi turli harakatlar (tahdid solish, shantaj, zo’rlik) bilan birga ro’y beradigan savdo bitimlari shaklida yuzaga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |