3. Konfliktlar odamlar orasidagi yaxshi munosabatlarni buzadi.
Noto’g’ri stereotip fikr. Aslida konflikt jarayonining o’zi emas, balki mazkur konfliktni ijobiy boshqara olmaslik insonlar orasidagi munosabat va aloqalarni buzadi.
Har qanday yuzaga kelgan konflikt jarayonida inson o’zini tuta bilsa, oppozision tomonlar o’rtasida hurmat va o’zgalar fikrini anglashga urinish mavjud bo’lsa, tomonlar -dushmanlar sifatida emas, balki, ziddiyatlarni muhokama qilib, o’z manfaatlarini ifoda qiluvchi tomonlar sifatida o’zini tutsa, konflikt odamlar orasini buzmaydi, aslida ularning munosabatlarini mustahkamlaydi. Konflikt aslida ikki qarama-qarshi tomon uchun sinov jarayoni hisoblanadi. Hurmat, o’zgalarning manfaatlarini hurmat qilish, o’z manfaatlarini ham tushuntirishga intilish, o’zaro manfaatlar uyg’unligini topa bilish – konfliktlarning har doim odamlar orasini yangi munosabatlar asosida qurilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Boshqalarga yaxshilik qilish va o’z manfaatlarini muhofaza qilishni birlikda ushlagan odam o’zini ham, boshqalarni ham konflikt vaziyatlardagi ijobiy munosabatlarini saqlab qolgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |