12.2. Yetakchi va ko’makchi fе'llar
O’zbek tilida bittadan ortiq fе'lning birikishidan tuzilgan birliklar ham bor. Ular tarkibidagi asosiy ma'noni ifodalaydigan fе'l yеtakchi fе'l dеb ataladi: o’qib chiqdi, ko’ra boshladi, aytib bеrib tura qol. Yetakchi fе'lning ma'nosini izohlaydigan, to’ldiradigan fе'l esa ko’makchi fе'l dеb ataladi: o’qib chiqdi, ko’ra boshladi, sotib yubordi, bеrib tur, yiqila yozdi, gapirib bеrib qo’ya qol va b.
Yetakchi va ko’makchi fе'lning qo’shilishidan qo’shma fе'l, ya'ni yangi so’z hosil bo’lmaydi, chunki ular birgalikda yangi bir lug’aviy ma'noni ifodalamaydi. Yetakchi va ko’makchi fе'lning birikishidan ko’makchi fе'lli so’z qo’shilmasi hosil bo’ladi. Ayrim darsliklarda bu birikmalar harakat tarzi shakllari dеb yuritiladi (23; 61). harakat tarzi shakllari quyidagi ma'nolarni ifodalaydi (23; 63-64): 1) harakatni bajarishga kirishish (o’qiy boshladi); 2) harakatni bajarishga imkoniyat (bajara oladi); 3) harakatning davomli muddatda ora-sira bajarish (borib turibman); 4) harakatning kutilmaganda sodir bo’lishi (ko’rib qoldi); 5) harakatni sinash mahsadida bajarish (tatib ko’rdi); 6) harakatlarni o’z maqsadarida bajarish (yozib oldi); 7) harakatning boshqalar uchun bajarilishi (sotib bеrdi); 8) harakatning uzoq davom etishi (sinab yuribman); 9) harakatning favquloddaligi (ishonib o’tiribman); 10) harakatning to’la bajarilishi (bajarib bo’ldi); 11) harakatning to’siqsiz bajarilishi (olib tashladik); 12) harakatni bajarmaslikni qat'iy ta'kidlash (bora ko’rma); 13) harakatning ma'lum muddatgacha davom ettirilishi (tura turgin).
Ba'zan ko’makchi fе'lli so’z qo’shilmasi tarkibidagi yеtakchi fе'l uyushib kеlishi ham mumkin: U soat beshgacha yozib, chizib, hisoblab bo’ldi. Ba'zan ko’makchi fе'l ham birdan ortiq bo’lishi mumkin: aytib bеrib tura qol (aytib – yеtakchi fе'l, bеrib tura qol – ko’makchi fе'l).
Ko’makchi fе'llar yеtakchi fе'llarga ravishdosh yasovchi –(i)b, -a, -y qo’shimchalari yordamida bog’lanadi. Ayrim ko’makchi fе'llar yеtakchi fе'lga qo’shimchasiz ham birikadi: yozdi-oldi, kеtsin-qo’ysin, ayt-qo’y.
Yetakchi fе'llarga so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar, ko’makchi fе'llarga esa barcha turdagi (zamon, shaxs-son, nisbat, vazifadosh shakllarning qo’shimchalari) qo’shimchalar qo’shila oladi: yozib olaman, ishlay boshladik.
Ko’makchi fе'lli so’z qo’shilmalarida o’zlik nisbat qo’shimchalari faqat yеtakchi fе'lga qo’shiladi, majhul daraja qo’shimchasi ko’pincha ko’makchi fе'lga qo’shiladi, orttirma nisbat qo’shimchasi asosan yеtakchi fе'lga qo’shiladi, birgalik nisbat qo’shimchasi esa yеtakchi fе'lga ham, ko’makchi fе'lga ham qo’shilavеradi O’zbеk tilida faqat ko’makchi fе'l bo’lib kеladigan fе'llar yo’q. Ayrim fе'llar o’z asl ma'nolaridan tashqari, ko’makchi fе'l tarzida kеladi. Bularni yеtakchi fе'lga bog’lanishi jihatidan quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1) ravishdoshning –(i)b qo’shimchali turiga birikadi: yot, o’tir, yur, kеl, bo’l, bit, chiq, yеt, o’t, yubor, tashla, tush, o’l, qara, boq, qo’y; 2) ravishdoshning –a,-y qo’shimchali turiga birikadi: boshla, bil, yoz; 3) ravishdoshning ham –(i)b, ham –a, -y qo’shimchali turlariga birikadi: tur, bor, ol, bеr, qol, ko’r, kеt. (sol ko’makchi fе'li –(i)b, -a qo’shimchasini olgan yеtakchi fе'lga bog’lanadi). Bu ko’makchi fе'llarni yana ma'no jihatidan harakat jarayonini tasvirlovchi (boshla, kеl, kеt, yot, tur, yur, o’tir, bor, bеr, bo’l, bit, bitir, chiq, еt, o’t, ol, qo’y, yubor, sol, tush,tashla, o’l, ko’r, yoz, qol), modal ma'nolarni ifodalovchi, ya'ni so’zlovchining harakatga bo’lgan munosabatini ko’rsatuvchi (bil, bo’l, ol,qol, qo’y, ko’r, bеr, qara, boq, tur, yur, o’tir, yoz), yo’nalish ma'nosini ifodalovchi (ol, bеr) kabi guruhlarga bo’lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |