Trassa variantlarini texnik - iqtisodiy solishtirish Trassaning mo‘ljallangan variantlari haritaga avval qalam bilan chiziladi, rahbar tomonidan tasdiqlangandan keyin esa turli rangda tush bilan ustidan chiziladi. Asosiy (qabul qilingan trassa) varianti o‘ziga tegishli yozuvlar bilan birga qizil tushda ikkinchi darajali variant esa qora tush bilan rasmiylashtiriladi.
Har-birvariant piketlarga ajratilib, raqamlar bilan belgilanadi, burilish burchaklarining nomerlari yozib chiqiladi, doirasimon egrilarning boshi va ohiridagi piketlar yozib chiqiladi. Trassa o‘qining har qaysi chizig‘i rumblar , ular ostida (mahrajda) esa oldingi egrining ohiridan navbatdagi egrining boshigacha bo‘lgan uzunliklar yoziladi. Ikkala variant bo‘yicha egrilarning elementlari (T, E, B, D, BU, EB, EO) jadvalga yoziladi
Biror transport inshooti qurilishiga ko‘yilgan dastlabki kapital quyilma S xalq xo‘jalik iqtisodiy samarasi ΔE ni beradi, u faqat yo‘l qurilishiga qadar mavjud holatga nisbatan tashishlar harajatining kamaytirilishidangina emas, balki ishlab chiqarishning o‘tish joyiga intilish sohasida samaradorligining ortishidan ham iboratdir. Bu kapital quyilmalarning samaradorligi yo‘l qurilishida erishiladigan yillik tejamning dastlabki qurilish qiymatiga bo‘lgan nisbati bilan baholanishi mumkin, u kapital qo‘yilmalarning samardorlik koeffitsienti deb ataladi:
Ye= ΔE/S
Yangi yo‘llar qurish yoki mavjud yo‘llarni va ko‘prikli o‘tish joylarini rekonstruksiya qilish, qurilish hududining yuklari va yo‘lovchilarini tashishni oqilona tashkil etishga imkon beradi va noqulay, har yili bevosita transportda va qurilish hududlarida mavjud bulgan xalq xo‘jaligining transport tarmoqlarida iqtisodiy samara olishni ta’minlaydi. Yangi yo‘llar qurish yoki yo‘llarni yoxud ko‘prikli o‘tish joyini rekonstruksiya qilishdan olinadigan xalq xo‘jalik samarasining umumiy miqdori quyidagi tashkil etuvchilardan iborat:
yuklarni va yo‘lovchilarni avtomobil transportida tashishdan olinadigan iqtisodiy samaradan; yo‘l qurilishidan voz kechilganda ham bular avtomobillarda uncha takomillashmagan yo‘llardan va uzoqda joylashgan ko‘priklar buyicha tashilgan bulardi.
istiqboldagi yuk aylanishini transportning turli hillari o‘rtasida bir muncha oqilona taqsimlash va yo‘l bo‘lmaganida temir yo‘llar hamda suv yo‘llarida tashiladigan yuklarni avtomobil transportiga quchirish (o‘tkazish)dan olinadigan iqtisodiy samaradan; muntazam transport aloqalarini ta’minlash va yil bo‘yi ishlab chiqariladigan va bir tekis iste’mol qilinadigan yuklarning zahirasini vujudga keltirish zaruratini yo‘qotish natijasida qurilishsh xududida joylashgan notransport korxonalari oladigan iqtisodiy samaradan;
qurilish hududida yangi ishlab chiqarishni rivojlantirishni va yo‘l foydalanishga kiritilgandan keyin tabiiy resurslarning yangi manbalarini o‘zlashtirishdan olinadigan iqtisodiy samaradan;
avtomobil yo‘lini ko‘priklari bilan qurilish natijasida intilish hududining obodonlashtirilishidan ishlab chiqarish sohasida olinadigan iqtisodiy samaradan;
avtomobilda tashish sharoitlari yaxshilanishi natijasida yo‘l – transport hodisalari kamayishidan olinadigan iqtisodiy samaradan.
Trassa variantlarini taqqoslashda qishloq joylarida yo‘llar qurilishidan keladigan, hali pul bilan ifodalash mumkin bo‘lmagan demografik samara hisobga olinishi kerak, u ma’muriy va madaniy markazlar bilan yil buyi muntazam aloqa bilan ta’minlanishi tufayli mahalliy aholi turmush sharoitlarining yaxshilanishi bilan bogliq bulib, buning natijasida qishloq adolisi yosh qismining shaharlarga ketib qolishi kamayadi.
Qurilish samaradorligining namoyon bo‘lishining har qanday shaklini miqdoriy jihatdan baholash, yul qurilishi natijasida yuzaga keladigan sharoitlarni qurilishdan voz kechilganida ayni xududda mavjud bulishi mumkin bulgan holatga taqqoslash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Variantlarni baholashda foydalaniladigan qiymatlarni aniq hisoblash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar “Avtomobil yullari qurilishida va rekonstruksiya qilinishida kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqdash buyicha yo‘l-yo‘riqlar” da keltirilgan.
Eng samarali loyiha yechimlari variantlarni ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi, ulardan asosiylari bir yo‘la va joriy harajatlardir. Tashishlar hajmi variantlar bo‘yicha bir xil bo‘lishi kerak. Variantlarning taqqosiy samaradorligi quyidagi formula bilan hisoblanadigan jami keltirilgan harajatlarni (variantlar bo‘yicha) taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi:
bu yerda S-qurilishning oxirgi yilga keltirilgan bir yo‘la harajatlar (kapital qo‘yilmalar); Et – t – yilga joriy harajatlar (tashishga va ta’mirlashga); T-variantlarni taqqoslash muddati; Yen– taadosiy samaradorlikning normativ koeffitsienti, u hozirgi vaqtda transport qurilishi uchun 0,12 ga teng; Yekel– joriy xarajatlarning qurilishning oxirgi yiliga keltirish koeffitsienti, hozirgi vaqtda u 0,08 ga teng.
Eng yaxshi variantga eng kam keltirilgan qiymat Rmin mos keladi. Biroq bu usul bilan faqat variantlardan eng yaxshisi aniqlanadi, biroq uning xalq ho‘jalik samaradorligi baholanmaydi.
Kapital qo‘yilmalarining haqiqiy samaradorligi
Agar haqiqiy koeffitsient 0,12 ga teng bo‘lgan normativ qiymatidan katta bo‘lsa, yo‘l va transport inshootlari qurilishini iqtisodiy jihatdan samarali deb hisoblash qabul qilingan.
Taqqoslash harakat jadalligining o‘sish sur’atiga qarab bitta hisobiy yil bo‘yicha olib boriladi.