Agar yopilgan jarohatda birorta infeksiya belgilari bo‘lsa, choklarni
shu zahoti olib tashlang va jarohatni ochiq qoldiring (186-bet).
BOG‘LAMLAR
Bog‘lamlar jarohatlarni toza tutish uchun ishlatiladi. Shuning uchun,
jarohatni qoplab turuvchi bint yoki lattalar birinchi o‘rinda toza bo‘lishi
kerak. Boglam uchun ishlatiladigan lattalarni obdon tozalab yuving, so‘ng
dazmollash bilan yoki toza, chang yo‘q joyda quyosh nurida quritish ker-
ak.
Albatta, jarohatni dastlab 180-betda aytilganidek qilib tozalang. Agar
iloji bo‘lsa, jarohat ustini avval steril bint bilan qoplang, so‘ng bog‘lang.
Bunday bintlar ko‘pincha dorixonalarda sotiladi.
Yoki o‘zingiz toza bint yoki latta tayyorlang. Uni qalin qog‘ozga
o‘rang, leykoplastir bilan yopishtiring va 20 minut duxovkada qoldiring.
Duxovkadagi latta ostiga kastryulkada suv qo‘yib qo‘ysangiz, latta kuyib
qorayib ketmaydi.
Agar bog‘lam ho‘l bo‘lib, ichiga kir o‘tsa, uni olib tashlang. Kesilgan
joyni qayta yuving va toza bog‘lam qo‘ying. Bog‘lamni har kuni almashtirib
turing.
Do'stlaringiz bilan baham: |