3-LABORATORIYA ISHI
Geliokollektorlarni issiqlik rejimlarini o‘rganish
Ishni bajarishdan maqsad:
Geliokollektorlarni radiatsion, issiqlik rejimlarini o‘rganish.
Kerakli asbob va materiallar:
Metall va shifer
asosli yassi geliokollektorlar, animometr,
termometr,
termograf, avgust psixrometri, psixrograf.
Nazariy qism
Quyosh issiqlik ta’minoti, mahsulotlarni quritish jarayonlarida quyosh nuriy energiyasini
issiqlik energiyasiga aylantiruvchi qurilmalarning tipik namunasi geliokollektorlardir. Turli
quyosh qurilmalarida quyoshning nuriy energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi
qurilma sifatida geliokollektorlar (quyosh havoqizdirgichlar) dan foydalaniladi.
Geliokollektorlar turli konstruksiyali, tuzilishi va ishlash prinsiplari ham turli tuman bo‘lib,
mazkur ishda Namangan muhandislik-texnologiya institutida geliomaydonida o‘rnatilgan va
gelioqurilmalarda ommaviy ravishda foydalaniladigan metall va shifer asosli yassi
geliokollektorlar bilan ishlanadi. Geliokollektorlar metall va shifer asosli bo‘lib, tubdan
termoizolyasion materiallar bilan himoyalangan (1-rasm). Metall va shifer yuza sirtidan 10 sm
balandlikda shaffof sirt (polimer plyonka yoki shisha) bilan qoplangan. YOn tomonlar taxta
bilan qoplangan bo‘lib, tashqaridan termoizolyasion material bilan o‘ralgan.
Geliokollektorning uzunligi 5 m, eni 1,5 m bo‘lib, ikkala kollektor parallel holda gorizontga
nisbatan 38 darajada o‘rnatilgan. Geliokollektorning chiqish joyida qizigan havoni to‘plovchi
truba o‘rnatilgan bo‘lib, qizigan havo kerakli joyga uzatiladi.
1-rasm. Metall asosli quyosh havoqizdirgichni ko‘ndalang kesimi.
Aprel-oktyabr oylarida tashqi havo temperaturasi 30-37OC daraja atrofida bo‘lganda
qizigan havo temperaturasi 60-80OC darajani tashkil etadi. CHiqayotgan
havo temperaturasi
albatta havo oqimi tezligiga ham bog‘liq. Odatda havo oqimi tezligi 0,1-0,3 m/s atrofida olinadi.
Geliokollektorlarning samaradorligi nafaqat
tashqi havo temperaturasiga,
balki geliokollektor
nur yutuvchi sirtiga ham bog‘liq. SHuning uchun metall va shifer
asosli geliokollektor
solishtirma ravishda o‘rganiladi va ularning samaradorligi solishtiriladi.
Ishni bajarish tartibi
1.
Geliokollektor o‘rnatilgan maydonda maxsus soya joyda tashqi havo
temperaturasini o‘lchash uchun termometr va termograf o‘rnatiladi.
2.
Havo namligini o‘rganish uchun maydondagi stolga
Avgust psixrometri va
psixrograf o‘rnatilib ishga tushiriladi.
3.
Geliokollektorning kirish, chiqish va bo‘ylama har bir metridagi maxsus o‘rinlarga
termometr joylashtiriladi.
4.
Geliokollektor o‘rnatilgan maydonda aktinometr va pironometr o‘rnatiladi.
5.
Har 10 minutda havo namligi, tashqi havo temperaturasi, bo‘ylama bo‘yicha har
bir metrdagi temperatura, chiqish temperaturasi o‘lchanib, jadvalga yozib boriladi.
6.
Har 10 minutda to‘g‘ri va yig‘indi quyosh radiatsiyasi aniqlanib, jadvalga tushirib
boriladi.
7.
Tajriba ikki soat davom ettirilib, olingan natija asosida jadval to‘ldiriladii.
8.
Geliokollektor kirishi va chiqishidagi temperatura va bo‘ylama temperaturaning
o‘zgarishi Microsoft Ofice excel dasturida grafik holatga ketiriladi.
Sinov savollari
1.
Gelioqurilmalarning ishlash prinsipini tushuntiring.
2.
Geliokollektorlar qanday tuzilgan.
3.
Geliokollektorlarni issiqlik rejimi qanday o‘rganiladi.
1-jadval
№
Vaqt,
t,min
T
1
tashqi?
OC
T]
m
, ос T2m,
OC
T3m,
OC
t
O
C
4m?
T5m,
OC
P,%
Q,
Vt/m
2
1
2
3
5