Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari


Xalqaro siyosiy fanlar predmeti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

Xalqaro siyosiy fanlar predmeti 
“XM nazariyasi” mustaqil fanmi yoki uni politologiyaning ajral-
mas  qismi  deb  hisoblash  mumkinmi?  Bir  qarashda,  bu  savolning 
javobi aniq: yadrosi siyosiy o‘zaro aloqalar bo‘lgan xalqaro munosa-
batlar siyosatshunoslikning ajralmas obyektidir. 
XM siyosatning har qanday boshqa turlari (iqtisodiy, ijtimoiy va 
boshqalar)ga  o‘xshab  turli  xil  vositalar  yordamida  ro‘yobga  chiqiv-
chi  manfaatlar,  maqsadlar  va  qadriyatlar  raqobati  va  muvofiqlashu-
vidan iborat.  
Bu  yerda  ichki  siyosatdagi  kabi,  gap  hokimiyat  va  zaxiralar 
taqsimoti  to‘qnashuvi  haqida  ketmoqda.  Olimlarning  fikricha,  xalqaro 
munosabatlar fanining asosiy predmeti hokimiyat munosabatlaridir. Un-
ing  predmeti  siyosiy  fanlar  predmetiga  to‘g‘ri  keladi,  faqat  geografik 
sohada  farqlanadi.  Dalil  sifatida  ichki  siyosiy  va  xalqaro  –  siyosiy  ja-
rayonlarning kuchli o‘zaro ta’siri va o‘zaro birlashib ketishiga oid fak-
tlar  keltiriladi.  Haqiqatan,  hozirgi  kunda  ichki  va  xalqaro  siyosatning 
o‘zaro bir-biriga singib ketishi fenomeni kuzatilayapti. Siyosiy fanlarni 
ichki va tashqiga ajratmasdan uning asosiy masalalarini ko‘rib chiqishga 
bo‘lgan  intilishi  tushunarli  va  samaralidir.  Gap  oxir-oqibatda,  asosida 
manfaatlar  kurashi  yotgan siyosatning  faoliyat jarayoni  sohasidagi ikki 
jihati  va  ikki  aspektiga  taalluqli.  Ammo  “Xalqaro  munosabatlar”  fani 
o‘zining uzoq yillik tarixiga qaramasdan yetarli darajadagi yirik muvaf-
faqiyatlarga erisha olmadi (bu sohadagi ilk tadqiqot mil.avvalgi V asrda 
yashab o‘tgan Fukididning “Peloponnes urushi tarixi” asaridir). Ushbu 
yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishgan yirik vakillar safiga G.Morgentau, 
R. Aron va A.Yolfers va boshqalarni kiritish mumkin. Ular ushbu feno-
menning  murakkabligini, uning ichki  va  xalqaro hayot,  psixologiya  va 
tashkilotlar  nazariyasi,  iqtisodiy  soha  va  ijtimoiy  strukturaga  bog‘liq 
ravishda bir yoqlama tushuncha emasligini nomoyon etishgan. Bu holat 
sotsiologiya,  psixologiya,  iqtisodiyot  va  matematika,  antropologiya  va 
informatika  hamda  boshqa  fanlar  imkoniyatlariga  tayangan  holda 
davlatning tashqi siyosiy faoliyatini aniq o‘rganishga yordam beradi. 
XMlar fanini avtomatlashtirishdagi asosiy to‘siq, uning obyektini 
identifikasiyalashdagi  qiyinchilik  tufayli  kelib  chiqadi.  XM  nazari-
yasining  ana’naviy  obyekti  markaziy  yoki  yuqori  hokimiyat,  xusu-


 
 
13 
san,  qonuniy  zo‘ravonlik  va  so‘zsiz  majburlov  yo‘qligi  bilan  hara-
katlanuvchi  anarxik,  betartib  maydon,  ya’ni  “fuqarolik  jamiyatidan 
oldingi  holati”  hukmron  bo‘lgan  muhit  hisoblanadi.  Bu  munosabat 
bilan Raymon Aron xalqaro munosabatlarning spesifik belgisi ularn-
ing  “urush  soyasida”  yuzaga  kelishidir  deb  hisoblaydi.  Shuning 
uchun  xalqaro  munosabatlarni  tadqiq  qilish  haqida  gap  ketganida, 
eng  avvalo,  milliy  manfaatlar  prinsipi  mutloqlashtirilishi  va 
davlatlararo  o‘zaro  ta’sir  e’tiborda  tutiladi,  lekin  dunyoning  o‘zaro 
bog‘liqligi hamda ichki va tashqi siyosatning o‘zaro birikib ketishin-
ing  o‘sishi  natijasida  har  qanday  chegaralarni  kesib  o‘tuvchi  va  ya-
gona  davlat  nazoratidan  qochuvchi  sotsial  munosabatlar  va  oqimlar 
“Xalqaro  munosabatlar”  fanining  obyektiga  aylanadi.  Boshbosh-
doqlik  xalqaro  munosabatlarning  asosiy  kriteriyalari  orasidagi 
imtiyozli  o‘rnini  asta-  sekin  yo‘qotmoqda.  Milliy  manfaatlar  haqida 
ham  shunday  deyish  mumkin.  Ba’zida  milliy  manfaatlarga  bog‘liq 
strategik  muhit  xususiyatlari  birinchi  o‘ringa  chiqadi  va  xalqaro 
munosabatlarning  anarxikligi  darajasiga  ta’sir  o‘tkazadi.  Piravord-
natijada  xalqaro  munosabatlar  obyekti,  bir  tomondan,  tartib  va  tart-
ibga 
solish 
dualizmi, 
boshqa 
tomondan, 
oldindan 
aytib 
bo‘lmaslikning  salmoqli  hissasi  bilan  xarakterlanadi.  Qayd  etilgan 
dualizmni  yagona  nazariya  doirasida  aks  ettirib  bo‘lmaydi. 
Amerikalik  olim  K.Xolstining  fikriga  qaraganda,  “Xalqaro  munosa-
batlar”  fani  uchun  nazariy  plyuralizm  murakkab  dunyoning  turli 
shakldagi realligining yagona imkoniy javobidir. Yagona nuqtai naz-
ar yoki alohida metodologiyaga asoslangan muayyan ortodonsallikni 
o‘rnatishga  urinish  bilish  progressi  imkoniyatining  haddan  tashqari 
soddalashishiga  va  kamayishiga  olib  kelishi  mumkin.  (Holst,  1989. 
P.256). Turli vositalardan foydalanadigan turli imkoniyatlarga ega va 
turli  muhitlarda  ro‘yobga  chiqadigan  siyosiy  faoliyatning  turli 
ko‘rinishlari haqida so‘z ketyapti. Lekin siyosatshunoslikning boshqa 
sohalaridan  farqli  tomoni  shundaki,  XM  nazariyasi  “kuchlar  balan-
si”, “bir va ko‘p qutblilik”, “diplomatiya”, “strategiya” kabi o‘zining 
xususiy  tushunchalari  va  muammolariga  ega.  XM  haqidagi  fan 
“milliy  manfaat”,  “muzokaralar”  va  boshqa  shu  kabi  umumsiyosiy 
tushunchalar  bilan  siyosiy  nazariyani  boyitdi.  Shu tarzda  u  o‘zining 
tadqiqot  predmetiga  ega,  nisbatan  avtonom  siyosiy  fan  sifatida 
namoyon bo‘ladi. Ammo uning to‘liq alohida fan ekanligi to‘g‘risida 
gapirishga hali erta. 


 
 
14 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish