xalqaro davlatlararo munosaba-
tlarni
o‘rganishning
uch
darajasi
borligini
tasvirlaydi:
davlatlararo tizim darajasi, davlat darajasi va uning qudrati,
salohiyati (potentsial) darajasi.
1971 yilda D.Rozenau o‘z ichiga tahlilning olti darajasini olgan
boshqa sxemani taklif qildi.
1. Siyosatning “yaratuvchi” individlari va ularning xarakteristi-
kasi.
2. Ular egallagan lavozimlar va bajarayotgan rollari.
3. Ular harakat qilayotgan hukumat tuzilishi.
4. Ular yashayotgan va boshqarayotgan jamiyat.
72
5. Milliy davlatlar va XMning boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi
munosabatlar tizimi.
6. Jahon tizimi.
Tahlilning turli darajalarini aks ettirgan tizimli yondashuvni xa-
rakterlar ekan, B.Rasset va X.Starr u yoki bu darajaning tanlanishi
ma’lumotlar mavjudliligi va nazariy yondashuv bilan belgilanishini
ta’kidlaydi. Shuning uchun bu metodni qo‘llashning har bir vaziyati-
da bir qancha turli darajalarni topish va aniqlash zarur. Bunda turli
darajalardagi tushuntirishda, darajalar bir-birini inkor qilishi shart
emas, ular bir-birini o‘zaro to‘ldirishi, shu yo‘l bilan bizning
tushunishimizni chuqurlashtirishi mumkin.
“XM nazariyasi asoslari” o‘quv qo‘llanmasi mualliflarining
hisoblashishicha, “XM nazariyasi metodi xalqaro voqealar, jarayon-
lar, muammolar, vaziyatlarning rivoji va harakatning tizimli tahlili
bo‘lib, u tashqi siyosiy ma’lumotlar va habarlar, tadqiqot usullari va
maxsus usullar, mavjud bilimlar yordami bilan amalga oshiriladi”.
Ularning nuqtai nazariga ko‘ra, bunday tahlilning boshlang‘ich
nuqtasi bolib uchta tizim tadqiqi darajasi hisoblanadi:
1.
Tarkib darajasi - uni shakllantiruvchi elementlarining ko‘p
sonliligi.
2.
Ichki tuzilish darajasi - elementlar o‘rtasidagi qonuniy o‘zaro
aloqalar yig‘indisi.
3.
Tashqi tuzilish darajasi - tizimning muhit bilan yaxlitlikdagi
o‘zaro aloqalari yig‘indisi.
Yuqorida ko‘rsatilgan tizimli yondashuvning afzalliklariga qara-
masdan, bu yondashuv ko‘pgina voqealarning ilk sabablarini
tushuntirib bera olmaydi. Bu XMni tushunish uchun juda muhim,
zotan, XMda doimo o‘zaro munosabatdagi turli voqeliklar, hodisalar,
vaziyatlar va jarayonlar sababiylikning ko‘p darajali asosiga ega,
unda tizimli nazariyaga to‘la muvofiq holda yaxlitlik miqdoran va
sifatan har doim o‘z tarkibidagi elementlaridan farq qiladi.
Tizimli tahlil ijobiy natijaga erishgan ikki sohani aytish mumkin:
bu-
strategiya va xalqaro-siyosiy qarorlarni qabul qilish jarayoni
.
Uning qolgan sohadagi hizmatlari hozircha anchagina kam. Gnoseo-
logik jihatdan bu holat shunday izohlanadi, murakkablikning ma’lum
darajasiga erishgan hech bir tizim to‘liq anglanishi mumkin emas. Bu
yerda B.Badi va M.K.Smuts e’tibor qaratgan qarama-qarshilik kelib
chiqadi: tizimli yondashuv - tizim holatini, uning elementlar biriku-
73
vining turli usullari orqali aniqlash metodi, ammo tadqiqotchi oddiy
tizimlarga tegishli doiradan chiqishi bilan uning xulosalari
to‘g‘riligini ko‘rsatuvchi asoslar kamayadi.
Bundan tashqari, XM fanida hozirgacha xalqaro tizim tuzilmasi-
ning umum qabul qilingan izohi yo‘q. Xalqaro hayotning zamonaviy
realiyalari yaqqol siyosiy realism metodologiyasiga asoslangan
“kuchlar muvozanati konfiguratsiyasi”, “ikki qutblilik” yoki “ko‘p
qutblilik” kabi cheklangan miqdordagi tushunchalarda ifoda-
lanmoqda. Sovet blokining qulashi va global ikki qutbli tizimning
halokati “kuchlar balansi”, “qutblar” kabi an’anaviy atamalar bilan
hal qilinmaydigan savollarni oldingi o‘ringa olib chiqmoqda.
“O‘zimizniki” va “begona”, ittifoqchilar va raqiblarni ajratishning
qat’iy liniyasi yo‘qoldi, kichik davlatlar, mintaqaviy o‘rta va buyuk
derjavalar harakatlarini oldindan aytish imkoniyati kamaydi. Davlat
mavjudliligiga raxna soluvchi xilma-xil xavflar va tahdidlar soni
ortdi, yadro, kimyoviy, bakteriologik qurollar va yangi qurollarning
boshqa ko‘rinishlarini tarqatishning davom etishi bu vaziyatni
keskinlashtirdi. Global xalqaro tizim o‘z struktura transformatsiyasi
va o‘zgaruvchan muhitning o‘zaro ta’siri bilan aloqador chuqur qal-
qishlarni boshdan kechirmoqda.
Lekin XMni tadqiq qilishda yanada samarali metodologik yon-
dashuvning yo‘qligi sharoitida xalqaro siyosatga tizimli yondashuvni
qo‘llash, uning yutuqlari va globalizatsiyalashayotgan dunyo hu-
susiyatlari, jahon hamjamiyatining global siyosiy tizim bilan
o‘xshashligi hisobga olinganida o‘zini oqlaydi. Ayni paytda ushbu yon-
dashuvning sanab o‘tilgan kamchiliklarini hisobga olishda ehtiyotkorlik
talab qilinadi. Ayrim hollarda bu, xalqaro tizimlar elementlarining sezi-
larli avtonomlashishiga tegishli bo‘lib, buning natijasida tizimning bir
darajasida qilingan umumlashmalarning boshqa darajaga o‘tkazib
bo‘lmasligiga ham oid. Umuman olganda, uni qo‘llashning bir qator
keng tarqalgan qoidalarini ajratish mumkin. Odatda, tizimli yondashu-
vdan davlatlararo munosabatlarni o‘rganishda foydalaniladi. Ushbu
yondashuv o‘rganilayotgan obyektni (davlat, ittifoqlar yoki davlatlar
bloki) mintaqaviy va submintaqaviy kichik tizim, umumsayyoraviy
(global) xalqaro tizim bilan o‘zaro aloqada ko‘rib chiqishni mo‘ljallaydi.
XM taraqqiyotidagi yangi tendensiyalarni hisobga olgan tizimli
yondashuv, shunday bo‘lsa-da, siyosiy realizmning asosiy holatlariga
asoslanishni davom ettirmoqda. Bu holatga ko‘ra, buyuk derjavalar
74
yoki oliy super derjavalar sonini aniqlash, hokimiyat taqsimoti
tahlili, davlatlararo nizolar tahlili va boshqalar talab qilinadi.
Ko‘pgina vaziyatlarda kuchlar munosabati konfiguratsiyasi, aktorlar
ierarxiyasi, tarkibning gomogenligi yoki geterogenligi, xalqaro tizim
“rejimi”ning aniqlanishi tahlil asosi hisoblanadi.
Tizimli yondashuvning u yoki bu darajasining tanlovi mavjud
ma’lumotlar va nazariy yondashuv, analiz obyekti va predmeti bilan
belgilanadi.
Xalqaro siyosiy hayotning murakkabligi va biryoqlama emas-
liligi hamda bu holat bilan bog‘liq holda chegaralangan tizimli yon-
dashuvni XM tahlilining boshqa yondashuvlari bilan birgalikda
qo‘llashni talab qiladi. Bu yerdan uning boshqa quyidagi metod-
ologik yondashuvlar bilan faol o‘zaro munosabat (tadqiqot vazifalari
va tadqiqot obyektiga bog‘liq holda)ga kirishishi nazarda tutiladi:
ijtimoiy,
iqtisodiy,
an’anaviy-tarixiy, strukturaviy-funksional,
madaniy, institutsional, harbiy-strategik va developmentalistik yon-
dashuvlar. Bu yo‘l bilan tadqiqot xulosalarining ishonchliligi va val-
idlik darajasi orttiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |