Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari


Hayotiy  muhim  milliy  manfaatlar



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

Hayotiy  muhim  milliy  manfaatlar
  (XMMM)  -  davlatning 
yashashi  havfsizlik  va  yashovchanlik  uchun  birinchi  darajali 
ahamiyatga ega bo‘lgan manfaatlar bo‘lib, ularning himoyasi davlat-
ning barcha vositalarni qo‘llashga, hatto kuch ishlatishga ham tayyor 
turish kerak. 
2.
 
Muhim milliy manfaatlar
 bizning millat sifatida yashab qol-
ishimizni  belgilamaydi,  ammo  bizning  milliy  farovonligimizga  va 
yashayotgan dunyomiz xarakteriga ta’sir qiladigan manfaatlardir. 
3.
 
Unchalik  muhim  bo‘lmagan  manfaatlar
  -  gumanitar  va 
boshqa sohalarni qamrab oladigan manfaatlar. 
Vositalar
  -  maqsadga  erishish  yo‘llari,  usullari,  metodlari  va 
qurollari. 
Srategiya
  -  a)  davlat,  jamiyat,  ularning  strukturasi,  shuningdek, 
davlat va siyosiy arboblarning barcha qonuniy vositalar bilan ustuvor 
maqsad  va  vazifalarga  erishishi  ta’minlanadigan  yaxlit  faoliyat;  b) 
tahlil,  umumlashtirish,  bashorat,  vositalar  tanlovi  va  tilga  olingan 
subyektlar harakatlarini amalga oshirish tizimi, bu tizim hayotiy mu-
him  (milliy)  manfaatlarning  aniq  ustuvor  sohasiga  yo‘naltirilgan 
bo‘ladi;  c)  davlat,  jamiyat,  ularning  institutlari  va  liderlari  faoliya-
tining modeli va mahsuli; d) falsafa - siyosatning mazmuniy asosi. 
Umuman  olganda,  strategiya  istiqbolli  maqsadga  erishish  uchun 
san’at va fanni birlashtiradigan uzoq muddatli harakatlar liniyasi si-
fatida  ta’riflanishi  mumkin.  Shu  nuqtai  nazardan,  xalqaro  aktor 
strategiyasi yagona doktrinadan iborat emas, u vaziyat tahlili metodi, 
uning  ehtimoliy  taraqqiyoti  yo‘nalishlari  bahosi,  qo‘lga  kiritilgan 
manzarani shaxsiy  manfaatlar  bilan qiyoslash, uning asosida qo‘yil-
gan  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  yanada  to‘g‘ri  keladigan 


 
 
169 
moment  va  yanada  samarali  vositalarni  topishni  qamrab  oladi. 
Vaziyatning o‘zgarishi strategiyaning o‘zgarishiga olib keladi, uning 
prioritetlarining  aniqlanishi  va  unga  tuzatishlar  kiritilishidan  tortib, 
uning barcha asosiy elementlarining almashinuvigacha, ya’ni 
strate-
gik  paradigmaning
  o‘zgarishi  ro‘y  beradi  (masalan,  kommunizmni 
tutib  turish  strategiyasi,  ommaviy  qasos  strategiyasi,  moslanuvchan 
ta’sirlanish va boshqa). 
Davlatning  milliy  va  asosiy  strategiyasi  o‘zida  tinchlik  davrida 
va  urush  vaziyatida  milliy  manfaatlarni  ta’minlashning  barcha 
mavjud  vositalarini  birlahstiradi.  Bu  ma’noda  “
katta  strategiya”
 
tushunchasi  mazmunan  “tahsqi  siyosat”  tushunchasiga  sinonimdir. 
Bu kontekstda strategiya bir qancha sohalarga bo‘linadi, ularning har 
biri  milliy  havfsizlik  bilan  bilvosita  yoki  bevosita  munosabatlarga 
ega:  davlatning  ichki  va  xalqaro  ishlarini  idora  qiluvchi  siyoisiy 
strategiya: ichki va tahsqi ishlarni idora qiluvchi iqtisodiy strategiya; 
harbiy strategiya va hokazolar. 
Katta strategiya va harbiy strategiya o‘zaro bog‘langan bo‘lsa-da, 
aynan bir tushunchalar emas. Harbiy strategiya asosiy strategiyaning 
bir  elementi  holos.  Katta  (milliy)  strategiyaning  ikki  zaruriy  sharti 
bor. Birinchisi, strategik vaziyatni to‘g‘ri baholash, ushbu momentda 
yuzaga kelgan xalqaro muhitning o‘ziga xosliklari bahosi. Ikkinchisi, 
strategik  tahlil,  ya’ni  boshqa  muhim  yirik  halqaro  aktorlarni  o’r-
ganish va ular haqida imkon boricha to‘liq tasavvur berish. Strategik 
tahlilning  dastlabki  vazifasi  XMMMni,  natijada  XM  subyektlari 
bo‘lgan davlatlar strategiyasini mutanosibligini aniqlash va ularning, 
masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi  manfaatlariga  mos  kelishini  o’r-
ganish. Analiz asosida strategik rejalashtirish ishlab chiqiladi, uning 
vazifasi O‘zR XMMMni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar ketma-
ketligini  va  tizimlarini  aniqlashdan  iborat,  bu  ish  O‘zbekiston 
Respublikasi  va  davlatning  o‘zaro  munosabatlarida  mamlakat  ijobiy 
salohiyatidan  foydalanish,  ular  o‘rtasidagi  tahdid  va  xavflarni 
ogohlantirish va neytrallash orqali yuzaga chiqadi. Strategik tahlil va 
strategik  rejalahstirishning  birligi  tashqi  va  ichki  siyosat,  milliy 
havfsilikning ichki va tashqi omillari birligini ta’minlaydi. 
Strategik  tahlil  tashqi  siyosatning  metodologik  yondashuvining 
amaldagi ilovasi hisoblanadi. Uning natijasi tahsqi siyosat strategiya-
si  shaklidagi  XM  bashorati  va  tizimli  tahlili  sifatida  namoyon 
bo‘ladi.  Xalqaro  muhitni  barqaror  va  beqaror,  qulay  va  noqulay, 
do‘stona va dushmanona baholanishiga muvofiq ravishda qabul qili-
nayotgan strategiya u yoki bu afzallikka ega bo‘ladi, vositalarni tan-


 
 
170 
laydi  va  ko‘zlangan  maqsadlarga  tuzatishlar  kiritadi.  Strategik 
tahlilning dastlabki va aniqlovchi bosqichi bo‘lg‘usi hamkor va raqib 
to‘g‘risida  ma’lumotni  o‘rgansih  va  to‘plashdan  iborat.  Navbatdagi 
bosqich  hamkor  yoki  raqib  o‘zining  manfaatlarini,  ayniqsa,  o‘z 
havfsizligi manfaatlarini ifodalashidan iborat. 
Nihoyat,  strategik  tahlilning  yana  bir  bosqichida  tahdid  va  xa-
vflarni  o‘rganish  va  ta’riflash  bilan  shug‘ullaniladi.  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  I.Karimov
1
  ta’kidlaganidek,  xalqaro  jara-
yonlarni  yetarli  darajada  tushunmaslik,  bir  qator  mamlakatlarda 
havfsizlikka  tahdidlarga  yetarli  darajada  jiddiy  munosabatda  bo‘l-
maslik va bashoratning zaifligi u yoki bu mamlakatning iqtisodiy va 
siyosiy tanlovi realizatsiyasida muammo tug‘diradi. 
Strategik tahlilni olib borishda qo‘llanadigan metodlar va usullar 
yig‘indisiga 
strategik  metodlar
  deyiladi.  Strategik  metodlar  baho 
beradi, havfsizlik va barqarorlikka tahdidlarni bashorat qiladi, global 
va  mintaqaviy  darajadagi  tashqi  aloqalarning  so‘nggi  yillardagi  ho-
latini tanqidiy tahlil qiladi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish