Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari


Ma’lumotlarning ikkilamchi tahlili



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

Ma’lumotlarning ikkilamchi tahlili 
Ko‘pgina  siyosatshunoslarning  o‘zlari  so‘rovni  o‘tkazishmaydi, 
chunki  ko‘pincha  moliyaviy  qo‘llab-quvvatlashni  topish  qiyin 
kechadi,  shuningdek,  boshqalar  tomonidan  to‘plangan  so‘rov 
ma’lumotlarini qo‘llab, u yoki bu tadqiqot savollariga javob berish-
ning  to‘la  imkoniyati  yo‘q.  Boshqalar  tomonidan  to‘plangan 
ma’lumotlarni o‘rganish 
ikkilamchi tahlil
 deb ataladi. So‘rovlarning 


 
 
93 
katta  mablag‘talabligi  sababli  bunday  so‘rov  odatiy  bo‘lib,  hattoki, 
ba’zan  bir  qator  sabablar  tufayli  istalgan  so‘rov  turidir.  Deyarli  har 
qanday  so‘rov  natijalari  avvalboshdanoq  tadqiqotchi  hech  qayerda 
foydalanmagan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, ular o‘rganilayotgan 
masalaga  bilvosita  aloqador  bo‘ladi.  Qandaydir  boshqa  tadqiqotchi 
mazkur  ma’lumotlar  u  shug‘ullanayotgan  masala  uchun  to‘g‘ri  ke-
ladi, degan xulosaga kelishi mumkin. 
Shunday  qilib,  ikkilamchi  tahlil  ma’lumotlardan  yanada  to‘la 
foydalanishni  ta’minlaydi  va  axborot  yetarli  bo‘lgani  uchun 
mablag‘larni  tejashga  yordam  beradi.  Ikkinchidan,  so‘rovlar  o‘zida 
aholi  kontaminatsiyasi  xavfini  olib  yuradi.  Buning  ma’nosi  ayni  bir 
aholi  guruhi  o‘rtasida  ayni  bir  voqeani  qayta-qayta  tadqiq  qilish  bu 
voqelikdagi  o‘zgarishni  yuzaga  keltirishi  mumkin  yoki  odamlarning 
kelgusi so‘rovda ishtirok etmaslik istagi paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Qo‘shimcha tadqiqotlarni talab qilmasdan, ikkilamchi tahlil bunday 
kontaminatsiyaga  olib  kelish  imkoniyatini  yo‘qotadi.  Uchinchidan, 
ikkilamchi tahlilda tadqiqotchi ushbu ma’lumotlarni o‘rganishda bo‘lak 
yoki yangi metodlarni tatbiq qilishi mumkin, bu balki uning predmetni 
anglash imkoniyatini kengaytirishi yoki hattoki dastlabki tadqiqot savol-
lariga boshqacha  javob berishiga olib  keladi.  Ikkilamchi tahlilning eng 
samarali  yondashuvi  shundan  iboratki,  avval,  tadqiqot  savolini  tanlash 
uchun  gipoteza  verifikatsiyasini  ishlab  chiqish,  keyin  esa  bu  gi-
potezalarni verifikatsiyasi uchun zarur ma’lumotlarga ega  yakunlangan 
tadqiqotni izlash bilan shug‘ullanadi. 
Ma’lumotlar korpusiga qo‘yilgan ilk talab shundan iboratki, aholi 
guruhlarining 
ayni  vazifalari  uchun
 
relevant  tanloviga  asoslangan
 
bo‘lishi  kerak,  ikkinchi  talab  shuki,  so‘rovlar  instrumenti  veri-
fikatsiya  qilishi  zarur  bo‘lgan  gipotezalarga  kiruvchi  hal  qiluvchi 
o‘zgaruvchanliklar  operatsionalizatsiyasining  ushbu  vazifasi  uchun 
relevantlikka  ega  bo‘ladi.  Agar,  masalan,  tadqiqotda  asosiy  o‘rinni 
oq  tanlilar  va  negrlar  o‘rtasidagi  farq  muammosi  egallasa,  ma’lu-
motlarning  birlamchi  korpusida  irqiy  tavofutni  oq  tanli  va  oq  tanli 
bo‘lmaganlar  o‘rtasidagi  farq  sifatida  qayd  qilinadi,  bu  korpusni 
mazkur  tadqiqot  doirasida  o‘rganish  hech  qanday  natija  bermaydi, 
chunki  oq  tanli  bo‘lmaganlar  guruhiga  negrlardan  tashqari  boshqa 
irqiy guruhlar ham kiradi (meksikaliklar, hindular va boshqalar). 
U  yoki  bu  tadqiqot  bizga  mos  kelishi-kelmasligini  qanday 
aniqlash mumkin? 
Avvalo,  yaxshi  tadqiqot  hisobotlarida  asosiy  o‘zgaruvchanlar  ope-
ratsionalizatsiyasi  tavsiflanadi  va  tadqiqotda  qaysi  tanlovdan  foydala-


 
 
94 
nilganligi  ko‘rsatiladi.  Keyin,  kitob  va  jurnal  maqolalarida  ba’zan  tad-
qiqot  maqsadlari  uchun  ma’lumotlar  korpusi  yaroqliligini  muhokama 
qilishadi. Shuning uchun adabiyotlarni o‘rganish ikkilamchi tahlil uchun 
muhim  manbalardan  biri  hisoblanadi  va  nihoyat,  bizni  qiziqtirayotgan 
tadqiqot muallifiga bevosita murojaat qilishimiz mumkin. 
Ikkilamchi tahlildagi ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lish 
va aniqlashning yanada tizimli va ishonchli yo‘li, ma’lumotlarni to‘p-
lovchi  muassasalardan  iboratdir,  ya‘ni  masalan,  kutubxonalar  kitob 
yig‘ish  bilan  shug‘ullanadi.  Bunday  muassasalar 
ma’lumotlar  arxivi
 
deb  ataladi.  Bu  muassasalar  keyingi  qidiruvni  osonlashtirish  maq-
sadida  ma’lumotlarni  tasniflash  bilan  shug‘ullanadi,  shuningdek, 
ma’lumotlarni  to‘plash  doirasida  birlamchi  tadqiqotga  aloqasi  yo‘q 
ma’lumotlarni  tadqiqotchilar  uchun  qulay  shaklga  o‘tkazadi.  Har  bir 
muassasalarda  mavjud  qo‘lga  kiritilayotgan  so‘rov  ma’lumotlarining 
umumiy tavsifi va ro‘yhatini nashr etadi. Agar bu ro‘yhatlardan bizni 
qiziqtiruvchi  tadqiqotni  topsak,  kodlar  kitobi  bo‘yicha  ularning  biz 
uchun ahamiyatlilik darajasini aniqlasak bo‘ladi. Unda so‘rov chog‘ida 
berilgan  barcha  savollar  ko‘rsatiladi  va  javobni  kodlash  usuli 
sharhlanadi. Bu esa gipotezalarimiz bilan mazkur tadqiqot operatsion-
alizatsiyasining muvofiqligi darajasini baholashga imkon beradi.  
Lekin so‘rov salohiyatini to‘la ahglash uchun asosan so‘rovning 
negizlarini  tashkil  etuvchi  intervyu  jarayoni  bilan,  shuningdek, 
shkala  texnikasi  bilan  ta’minlanuvchi  ma’lumotlarning  paydo 
bo‘lishi imkoniyati bilan yaqindan tanishish zarur. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish