Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari


Ochiq imkoniyatli savollar



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

Ochiq imkoniyatli savollar
 yoki 
ochiq savolda
 
respondent  o‘z  so‘zlari  bilan  javob  beradi,  tashqaridan  hech  qanday 
javob  varianti  yuklanmaydi.  Masalan,  fikringizcha,  bu  yilgi  mahalliy 
saylovlarda eng muhim muammo nima bo‘ladi? Ehtimoliy javobli yopiq 
to‘plamdagi savolga yoki yopiq savolga javob berishda respondent an-
ketada  keltirilgan  cheklangan  variantlardan  birini  tanlashi  shart.  Bu 
tipdagi savollar qiyoslash va keyingi qayta ishlash uchun qulaydir. Ular 
ishga taalluqli bo‘lmagan javoblarning paydo bo‘lish imkoniyatini inkor 
qiladi. Masalan, o‘zingizni kim deb hisoblaysiz? 
1) konservator; 2) mo‘tadil; 3) liberal. 
Javob  variantlari 
to‘la
  (barcha  taxmin  qilinishi  mumkin  bo‘lgan 
javoblarni  o‘z  ichiga  olishi  shart)  va 
o‘zaro istisno qiluvchi
 (har  bir 
savolda  birdan  ko‘p  bo‘lmagan  javob  variantiga  yo‘l  qo‘yiladi) 


 
 
91 
savollar  yig‘indisidan  iborat  bo‘lishi  shart.  Bundan  tashqari,  res-
pondentga  muhim  bo‘lgan  holatlarda  javoblarida  o‘z  bahosi 
dara-
jasini
  aks  ettirish  imkonini  berish  kerak,  yuqorida  bayon  qilingan 
ikki tipdagi savollar  o‘rtasidagi tanlov  biz uchun qulay  ma’lumotlar 
ishlanmasi  vositalari  (ochiq  savolllar  yanada  murakkab  ishlanmani 
talab  qiladi),  predmet  haqida  ham  nazariy,  ham  amaliy  bilimlar 
hisobga  olinib  amalga  oshiriladi  (yopiq  savollar  predmet  haqida 
yaxshi ma’lumotga egalikni talab etadi). 
Savol 
shakli
  uning  namoyishi  usuliga  oiddir.  So‘rovning  «og‘-
zaki (yozma) savol og‘zaki (yozma) javob” nisbatan oddiy shaklidan 
tashqari  bir  qator  usullar  mavjud  bo‘lib,  ular  respondentga  nima 
haqida so‘ralayatganini tushunishga va javob berishda 
ongli 
tanlovni 
amalga  oshirishga  yordam  beradi.  Ko‘p  usullar  sxemalar,  yozuvli 
fotografiyalar va tasvirli rasmlar kabi ko‘rgazmali qurollarni qo‘llash 
bilan bo‘g‘liq. Misol – “sezgi termometri”. 
Savolni  to‘gri  so’z  bilan  shakllantirish  so‘rovninig  muvaffa-
qiyatida  hal  qiluvchi  omil  bo‘lib  chiqadi.  Sizni  qiziqtirgan  savolni 
aniq shakllantira olmasangiz, qo‘lga kiritilgan javob farazingizni tek-
shirish uchun terilgan kerakli ma’lumotlarga to‘g‘ri kelmaydi. 
Biz  ishonchli  va  aniq  natijalarni  ta’minlashga  qodir  so‘rov 
bandlarini  tuzishninig  ba’zi  umumiy  qoidalarini  taklif  qilishimiz 
mumkin. 
Birinchidan,  tadqiqot  mazmuniga  zarar  etkazmaydigan  barcha 
holatlarda, avvalgi tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishlatilgan tushuncha 
va savollarni kiritishga harakat qiling. 
Ikkinchidan, so‘rov ro‘yhatiga biror savolni kiritishdan oldin re-
spondent  bu  savolga  javob  berishi  uchun  zarur  bilimlarga  egaligini 
tekshirib ko‘ring. 
Uchinchidan,  ko‘pincha  savoldan  ko‘ra  predmet  to‘g‘risidagi 
tasdiqlar  foydaliroq  bo‘ladi.  Bunda  tadqiqotchi  respondentning 
tasdiqlar  seriyasi  bilan  kaisi  darajada  rozi  yoki  rozi  emasligini 
so‘raydi, unda tadqiqotchini qiziqtiruvchi savol bo‘yicha turli nuqtai 
nazarlarni aks ettirgan shaklda saralangan tasdiqlar mavjud bo‘ladi. 
To‘rtinchidan, tasdiqlarni savollar o‘rniga ishlatar ekanmiz, shuni 
bilingki,  respondentlar  ko‘pincha  tadqiqotchi  tasdiqlariga  o‘zining 
shaxsiy  nuqtai  nazariga  qaramasdan  qo‘shilish  odatiga  ega  bo‘ladi. 
Bu  qonuniyat 
javob  tendensiyasi
  deb  ataladi,  u  hisobga  olinmagan 
so‘rov bandlarida javob tendensiyasiga siljish paydo bo‘ladi. 


 
 
92 
Beshinchidan, so‘rovning yagona bandi yordami bilan o‘zgaruvchan 
o‘lchovi  natijalarning  aralashib  ketishiga  olib  kelishi  mumkin.  Umu-
man,  harakatlar  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin  bo‘lgan 
munosabatlar  mezonida  so‘rovning  bir  qancha  bandlaridan  birdaniga 
foydalanish  va  indeks  yoki  shkalani  shakllantirish  yanada  maqsadga 
muvofiq. Tadqiqotchi  so‘rovning alohida bandlarini tuzishdan tashdaqi 
so‘rov  instrumentariyasini  tashkil  etish  to‘g‘risida  ham  o‘ylashi  shart. 
Haqiqiy  anketa  va  intervyu  blankalari  odatda,  4  asosiy  qismdan  iborat 
bo‘ladi: kirish  qismi,  mashq uchun  bir necha savollar,  asosiy savollar, 
biografik  savollar.  Keyingi  navbatda 
instrumentariya  formati
  juda  mi-
him.  Qog‘ozga  anketa  yoki  intervyu  blankasini  joylashtirishning 
ma’lum qoidalari mavjud. 
Birinchi qoidaga ko‘ra, sahifada 
so‘rov bandlari zich joylashmasligi 
kerak.
  So‘rov  instrumentariyasining  har  bir  sahifasida  iloji  boricha 
ko‘proq bo‘sh joy qoldiring. Bunda birinchi duch keladigan asosiy ma-
sala 
oldindan  kodlashtirilgan  instrumentdan
  foydalanish  masalasidir. 
Kodlashtirish asosida so‘z shaklida qayd qilingan javoblarni son orqali 
berilishi  yotadi.  Dastlabki  kodlashtirilgan  so‘rov  instrumentida  har  bir 
savolga  allaqachon  o‘zining  son  belgisi  qo‘yilgan.  Instrumentariyaga 
tayyorgarlik ko‘rishning tugashi intervyu oluvchining so‘rov instrumen-
tini aniq va tartibli to‘ldirilishini ta’minlaydigan dastlabki instruksiyani 
tuzish bilan amalga oshiriladi. 
So‘rovning navbatdagi bosqichi, tanlovni yaratish va rejalashtirish. 
Rejalashtirish bosqichi birinchidan, kelgusi so‘rov tipi to‘g‘risida qaror 
qabul qilish, ikkinchidan, so‘rovning  moddiy-texnik ta’minot  masala-
larini  ishlab  chiqish,  uchinchidan,  so‘rovni  moliyalashtirish  masala-
larini ishlab chiqishlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot muammosi xarak-
teri so‘rovning qaysi tipi zarurligi bilan aniqlanadi, ammo  qaysi tipni 
qo‘llash mumkinligi muvofiq moddiy vositalarning borligi yoki qo‘lga 
kiritilishi  osonligi  bilan  belgilanadi.  So‘rov  amaliyoti  bizga  4  asosiy 
tipni tanlash imkoniyatini beradi: 
yuzma-yuz intervyu, telefon intervyu-
si, pochta anketasi va matbuot orqali so‘rov. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish