Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

Qiyoslash 
Qiyoslash  metodi  obyektning  tafovuti  yoki  o‘xshashligi  to‘g‘ri-
sidagi  mulohazalarga  asoslangan  bilish  jarayonidir.  Qiyoslash 
yordamida  ularning  sifat  va  miqdor  xarakteristikasi  ochib  beriladi. 
Metoddan foydalanishning bosh sharti – o‘rganilayotgan obyektning 
qiyosi  uchun  umumiy  asosi  (belgisi)ning  mavjudligidir.  Qiyosiy 
metodning  yana  bir  turi  qiyosiy-tarixiy  metoddir.  Uning  yordamida 
bir  hodisaning  (masalan,  davlat)  yoki  ma’lum  umumiy  asosga  ega 
birgalikda  mavjud  voqeliklar  taraqqiyotining  turli  bosqichlari 
anglanadi. Ushbu metod yordamida o‘rganilayotgan voqelik rivojlan-
ishi tendensiyasini aniqlash mumkin. 
XM  fanida  ushbu  metod  faqatgina  1960  -  yillar  o‘rtalarida 
jahondagi  davlatlar  va  boshqa  xalqaro  aktorlar  miqdorining  o‘sishi 
natijasida qo‘llana boshlangan. Ushbu metodning asosiy yutug‘i XM 


 
 
82 
sohasida umumiy takrorlanuvchi umumiyliklarni qidirishga yo‘nalti-
rilganligidir.  Davlatlar  va  ularning  alohida  belgilari  (hudud,  aholi, 
iqtisodiy taraqqiyot darajasi, harbiy salohiyat, chegaralar uzunligi va 
b.) XM fanidagi miqdoriy metodlar rivojini rag‘batlantiradi. Qiyosiy 
tahlil  hodisalarning  noo‘xshashligi  va  vaziyatlarning  qaytarilmasligi 
asosida ilmiy ahamiyatga ega xulosalarni qo‘lga kiritish imkoniyatini 
beradi.  Politologiyaga  qiyosiy  metodni  ilk  marotaba  Aristotel  kiri-
tgan. U 50 ga yaqin siyosiy qurilmalarning umumiy va farqli belgila-
rini  ajratar  ekan,  ushbu  metodni  qo‘llagan.  Olim  bevosita  o‘zi 
ishtirok  etib  yaratgan,  turli  davlatlar  qurilishi  va  rivojlanishi 
ocherklari  o‘z  ifodasini  topgan  158  ta  tarixiy  monografiyalarning 
osha  zamonning  siyosiy  holatini  va  rivojlanish  hususiyatlari  aks 
etgan hakikiy materiallarini tahlil qilgan. 
Bugungi  kunda  siyosatshunoslar  siyosat  fenomenlarini  qiyosiy 
tahlil qilishda o‘xshashlik va farq tamoyillari, siyosiy institutlarning 
deduktiv  nazariy  modellari  va  ularning  har  doim  ham  batavsil 
bo‘lmagan  diaxron-  tarixiy  va  sinxron  funksional  ma‘lumot  yig‘ish 
usullari  yordamidagi  verifikratsiyasi  induktuv  metodlariga tayanadi-
gan metodologik instrumentlarni qo‘llaydi (masalan, S.Verba rahbar-
ligida  rivojlangan  demokraytiyaning  siyosiy  elitalari tadqiq  qilingan 
bo‘lib, u faqatgina 3 mamlakat - AQSH, Shvetsiya va Yaponiyadan 
to‘plangan ma’lumotlarga asoslangan). 
60-yillar  boshida  bir  vaqtning  o‘zida  katta  EHM,  keyin  PEHM  va 
kompyuter  setlarining  paydo  bo‘lishi  bilan  amaliy  jihatdan  hammasini 
total  ta’riflash  uchun  qiyoslanayotgan  obyektlar  yig‘indisining  deyarli, 
istisnosiz  umumiy  qayd  etishga  yo‘naltirilgan  statistik  va  boshqa 
ishonchli  ma’lumotlarning  sxematik  qayta  ishlanishiga  asoslangan  bir 
necha urinishlar amalga oshirildi. 1962-yil jahon politologiyasida o‘ziga 
xos  nom  qoldirdi,  shu  yili  AQSHda  (bugungi  kunda  o‘ziga  xos  trans-
natsional  turdagi  siyosatshunoslar  “Makka”siga  aylangan)  siyosiy  va 
ijtimoiy  tadqiqotlar  unuversitetlararo  konsorsiumi  jahon  ma’lumotlar 
bazasi  arxivi  tuzildi  (Enn-Arbor  shahari,  Michigan  universiteti).  Shu 
vaqtda jahondahi davlat va ijtimoiy-siyosoiy tizimlar komparativ tahlili 
bo‘yicha 3 yirik loyiha ishi boshlandi. 
1. Davlatlarning qiyosiy tahlili (rahbarlar A.Benks va R.Tekstor, 
Massachusets texnologiya instituti va boshqalar); 
2.  Millatlar  o‘lchovliligi  (T.Getskov  va  R.Rammel,  Shimoliy-
g‘arbiy universitet va boshqalar); 


 
 
83 
3.  Siyosiy  ma’lumotlar  to‘plamining  Yel  dasturi  (B.Rasset  va 
X.Apker va boshalar. Yel universiteti). 
Miqdoriy hajmlar o‘lchovi uchun indikatorlar tizimini qayta ish-
lash asosida sifat yondashuvlari yotadi. Masalan, Yel loyihasida 133 
davlatning  50-yillar  oxiri 60-yillar  boshidagi  ichki  va  tashqi siyosiy 
xulqining  75  o‘lchov  parametrlari  amerikalik  yirik  nazariyotchi 
siyosatshunoslar  -  D.Dal,  G.Lassuel,  K.Doych  va  D.Lapalamba  va 
boshqalar  tomonidan  ishlab  chiqilgan,  sifat  modellari,  strukturalari 
va  konseptlari  asosida  tanlangan.  Siyosiy  ma’lumotlar  bazasini 
yaratuvchilar  doimo  tadqiqotning  bosh  vazifasi  “faktlarning  o‘lik 
arxivi”ni emas, eng avvalo, “harakatdagi laborotoriyani yaratish eka-
nini ta’kidlashgan. Rossiyada  ham siyosat bo‘yicha ilk  ma’lumotlar 
bazasi  paydo  bo‘ldi.  Masalan,  AQSH  siyosiy  elitasi,  AQSH  va 
Kanada institutlarida “Aelita” ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha 
ish olib borildi. Rossiya Federatsiyasida “Siyosiy partiyalar” (Rossi-
ya  siyosiy  partiyalari)  bo‘yicha  ma’lumotlar  bazasini  yaratish  yu-
zasidan ish olib borildi. Ammo G‘arbdagi siyosiy tizim axborotlarini 
ishlab  chiqish  holati  bilan  qiyoslansa,  rus  tadqiqotlari  hali  bosh-
lang‘ich bosqichda ekanligi kuzatiladi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish